Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2018-yili 161.8 ball bilan QòqonDPI Ingliz tili yonalishiga davlat garntiga òqwga kiraganman
2017 da 184 bn kirganman yuridikka. Mana nasib etib bitirdik ham Xushnudbek bro oqishni soģinyapmiz lekin
Toshkent avtomobil yo‘llari instituti, hozirgi Transport universiteti. 2016 yil 155,5 31 ta matematika 23 ta fizika ingliz tili adashmasam 11 hisob kitobga to‘g‘ri kelsa.
Xon 77_77
QDPI ga informatika ga 158.2 bb grant kirganman 4chi urin
56.3 bilan kirganman 2017 yil kantraktga.😂😂
Esdan chiqmasa kerak bunaqa xotiralar,manimcha😊. O‘tgan yili 189 ball bilan kirganman, Alhamdulillah
Men 2009-yil akademik Yormazor akademik litseyini tugatib bolaligimdan orzu qilgan yuristlikka Namangan davlat universitetini yuristprudensiya yonalishiga kira olmaganman. Tayyorgarligim yomon emas ediyu lekin birinchi imtihonga kirganimgami xullas 95 ball yig'ganman. Osha yili ham x variantlar 36 tadan 36 ta chiqqan.
Keyingi yili esa x variantga ishonganlarni paytavasiga qurt tushib, bilimi borlar oqishga kirgan va kirish ballari ancha past bolgan. Men esa yurist bolish orzularimni ko'mib Farg'ona davlat universiteti Tarix yo'nalishiga 147,8 ball bilan kontrakt o'qishga kirdim. Universitetni tamomlab bir necha yil oqituvchilik qildim, lekin yurist bo'lish orzusi hali ham so'nmagan edi, qalbimni bir chetini tirnar edi. Xudoni inoyati bilan o'tgan yili 2020-yil Toshkent davlat yuridik universitetiga grant asosida talabalikka qabul qilindim. Bu yil birinchi kursni tamomladim. Va nihoyat maqsadimga erishishga oz qoldi. Inson yaxshi niyat orzu qilsa va sabr qilib shu maqsadiga harakat qilsa, albatta Xudo yo'lini ochib orzu maqsadiga yetishtirarkan.
Bizda zòr bolgan imtixon xonasiga kimdir kirib falonchievaxon sizda savollarda xato ketibdi deb qolidan savollar varaģini oldi va adashmasam guruhni yarmi mendayam xato mendayam xato deb ism familiyasini aytib berib yuborishdi QIZIĢINI QARANG ISHONGANIMDAN MENDAYAM XATO BORMIKAN DEB QARAB TEST VAQTINI ANCHASINI OTKAZIB KONTRAKTGA ILINIB QOLDIM
SHUNAQAYAM SODDA BOLAMANMI 😢
EX NOINSOFLAR BALKIM HOZIR SHU GURUXDAN OSHA KiMSALAR HAM FOYDALANAYOTGANDIR BALKIM.
SIZ OYILANI HALOL MEHNATINGIZ BN BOQISHINHIZ KERAK EDI ÒSHA
" INSONLAR"
ÒSHA KUNGI AMAKI SIZNI ESLAB QOLGANMAN Va HALIGACHA SIZ VA SHERIKLARINGIZGA LA'NATLAR AYTAMAN
190 Karl. Hozir 56,7 bilan ham kirishyapti 😂😂😂
Men 3-urinishda o'qishga kirganman. Birinchisida ingliz tili ona tilini chala yarim o'rganib 2015-yilda nizomiy defektologiyaga topshirganman. (Tayyorlanmagan fanlarimdan))))

Yonimdagi qizni list tarqatyapmiz deb testlarini olib chiqib ketishgan. U qiz esa uni sotmasliklari un mi, hammaga yordam bergan, ayniqsa menga, 100 ball toplaganman.

2016-yil 2-urinish! Judda yaxshi (3-4 oy) tayyorgarlik korib borib, nizomiy rus tili ozbeklar uchun guruhga deb , adashib rus guruhga topshirib kelganman, shu nazoratchi hali koz oldimda, uch marta soraganman, u bolsa telda gaplashi ha shu shu deb javob bergandi. Adashganimni imtixonda bilganman. Ertalab avtobusda adashib qolganman Toshkentda, depoga olib borib tashlashgan, zorga yetib borganman, yaxshigina turgan qolimdagi dtm qogozi va passportim suvga tushib ketgan, shunchaki!!! Guruhimni topolmaganman. Xullas nasib qilmagan ekan, imtixonda kirsam faqat ruslar kiryapti, men hayolimda "
Я.Р.Д.
1991 йил мактабни олтинга битириб мединс га хужжат топшириб химиядан езма булган 3 бахо олганман апеляцияга бериб комиссияга кирганман "буюк халол " домла тугри жавобларни устига кизил тортиб ташлаганлигини комиссия куриб сиз студент буласиз деб алдаб сулдаб чикариб юборишган шукур ст т булдим хаетимдаги калбимда из колдирган биринчи адолатсизликка рупара булдим яьни Хушнудбек сиз айтгандай уша таьлимдаги куртлар давлатимиз иддизига тушган мараз хашаротлардир
Ugiloy .
63 ball bn kirganman 😂
Ruslar ham ozbek gruppaga toshirar ekanda deb oylaganman, sorasam bu yevro potok ekan.
Koz yoshlaaaar bilan belgilaganman. 80 ball. Proval.

2017-yil 3-urinish uyda takrorlaganman. Rus tilini faqat grammatikasi, ona tili va adabiyot. Tarix tavakkal, oxirgi 1,5 oyda eski ustozimga repetitorga borganman. Shu payt hammada savollar"
Elbek Qandimov
Xushnudbek aka siz aytgan 2008-2009 yillarda ko'pchilik qatori men ham topshirdim, grantga o'qiyman deb ikki yil ham kontrakt bo'ldim, eng alamlisi birinchi o'rin kontrakt. Keyin 2010 yilda Buxoro Texnologiyalar Institutiga 35 matematika, 36 fizika, 11 ona tili va adabiyotidan yechib 5-o'ringa grand kirgandim.
Siz nechta ishlay olgansiz 36 tadan 36 ta ishlasa boladimi? Vhk. Yoq hatto men ham 32 yechganman degandi ona tili ustoz. Shunda niyat qilgandim men ishlayman deb.

Rus tili. 21
Ona tili va adab. 35
Tarix - 13

1-grant. 152,9 yoki(153,9)
Ura!

Alhamdulillah!
Lobar
168.9 бал билан билимим билан кирганман хакикат бор
2017 yili 191 ball bilan Kontrakt
Salom.Oʻtgan yili 189 bal bilan tibbiyot oliygohiga kirdim.1 ta maqsadli kvota ni oʻzimniki qildim hech qachon esimdan chiqmaydi.ollohga Shukur
2010-йили, Менжмент таьлим йуналишига 195,0 балл билан кирганман. Математика 32, Инглиз тили 32 та ва она-тили ва адабиёт 26 та чикган. Ёдимда, уша йили х-вариант чикмай колганди, шунинг учун баллар тушганди. Бир йил киролмаганим учун менежментга топширгандим, туплаган балим иктисодиётни бюджетига хам етарди, Ман куркиб менежментга топширганман. Оллохга шукр! Берган неьматларига шукр!
198,3 бюджет - 1999йил Нархоз. Менимча уша пайтлар хали хакикат бор эдики, омадимиз чопиб кириб олдик. Лекин институт билимдан кура, купрок хаётий тажриба берди.
Show next 100 comments