Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2018 yili birinchi urunishimda temir yolga (xozirgi toshkent davlat tranport universitetiga) kirganman. 67.3 kontrakt)) omadli talabaladan biri boganman
2019 yili Anjon. Davlat tibbiyot institutiga 152 Ball bilan grant
Salom man 2012 yil 121 ball b.n grant bulganman
2012 yil. Matematika 34. Fizika 24. Ona tili va adabiyot 9. Jami 167.9 bilan O'zMU ga oxirgi grant bo'lib kirganmam. 3 yil umrim ketgan edi tayyorlanib kirishga.
Assalomu alaykum! 139,9. Toshkent Davlat Texnika Universiteti grand. 2016 yil
Мухтор Ака
Sampiga 2011 yil 178.5 bal bilan kiromaganman.
Shavkat Rasulov
ТДПУ га қўшимчага кирганман 100,2 балл билан 2013 йилда 😃
Mirodil
2012 yili TDTUga 182.3 ball bilan kontraktga kirganman
Sayyora Olimovna
Уша 10 йиллар давомида пул билан укишга кириб пул билан битирганлар бугун кайсидир хокимият тепасида еки каердадир масабдор шахс булгани учун хали Яна 10 йилдан куп кийналамиз. Жамиятни бунака фикрлайдиган еки умуман фикрламайдиган инсонларидан тозалашга
Menimcha 10 yildan ko'proq vaqt ketadi
Men 2017 yili QarMII 132 bilan Grant kirganman Usha yoki 8- urinda ekanman xursan bolivdim 8- urinda bolsam bilimli kursdoshlar bilan o'qiyman Deb uylaganman ,afsus unday emas ekan ,guruhimdagi 10 talaba bilimi bilan kiirgan qolganlar pul bilan , mana adolat Bor deydi o'qishni shu yil bitirdik bilim bilan kirgan 10 kursdoshlarni ham kiyin yaxshi o'qimagandir ,oramizda 4 kishi mutaxasisligimizni yaxshi bilardik ,lekin xaligacha birortamiz ishga kirolmadik lekin alam qiladi O'qishga pul bilan kirgan sessiyalarda pul bilan baho olgan deplomni olgandan ishga kirib ketishdi ko'pchiligi ,zavodlarga ,
2019 - yil 147 bal bilan Samarqand Davlat Chettillari institutning talabasi sifati shartnoma asosida qabul qilinganman.Behisob shukur
Men 2008 yil 155.5 ball bilan fiz matga grandga kirganman
Oxxo yozganlarni hammasiniki 100dan baland u
Хушнудбек унлаб йиллар, езилганда янахам аник булармиди. Уша пайтида фундамент 1 мм га кийшик булган, Энди и 4-5чи каватга келдик, шунда хам анчагина кийшик бб кетди
2020 yil O‘zMU filologiyaga 163.9 ball bn kontraktga kirganman
Korrupsiya hali-hali dilimni tirnab keladi. Balki bu taqdirdir?! Qishloqda qiynalib o'sib zo'rg'a o'qishga vaqt topib Toshkent Moliya Institutiga 184,6 ball bilan to'lov kontrakt asosida kirganman. 20 ta grant asosida qabul qilardi. Natija chiqqan paytda bilimim past ekan deb taqdirga tan bergandim. Lekin sentyabrda o'qishga borganimda bildimki bilimim past emas, korrupsiya kuchli ekan. Grantga kirganlarning yarmidan ko'pi pul bilan kirgan ekan. Balki kontraktga kirishim o'zim uchun to'g'ri yo'l tanlashimga sabab bo'lgandir, balki grantga kirganimda ishlamasdan soham bo'yicha ko'proq o'qib hozirgidan ko'ra bilimim yaxshiroq bo'larmidi?! Har bir ish behikmat emas. Boriga shukur...
Albatta eslay olaman Alhamdullilah ikki yillik urinishlardan so'ng 2014-yil Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili 150.5 ball oooxirgiiii 30- grantttt!!!!!!
Ta'riflashga so'z ojiz
2017- yil QQDU ga 155 ball bn
Mahbuba Qobilova
2016-yil 170 Ball bilan budjet. 2 yil o'qishdan yiqilganman. Imtihon hayot-mamot masalasi edi.
Show next 100 comments