Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Axmedova 🌎💝
Meni yuragim boshqacha uradi 1-avgustni esalasam
Bux Du ga 2009 yil Geografiya yo'nalishiga imtihonga kirgandim.
Oxirki bb kantrakt ga 50 -o'rin da kirgandim.
Mendan keyin qop qora davlat chizigi bor edi.
Alhamdullillah hozirda Chirchiqqa magistraturaga o'qiyapman.
Axmedova 🌎💝
Bugun ham esladim Xushnud akani kanallaridagi xabarlari o'qip.
Qalbim da bir boshqa cha his hayajon bn
🧿🧸🧸🧿
Qachongacha davom etadi bakalavr imtixonlar 5 avgustdan boshlanadimi? Va nechinchigacha bilganizla bolsa aytivorizla
Men Ollohga shukur 2019 yil Toshkent davlat pedagogika universiteti ga birinchi urinishda 112,2 ball bilan talaba bo'lgan ekanman. ALHAMDULILLA Hozirgi kunda 3 kursda uqiyabman.
🧿🧸🧸🧿
Qozog'istondan UZBga perevod olish testidan o'tolmasa yana 2 kursda. Xam usha yerda o'qiydimi yo kuyadimi 1 yil o'qigan perevod ololmasa iltimos ma'lumot kutib qolaman
👨‍🎓JAVOHIR👩‍🎓
Албатта эслайман 2009-йил 137,5 балл билан НамДУ биологияга шартнома асосида кабул килинганман, буни эсдан чикариб буладими😊
Ha shu kuni ham quvonch bilan esladik xa aytgancha imtihon Uz Ekspomarkazda bo'lgandi
Akram Toshtemirov
2014-yil 173.1 ball bilan TerDU Tarixga kontraktga kirgandim, Grant 180 bolgandi o'shanda , 25 ta grantni 20 tasi ligotchiklar bo'lgan o'shanda . Kontrakt bu men uchun eng sevimli so'z .Chunki o'tgan yili 2020 -yilda TDSHUga magistraturaga yana kontraktga kirdim 😅 , Alhamdulillah !!!
Ana shu axmoqona qaror ya'ni ligotani oddiy abituriyentlar bn birga bir kvotaga qabul qilinishi "sharofati" bilan bizlar kontraktga o'qishga majbur bo'lganmiz. An shu ligotani alohida qilishni ham imkoni bor ekan . Keyin 5 tagacha joyga topshirish imkoni bolganida men ham TDYuI ni tugatgan bolardim, Yuridik o'sha yili 168 ball bolgan edi kirish .
Magistraturaga ham 2018 -yilda bir topshirib korrupsiyaga duch kelib hafsalam pir bolgandi. O'tgan yili test bolarkan deyishganiga topshirdim va Magistrant degan nomga musharraf bo'ldim . Shunaqa gaplar .
2020 yil Namangan muhandislik texnologiya instituti MENEJMENT yõnalishiga 119,2 balk bilan kontraktga kirganman.
Dilmurod
Tõğri aytdingiz Xushnud aka bu haromhõr mutahamlarni deb necha-necha bilimli yigit qizlar hõr bo'ldi ming lanat bo'lsin bu kasofatlarga
2014 yil Arxitektura ga 121.1 ball bilan royhatda eeeengboxrida kirgaman,😁
DILAFRUZ ULUG'BEKOVNA
2009 yilda 166,8ball bn JDPI biologiya yunalishiga 12 urin grand asosida uqiwga kirganman
TTA davolash ishi fakultetiga 2013-y 166,5 ball bn kontiraktga kirib o'qimaganman. 2014-y esa yana shu joyda shu fakultetda 197,1 ball bn xudoga shukurki grantga kirganman.
Men 2015 yil 136.7 ball bilan eng oxirgi bo‘lib o‘qishga kirganman
O‘tgan yil imtixondan yiqilganman. Mana bir yil o‘tdi. Roppa rosa bir haftadan keyin yana imtixon topshiraman. Yuqoridagi hammaning izohlarini o‘qib chiqdim (erinmasdan, to‘g‘risi juda havas qildim). Xudo xohlasa bir haftadan keyin xuddi mana shu yerga o‘z imtixon taassurotlarimni qoldiraman.😊😊😊😊 (qandaydir shuni ham niyat qilib qo‘ydim? Hamma imtixon topshirayotganlarga omad tilayman. Hammaga o‘z niyatlariga erishgan holda talaba bo‘lish nasib qilsin😊😊😊😊
Sherzod Egamnazarov
Xushnudbek Men 1- avgust kunidan nafratlanaman garchi orzuyimga kechikib yetgan bulsam ham. Chunki siz aytganingizdek EGRI yullar bn uqishga kirgan abiturietdoshlarim ham bor edida. Mayli nima bulsa ham. Men 5-yil uzim istagan XORIJIY TILLARga BYUDJET (3-urinda) kirgan edim 179,3 ball bn.
Intizorim
Demak sz 32 35yow orligidasz
Show next 100 comments