Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2020-yil Qoraqalpoğiston tibbiyot insitutiga davolash ishiga grantga kirganman
Biologiya 29
Kimyo 30
Shoxrux Rabbimkulov
2009 yili 209.3 bilan birinchi grant bob kirganman OTMga
oʻsha kunlani eslasam yuragim siqiladi,😭adolatdan asaram yoʻgʻidi
С.Хурли
148.3 ball bilan NukusDPİ ga tõlov-kontrakti asosida
Дилшода Бегимова
УзМУ. 196.7 адашмасам. 32 та математика, 31 та английский ва 29 та узбек тили ва адабиети. Уша йили шпаргалка чикмади дейишганди.
Sevara Begmatova
2010-yil. TDPU 175 ball bn 18 örinda grandga kirganman
2008-yil
O'zMu ga 204,5 Ball bilan 2-o'rinda grand kirganman
33/34/28
Lekin o'sha yili x variant zo'r o'ynagan ekan
119.8 2 orin kontrakt eng alamli joyi edi eng pasida bolsez sezilmeydi chiziqdan bitta ikita pasga ......
144,7 ball bilan 2020-yil JDPI budjet
25ta matem 21ta fizika
2017 yil 270 ball Moliya instituti😅
Assalomu aleykum. 1-avgustlar hozirgiday esimda. 2012 yil Iqtisodiyot yõnalishiga ózim qiziqib, tayyorlanib topshirganman, 1-avgustda shunaqa hayajonlanib, hechnimaga etibor bermay test ishlaganmanki hatto yonginamda õtirgan bola oyoq kiyimi poshnasidan telefon olib ishlatgani, oyna yonida ótirganlar, dastrômolni quloģidan olmaganlarni umuman sezambman, buni keyinchalik eshitdim, test ishlab bõlganimda bazilarini kòrdim, va natijasini 16kundan keyin kòrdim ham. Yiqildim. Tushkunlikka tushdim, tayyorlanmayman endi ishga kiraman dedim. Uydagilar óqiysan deb dalda berishdi. Yana tayyorlana boshladim mart oyidan, bu safar endi balli pastroq, korrupsiya kamroq yónalishga. Xudoga shukr 2013 yili 148.2 ball bilan grant asosida ingliz tili va adabiyoti yónalishiga kirdim. Hammasi yaxshilikka ekan😊😊😊 xuddi shu yildan Ingliz tiliga e'tibor kuchaytirildi. Hozir òqituvchi sifatida hech qaysi iqtisodchidan kam emasligimga shukr qilaman. Alhamdulillah.
ТАТУга 187.7 балл билан Гранд асосида укишга кирганман😄
Dildora
Elbrus Sharipov
2017-yil 269,3 kontrakt JIDUga
Uxtee hamma imtiyozlila topwirganmi
2017- yil 166.4 ball bilan chiziqdan pastda ikkinchi va super kontrakt😔
2017 yil O'zDJTU ga 222, 5 ball bilan 1-o'rinda grantga kirganman. Buni unutish mumkin emas. 36 ta ingliz tili. 35 ta ona tili 34 ta tarix.
Муқимов Султон Салимович
Yurikiga manam 2010 yilda zurga kontraktga ilashib kirgandim. Lekin ushanda utish bali 153 ball bulgandi shekilli. Yuridika tarixida 1 marta bulganov bunaqasi.
2013 yil ÒzDJTU 192.8 ball 34ingliz,34ta ona tili 24ta tarix budjet boganman😇
Durdona Atamuradova
131 bilan kirganman
2005 yil UzDJTUga 192.7 bal bilan 3-urinda byudjetga kirgandim. Ushandayam korrupsiya bor edi lekin..
Show next 100 comments