​"Ташаббусли бюджет" яна бошланди! 1 трлн сўмни қаерга ишлатишни фуқароларнинг ўзи ҳал қилиши мумкин

Ён-атрофимизда кўплаб катта-кичик муаммоларимиз бор. Масалан, қайсидир маҳаллада сув йўқ, қаердадир электр йўқ, қаердадир йўллар расво, қаердадир боғча эски, қаердадир мактаб хароба ва ҳ.к.

Давлат нега қилмайди, ҳокимлар қаёққа қараяпти, солиқларимиз қаерга кетяпти ўзи, ҳокимлар фақат қиммат машина олишни билади, ундан кўра пулини мактаб-боғча ва йўлларга сарфласа бўлмайдими, деган саволларни ва хитобларни ҳам кўп айтамиз.

Энди Очиқ бюджет портали орқали ўзимиз қаерга ичимлик суви керак, қайси йўлни тузатиш керак, қайси боғча ёки мактабни таъмирлаш керак, таклиф бера оламиз. Ва таклифимизни маҳалладошларимиз қўллаб-қувватлаб, кўпроқ овоз берса, ўшанга пул ажратилади.

Ўтган йилги илк лойиҳада жами 41 минг 125 та ташаббус билдирилганди. Жами 530 млрд сўм пул ажратилди.

Бугундан бошлаб 2022 йилги лойиҳанинг биринчисига старт берилди. Маблағ эса 2 баравар кўпайтирилган — 1 ТРЛН 26 МЛРД СЎМ!

❓Хўш, сиздачи? Таклиф борми? Маҳаллангиз муаммосини ҳал қилишга ёрдам бермоқчимисиз? Сиздан пул талаб қилинмайди, шунчаки ТАШАББУС кўрсатсангиз бўлди, пулини давлат тўлаб беради.

Унда нега қўл қовуштириб ўтирибсиз? Тезда openbudget.uz сайтига киринг ва ташаббус кўрсатинг. Давлат бюджетини керакли жойга ишлатилишида ёрдам беринг.

Ариза қолдириш муддати: 21 февралгача!

Таклифлар қуйидаги мавзуларда бўлиши керак:

— ичимлик суви таъминоти;
— ички йўлларни таъмирлаш;
— ёритиш тизимлари билан боғлиқ муаммолар;
— мактаб, боғча, тиббиёт бирлашмалари ва бошқа ижтимоий объектларни таъмирлаш, моддий-техник жиҳозлар билан таъминлаш;
— умумжамоат фойдаланишидаги объектларни таъмирлаш ёки жиҳозлаш ва бошқалар.

Бефарқ ва лоқайд бўлманг, ташаббусни қўлга олиш вақти келди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 27 more comments
Saytda ro'yxatdan o'tib bo'lmayapti.
#õzgaring

Sogʻlom mahsulotlar uchun $100 - “Buncha qimmat?!”
Romantik tushlik uchun $100 - “Hamyonbop narx!”

Oʻz-oʻzini oʻstirish yuzasidan seminar uchun $250 - “Aqldan ozganmisiz?!”
Gucci kamari uchun $250 - “Hoziroq sotib olish kerak!”

Sarmoya uchun $300/oyiga - “Qurbim yetmaydi.”
Tungi “ulfatchiliklar” uchun $300/oyiga - “Haftasiga, deyavering...)”

Biznes boshlash uchun $1000 - “Juda xatarli tavakkal.”
iPhone XS uchun $1200 - “Eng oxirgi modeli shumi ishqilib?”

Yangi hunar oʻrganish uchun 60 daqiqa - “Vaqtim boʻlganida edi...”
Netflix uchun 60 daqiqa - “Vaqt uchib ketdiyey, yana bitta koʻraylik...”

