Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2009-yil. Nizomiy nomidagi TDPU ga 198 ball bilan 12- o'rinda grant kirganman
2016-yil O'zDJTU ga filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili yo'nalishiga topshirganman, ammo siz aytganday korrupsiya tufayli yiqildim. Chunki bunker guruhiga adashib tushib qolganman, deyarli 90% abituriyentning savollari olib chiqib ketilgan (yonimdagi xatto titul varog'ini bo'yashni bilmaydigan bolaning ham). Bu men uchun katta psixologik zarba bo'ldi va qancha harakat qilmay xayolimdagi yiqilaman degan yomon fikrlarni ketkaza olmadim va shunday boldi ham(.
Ammo Allohimga ming shukurlar bo'lsinkim, 2017-yil korrupsiya biroz yo'qoldi degan xabarlar bo'ldi, savollar ham osonlashdi. Va men 180.5 ball bilan kontraktga kirdim. Talaba bo'lgach esa korrupsiya yo'qoldi degan gaplar qanchalik to'g'riligiga guvoh bo'ldim: xonadoshlarimning uchalasi ham pul bilan kirgan edi😂
2020-yil 176,6 ball, xorijjy til va adabyot samdchti tolov kantraj
Oltinoy
2020 yil 142 bal bilan tdshu talabasi boldim alhamdulillah
2015-yil 189,7 ball bilan TTA Davolash fakultetiga kontrakt asosida o'qishga qabul qilingandim
Тату фарғона филиалига 148 балл билан кирганман грандга. Омадим кеб қолиб, биринчи йили кирвоганман 8-ўринда
$@&Нурбик&@$
Assalomu alaykum Xushnud aka meni qisqacha savolimga iltimos javob bervoring ya'ni men Qozog'istondagi Shimkent uneversitetida Boshlang'ich ta'lim yunalishida o'qiyman menga transkrip qog'ozi kelmayapti lekin perevod uchun 3kun vaqt qolgan. Agar kelmasa nima bo'ladi?
⚡ Intelligent
165 ball 2015-yil BuxMI stomfakka kontrakt kirganman
Muxlisaxon Ikbalova-Aʼzamxoʻjayeva
2018 yil O'zMU Biotibbiyot fizikasiga 106.3 ball bilan budjetga kirganman 😅 🤦‍♀️ osha yili anchagina past bolgan kirish ballari
2016 yil 127.5 ball bilan JDPI ga rusletga grant asosida oqishga kirganman
Islomjon Ergashev.
2018 yil O'zbekiston Milliy Unversitetiga, 113.5 ball blan biologiya yo'nalishiga kantrakt asosida kirganman. Bu mening 6 bor urinishim edi.
2008yil JDPI ga kimyoga topshirganman kimyo 36tadan 20 ta, biologiyadan 34 ta, ona tilidan 11 ta ishlab 146,6 ball bilan 4- oʻrinda kontraktga kirganman.
Oʻsha yili shpargaljalar toʻgʻri chiqqan ekan grantdagi kursdoshlarim kimyoni yaxshi bilishmasdi
2017 - йил НавДПИ математика йўналишига 144,0 балл билан 35 - ўринда грант асосида ўқишга кирганман!
Собитжон
2001 йил 139 бал билан ангрен педагогика ТВДПИ га 7чи уринда грант асосида кирганман
2006- yil QDU MATEMATIKA FAKULTETIGA 172,5 BALL BILAN 3- GRANT ASOSIDA TALABA BULGANMAN
M
+++
Sizam Jahon tillarida oʻqiysizmi
Bobur M.R🖤
Sizam Jahon tillarida oʻqiysizmi
Yo man Qo'qonda uqiman 154.6 bilanam super qildm 2020da 156.4 kirish bali buldi Xorijiyni MBTITiga
Bobur M.R🖤
Sizam Jahon tillarida oʻqiysizmi
Jahon tillarga bu bal grandligiga ishongim kemadi
M
Jahon tillarga bu bal grandligiga ishongim kemadi
Oʻzimni singlim eng oxirgi urinda 151.2 ball bilan kechkiga kirdida chunkin
Show next 60 comments