Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum hammaga. man test topshirgan kunimmi hech qachon esimdan chiqarmasam kerak. Man 2013-yilda talaba bo'ganman. Sampiga topshirib 158,2 bal bilan kontrakt asosida o'qishga kirganman. Man o'qishga kirgan yili nisbatan adolatli bo'gan db etoliman. Savollar yangi ayniqsa kimyo fani anchagina qiyin tuzilgan edi. Biologiya 31ta, kimyo 17ta, ona tili 24ta to'g'ri ishlaganman. Imtixondan keyin bunkerla yaxshigina ishlaganini, tanish bilish bilanam ko'pchilik harakat qiganini bilganman. Mandat chiqqunicha telefonimmi o'chirib 16kun uyda faqat badiiy kitob o'qib o'tirganman. Shu ikki hafta anchagina og'ir bo'gan. 100martalab ishlagan testlarimmi tahlil qilib ko'rganman 160-170ballarga yaqinro chiqqan o'zimcha hisoblaganimda. Yana o'ylaganman oldingi yilgi test ballari bilan solishtirganman, ukrainaga Xarkov ga borishniyam rejalashtirib qo'yganman o'zimcha. Iahqilib mandat chiqqunicha 80foiz kirmagan bo'sam kere db o'ylagandim. O'qishga kirganimmi bilganimdan keyin judayam xursand bo'ganman. Bunkerdan foydalangan tanishlarim kiromaganini eshitib undanam xursand bo'b ketganman (kim bilsin balki adolat bo'gani uchun xursand bo'gandirman). Xullas qiziq bo'gan bu kun judayam
Muxlisa
2017-yilda Toshkent Davlat O’zbek tili va adabiyoti universitetiga 200.9 ball bilan budjetga kirganman. 😊😊😊. Ollohga shukur!!!
Ишонч
умуман эслашни хохламайман
1-avgust nomli òzbek filmi.
RAHMONOVA_SEVINCH
Shavkat
Ha Inshaa Alloh kirib ketin
🤲🤲🤲😊😊😊
M Бек
97йилда 163бал Билан нархозга кирганман
185,7 ball TDTU 2009 yil
✯✵-•-บZßeโร-•-✵✯
2019-yili 137.8 bn Andijon Mashinasozlik instituti iqtisodiyot yo'nalishiga kontrakt asosida kirganman
Doniyor
161.9 bal GulDuga 2017 yil
2017-yil Toshkent Moliya institutiga 201,3 ball bilan kirganman: matem 34ta, ingliz tili 31ta, ona tili 28ta
2020-yil 6-sentabrda 160.9 ball olib Navoi davlat konchilik institutiga davlat grandi (byudjetga) asosida o'qishga kirdim matematika 30tadan 28ta fizika 30tadan 23ta to'g'ri chiqdi
Alhamdulillah
Men 2009 или 149.3 балл билан маданият институти га конракка кирганман
Учқун Нортошев
2010 yil 186.8 bilan oliy harbiy bojxona institutiga kirganman xudoga shukur 3 yil deganda
Gulnura
2012 yil TTA Urganch filialiga 184,1 ball bilan davlat granti asosida talaba bo'lganman. Test sinovlari adolatli bo'lgan.
2020-yil garchi qiziqishim jurnalistika bolishiga qaramay Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili yonalishiga ota onam ustozlarim maslahatiga amal qilgan holda topshirib 160.8 ball bilan hech qaysi universitetga kirolmadim talabalikka tavsiya etildingiz degan dtm varaqasini korish nasib qilmadi keyin ota onam ozlarini aybdor deb oylashdimi Qirgizdagi OshTu universitetiga joylashdi (afsuski bu ball bilan jurnalistika sohasiga kirardim ozim istagan sohada shuncha oqish kk edi degan kinoyali gaplarni eshitmay hammani oldida yuzim yoruq bolib oqib yurardim nasibam shu ekan Ollohga shukr)
@Otabek@
Assalomu Alekum men o‘qishmni uzbiga perivot olyatudim navoyi gornega areza tashovdim qabul qilindi deb sms keldi ruxsatnomani ololmayapman
2019-yilda 13 avgustda imtihon topshirib, 173,8 ball O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining, tarjimonlik fakulteti ga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinganman( Allohga shukur)
Ingliz tilidan CEFR B1(30)
ONA TILI VA ADABIYOT ( 29 )
TARIX( 20 )
2006 O'ZDJTU fransuz filologiyasiga 176 ball bn byudjetga kirganman
Show next 100 comments