Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2016-yil TOSHDO'TAU ga 165 ball bn Grantga o'qishga kirganman,alhamdullillah. 2 yil O'ZDJTU ga topshirib yillar davomida eshitib kelayotgan bunker, x variant,teldan ishlash, nohaqliklar haqidagi gaplar rost ekani guvohi bb 3-yil muhtaram birinchi prezidentimiz tashabbuslari bn ochilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining yangi fakulteti birinchi qaldirg'ochlaridan bo'lishga muvaffaq bo'ldim,Ollohga shukr. Har bir ishda xayr borda 2 yillik ruhiy tushkunlikdan kn Ollohim meni budjet bn siyladi. Boshqa inyaz fakultetlaridan farqli ravishda universitetni bitirib ham ingliz tili va adabiyoti o'qituvchisi ham tarjimon mutaxassisligi berildi.
Маргубахон Олимовна
1996 йил А.Д.Т.И.га 200.16 балл бн грантга кирганман.
2014 yil 190,6 ball budjet
2017 TDYU 600 talaba qabul qilinadi va 600-talab bolib talaba bo'ldim mazzaku aa))))
2017 FDU M.o'.m 128.6 oxiridan sanasa 3-o'rin kontrak
Rahima Salixova
1998 йил 210,5 балл билан БДУ иктисод факультетига 2- урин билан грант асосида укишга кирганман
Xayitova Odashxon
2010-yil ADTI ga 195,8 ball bn grand asosida 32-o'rinda o'qishga qabul qilinganman
Fotima Eshquvvatova
2020-yil 117.6bilan kontrakt asosida oʻqishga kirganman
2012-yil NavoiyDPI
189,2 ball
1-o‘rin grand kirganman
Abdivohid
Assalomu alaykum. Ko‘pchilik singari men xam test nohaqliklaridan aziyat chekib. 3-yili (2012) 189.7 bal bilan CHirchiq Oliy Tank Qo‘mondon-Muhandislik Bilim Yurtiga o‘qishga kirganman.
JAVOHIR
2014-yili 128.5 ball bilan hozirgi SamVMI (eski SelXoz) ga birinchi o'rind kontrakt kirganman. 0,3 bal yetmagan grantga rosa alam qilgan. 6 oy tayyorlanganman. Insho Olloh 2020- yilda magistraturani bitirdim (grand).
2020chi yil 185,8 ball Toshkent Moliya institutiga
2017 yil 220.2 TDSI 1 o'rin grand
224 bolgan payti ham boldi. Shu yili kirganlar ham eslashar mikan balini?
Assalomu alaykum
Man 2018-yil Qarshi davlat universitetiga 137.6 ball bilan 3- òrin grantga Rus tili va adabiyoti yònalishiga òqishga kirganman.
Assalomu alaykum ahli sunna val jamoa. ☺ Men 2018-yilda birinchi urunishdayoq 175.1ball (Biologiya 30tadan 29ta, Kimyo 30tadan 28ta, Ona tili va adabiyoti 30tadan 24ta ) bilan Guliston Davlat Universiteti Biologiya (turlari bo‘yicha) yo‘nalishiga 1-o‘rinda Grand talabasi sifatida qabul qilinganman. 😊 Alhamdulillah. Yaratganga behisob shukrlar bo‘lsin. Allohdan so‘raydigan yagona o‘tinchim shu: "Parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin. Allohim, meni dinda faqih (chuqur ilmga ega ) qilgin." Toha surasi 114-oyat.❤
Назира Маматова
👍👍👍👍