​"Ташаббусли бюджет" яна бошланди! 1 трлн сўмни қаерга ишлатишни фуқароларнинг ўзи ҳал қилиши мумкин

Ён-атрофимизда кўплаб катта-кичик муаммоларимиз бор. Масалан, қайсидир маҳаллада сув йўқ, қаердадир электр йўқ, қаердадир йўллар расво, қаердадир боғча эски, қаердадир мактаб хароба ва ҳ.к.

Давлат нега қилмайди, ҳокимлар қаёққа қараяпти, солиқларимиз қаерга кетяпти ўзи, ҳокимлар фақат қиммат машина олишни билади, ундан кўра пулини мактаб-боғча ва йўлларга сарфласа бўлмайдими, деган саволларни ва хитобларни ҳам кўп айтамиз.

Энди Очиқ бюджет портали орқали ўзимиз қаерга ичимлик суви керак, қайси йўлни тузатиш керак, қайси боғча ёки мактабни таъмирлаш керак, таклиф бера оламиз. Ва таклифимизни маҳалладошларимиз қўллаб-қувватлаб, кўпроқ овоз берса, ўшанга пул ажратилади.

Ўтган йилги илк лойиҳада жами 41 минг 125 та ташаббус билдирилганди. Жами 530 млрд сўм пул ажратилди.

Бугундан бошлаб 2022 йилги лойиҳанинг биринчисига старт берилди. Маблағ эса 2 баравар кўпайтирилган — 1 ТРЛН 26 МЛРД СЎМ!

❓Хўш, сиздачи? Таклиф борми? Маҳаллангиз муаммосини ҳал қилишга ёрдам бермоқчимисиз? Сиздан пул талаб қилинмайди, шунчаки ТАШАББУС кўрсатсангиз бўлди, пулини давлат тўлаб беради.

Унда нега қўл қовуштириб ўтирибсиз? Тезда openbudget.uz сайтига киринг ва ташаббус кўрсатинг. Давлат бюджетини керакли жойга ишлатилишида ёрдам беринг.

Ариза қолдириш муддати: 21 февралгача!

Таклифлар қуйидаги мавзуларда бўлиши керак:

— ичимлик суви таъминоти;
— ички йўлларни таъмирлаш;
— ёритиш тизимлари билан боғлиқ муаммолар;
— мактаб, боғча, тиббиёт бирлашмалари ва бошқа ижтимоий объектларни таъмирлаш, моддий-техник жиҳозлар билан таъминлаш;
— умумжамоат фойдаланишидаги объектларни таъмирлаш ёки жиҳозлаш ва бошқалар.