Pul va vaqt - bu sizning resurslaringiz. Ulardan oqilona foydalaning, bugun kiritgan sarmoyangiz ertangi kuningizni belgilaydi.
Kamola Akramovna
Maktab, bog'cha, kasb-hunar ta'limida amaliy-laboratoriya darslarini sifatini yaxshilash uchun va shifoxonalarni moddiy-texnik baza bilan ta'minlash kerak.
Хушнудбек сизни таклифингиз билан Сирдарё вилоятининг ... туманида ўтган йили Маҳалламизга трансформатор ўрнатиш лойихасини киритдик. Энг кўп овозни олди. Баён билан тасдиқландиям. Масъул ташкилотлар бориб лойиҳалариниям аҳоли билан келишиб кетди. Лекин якунда ҳоким бува бу жойга шартмас бошқа оғиррроқ махаллалар бор мен айтган жойга пул бераман деб ҳаммасини бир тийин қилди.
Termiz tumani Navròz mahallasiga maktab va davlat mtmni qòrishni taklif etardim
D M M M
Guzor tumaniga gaz va suv bersa yaxshi bulardi Uzbekistonni 90%gaz Guzordan chiqadi lekin axolisida gaz yuq oddiy gazbalondan foydalanishadi zavodga Gaz tasheverganidan katta yuk mashinalari yullar agdarilgan erga uxshaydi. Imkoni bulsa sh muammoni kutaraylik zora alloxni nazari tushub qolsa shu erlarga xam
Asqar Abdusalomov
Assalomu alaykum Xushnudbek aka nega bu tashabbus ichida kutubxona yoki rivojlangan davlatning kitoblarini tarjima qilish degan bandlari yo`q istardimki mahallamda emas viloyatimizga bitta bo`lsa ham zamonaviy kutubxona bo`lishni va u yerdagi adabiyotlar faqat peshtaxtada turishini o`rniga o`qilishini biz istayotgan kitoblar afsuski institut kutubxonasi buyoqda tursin viloyat kutubxonasida ham mavjud emas. shunday kutubxona uchun qancha mablag` ketar ekan aaa🧐
Asqar Abdusalomov
Pul ajratiladi lekin nechta filtrdan o'tadi bilmaymizda. Kattalar katta yeb bizgacha kelishi gumon.insofni bersin
Forish tumani Qoraobdol QFY Mustaqillik mahallasida elektr toki kocha yolni taʼmirlashni taklif qilardim
2021 йилдаги ташаббусимиз танловда ғолиб бўлган. "Қарши тумани Узуннова қишлоғи Соҳил кўчаси ички йўлининг 1500 метр қисмига асфальт ётқизиш". 350 миллион сўм ажратилган. НАТИЖА: 350 метр сифатсиз асфальт қилинган. НУҚТА.
Утган йили биз катнашиб 500 миллион сум ютиб махалламизи асфальт килдик. Рахмат сизга Хушнудбек
Avval kiritilgan lekin ovoz yig'ishda yutkazgan tashabbuslar nima bo'ladi?

Yana boshqatdan shu tashabbusni kiritamizmi yoki ovoz yig'ishni kelgan joyidan davom ettiramizmi?
Umarjonov Nozimjon
Namangan viloyati Kosonsoy tumani Qoʻqimboy mfy da ayrim joylariga Toshloq,Guliston koʻchalar Ichimlik suvi.Elektr toki yaxshi emas Yoʻllarni remont qilib berish uchun harnimalar qilib qoʻydik shu paytgacha amalga oshmayapti shu ishlar bajarilsa yaxshi bolardi
Ш.Одилбеков Лидерлар нтм
Ишкилиб чекка кишлокда хакикатдан хам мухтож ахолилар овоз беришни ва портал нималигини билишсин)))
Zulfiya
Урганч шахар курувчилар кучасида яшаймиз неча йил булди асфальт килинмаган илтимос шунга этибор килинглар
Йулларга тирбандликка карши
Assalomu alaykum Xushnudaka. Nima sababdan takliflar orasiga GAZ mavzusi kiritilmagan? Bizni mahallamizda GAZ yo‘q, buni qanday hal qilamiz?
Piyodalar o'tish yo'lakchalari, poyezd va avtomobil yo'llari kesishmalarini jahon standartlariga mos qilib inson hayotiga xavf tug'dirmaydigan qilib qurish kerak.
Husan Azimovich Navbahor MFY Yoshlar agentligi vakili
Assalomu aleykum Xushnudbek rahmat ushbu tashabbusni bizga, ya'ni xalqqa olib chiqdinggiz. Xalq doim fikrini, dardini, aytib kelgan ko‘p vaqt amalga teskari oshirilayotgani hammaga ma'lum. Ushbu mablag‘ni xalqning fikridan kelib chiqib sarf qilinishi amalga oshishini vijdonli, xalqsevar ko‘zi to‘q, hamda prezident vakili sifatida ishga olingan hokim yordamchisi va yoshlar agentligi hodimlarini nazorat qilish uchun ma'sul qiilishsa har bir mahalla obod bo‘larmidi. Hamda bu ikki vakilga to‘sqinlik qiladiganlarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri hurmatli davlatimiz rahbariga Sh.M.Miromonovichga yetkazilsa.Manimcha har bir muommo o‘z yechimini topgan bo‘lardi.
Salom Ismim Marifov Nosirjon Andijon viloyati shaxrixon tumani Dostlik MFY Choja QFY dan fidoilar kochasidanman Biznin kochaga loy botqoq korgan odam uyaladi rasvo bolib yotibti Yurib bolmidi yogingarchilik bolsa korib ketishgan lekin qaytib keliwmadi yana qanday yashayabslar deb xam aytishgan iltimos shunga shagal asfalt yotkizib beriwlarzi soreman ajiratilgan pularni shunaqa joylarga sariflashni soriman oldindan raxmat +998 93 736 61 60
Show next 100 comments