Бефарқ ва лоқайд бўлманг, ташаббусни қўлга олиш вақти келди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 100 more comments
ВСЕ СЛУЧИТСЯ ВОВРЕМЯ
Assalomu alaykum Xushnudbek aka Toshkent amaliy fanlar universitetidan boshqa universitetga oʻqishni koʻchirish imkoni mavjudmi
ВСЕ СЛУЧИТСЯ ВОВРЕМЯ
Iloji boʻlsa shu haqida batafsil maʼlumot bersangiz. Chunki oʻqishga kirib kontrakt toʻlab qoʻyib keyin bir nechta nodavlat OTMga kirganlar holiga tushishni hech kim istamasa kerak
ВСЕ СЛУЧИТСЯ ВОВРЕМЯ
Toshkent amaliy fanlar universiteti diplomi Oʻzbekiston hududida tan olinadimi
ВСЕ СЛУЧИТСЯ ВОВРЕМЯ
Oʻsha xabar ostida maʼlumot boʻlmaganiga shu xabar commentiga yozishga majbur boʻldim
Anvar Mahmudov
Ichimlik suvi
SAMARIDDIN +NURMUXAMMAD
Assalomu alaykum Xushnudbek men Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar 31 DMTT da tarbiyachi bulib ishlayman bizani bogchamiz 1947yil qurilgan bulib xozirda juda tamirtalab ahvolga kelib qolgan devorlari nurab boryapti bizani bogchamizni kapital remontga tushishiga sabab chi bulasiz degan umiddaman
Jasur
Savolim bor edi Xushnudbek aka
Talabalarga tatil 16-fevralgacha deb eshitdim shu rostmi
.........
Assalomualekum hushnut aka men xorazim viloyati shavot tumani arbop mahallasi havaskor ko'chasida turaman bizni yo'llar juda yamon yomg'ir yog'sa umumam yurib bo'lmaydi ko'chada hatto tungi chiroqlar ham yo'q bolalar maktapga borishga juda qinaladi eng asosisi ko'chaga pul ajratilgan lekin zo'tilmagan bizga hatto qag'oz ham berishgan yo'llar zo'tiladi dep 2020chi yilda pul ajratildi dep lekin hali uzatilmadi kimdir qaridimi o'zi bularni ustidan
.........
Yo'llar asvalt bo'lsa yahshi bo'lardi
Nurmurod Chorshanbiyev
Assalom alaykum bizni Chiroqchi tumani 125-umumiy o'rta ta'lim maktabiga bolalar uchun sport zali qurilsa yaxshi bulardi.
BOY BOLA.
Assalomualaykum men Shovot tumani Hunarmandchilar mahallasida yangi uy qurganman hozirda otamni uyidaman yangi uyga kochishga qorqaman ichimlik suvi gaz turbasi umuman yoq yolni esa umuman gapirish shart emas tekisraq joyini topsang shuyerdan haydaysan mashinani iltimos qilamiz insof bersin hammamizga ohiratimizniham ozgina oylab ish qilaylik suv berishham sovob yol qurushham savob ish el qargishini olib emas elni duosi olib yashash yaxshi emasmi men hokim emas ozgina kuchli biznesmen bolsam edi men uzim qoldan kelguncha qilar edim lkn afsus men ham oddiy musofir bb yashayabman.
BOY BOLA.
Iltimos agar shu gapimga quloq solib qollab quvatlasizlar deb oylayman.
Yusuf Sevinch
Assalomu alaykum bizni Sirdaryo viloyati Shirin Shahar 4-maktabga faollar zali kerak qurib bersangiz kelajak avlodni yuksak ma'naviyatli bo'lishida o'z hissangizni qo'shgan bo'lardingiz.
Алибек Джаппаров
Бизни махалада ичимлик сувимиз яхши эмас
CHAROSXON
Assalomu aleykom men Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida istiqomat qilaman xozirda 11-DMTTda ishlab kelaman bizning boqchamiz 1963-yili qurilgan xozirda Juda tamirtalab xolga kelgan mudiramiz anca joyga xat bn chiqtilar lekin anniq javob ololmaibdilar boqchamizga Juda ko'p Ota-onalar bizning tashkilotda farzandlarini ta'lim-tarbiya olishini xoxlashadi lekin boqchamiz xududi kattayu xonalar yetishmaydi musiqazali sportzali mavjud emas bolalar un ovqatlanadigan xona bn o'yin oynaydigan xonalari bitta tadbirlarni xam guruh xonasida otkazamiz bizga bu yil remontga tushdilar lekin qachon bo'liwi anniq emas deb aytildi Ota-onalar xam nega muttassadilarga chiqmsila diyshyabdi iltimos siz bizga maslaxat bersangiz 🙏🙏🙏🙏
Алибек Джаппаров
Алибек Джаппаров
Бизни махалада ичимлик сувимиз яхши эмас
Тошкент вилоят куийчирчик раион кушек мфи елибай махаласи
Norboyeva Marvarid Ingliz tili o'qituvchi
Yo'l harakati bo'yicha ham biron choralar ko'rilarmikan,chala shafyorlar ko'payib ketdi,xususiy avto maktablar,haydovchilik guvohnomasi berish tartibini ham kimdir tartibga soladimi,yo'llarda qanchadan qancha halokatlar bo'lyapti,qancha insonlar umriga zomin bo'lyapti,so'nggi yillarda bunday holatlar keskin oshdi.Shuni ham kimdir o'ylaydimi?
Jamoat transport tizimi katta islohotlarga muhtoj!!! Bir nechta takliflar bor Xushnud aka.
Jamoat transport tizimi katta islohotlarga muhtoj!!! Bir nechta takliflar bor Xushnud aka.
Jamoat transport tizimi katta islohotlarga muhtoj!!! Bir nechta takliflar bor Xushnud aka.
Show next 100 comments