​"Ташаббусли бюджет" яна бошланди! 1 трлн сўмни қаерга ишлатишни фуқароларнинг ўзи ҳал қилиши мумкин

Ён-атрофимизда кўплаб катта-кичик муаммоларимиз бор. Масалан, қайсидир маҳаллада сув йўқ, қаердадир электр йўқ, қаердадир йўллар расво, қаердадир боғча эски, қаердадир мактаб хароба ва ҳ.к.

Давлат нега қилмайди, ҳокимлар қаёққа қараяпти, солиқларимиз қаерга кетяпти ўзи, ҳокимлар фақат қиммат машина олишни билади, ундан кўра пулини мактаб-боғча ва йўлларга сарфласа бўлмайдими, деган саволларни ва хитобларни ҳам кўп айтамиз.

Энди Очиқ бюджет портали орқали ўзимиз қаерга ичимлик суви керак, қайси йўлни тузатиш керак, қайси боғча ёки мактабни таъмирлаш керак, таклиф бера оламиз. Ва таклифимизни маҳалладошларимиз қўллаб-қувватлаб, кўпроқ овоз берса, ўшанга пул ажратилади.

Ўтган йилги илк лойиҳада жами 41 минг 125 та ташаббус билдирилганди. Жами 530 млрд сўм пул ажратилди.

Бугундан бошлаб 2022 йилги лойиҳанинг биринчисига старт берилди. Маблағ эса 2 баравар кўпайтирилган — 1 ТРЛН 26 МЛРД СЎМ!

❓Хўш, сиздачи? Таклиф борми? Маҳаллангиз муаммосини ҳал қилишга ёрдам бермоқчимисиз? Сиздан пул талаб қилинмайди, шунчаки ТАШАББУС кўрсатсангиз бўлди, пулини давлат тўлаб беради.

Унда нега қўл қовуштириб ўтирибсиз? Тезда openbudget.uz сайтига киринг ва ташаббус кўрсатинг. Давлат бюджетини керакли жойга ишлатилишида ёрдам беринг.

Ариза қолдириш муддати: 21 февралгача!

Таклифлар қуйидаги мавзуларда бўлиши керак:

— ичимлик суви таъминоти;
— ички йўлларни таъмирлаш;
— ёритиш тизимлари билан боғлиқ муаммолар;
— мактаб, боғча, тиббиёт бирлашмалари ва бошқа ижтимоий объектларни таъмирлаш, моддий-техник жиҳозлар билан таъминлаш;
— умумжамоат фойдаланишидаги объектларни таъмирлаш ёки жиҳозлаш ва бошқалар.

Бефарқ ва лоқайд бўлманг, ташаббусни қўлга олиш вақти келди.

👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 100 more comments
Yusuf Sevinch
Assalomu alaykum bizni Sirdaryo viloyati Shirin Shahar 4-maktabga faollar zali kerak qurib bersangiz kelajak avlodni yuksak ma'naviyatli bo'lishida o'z hissangizni qo'shgan bo'lardingiz.
Алибек Джаппаров
Бизни махалада ичимлик сувимиз яхши эмас
CHAROSXON
Assalomu aleykom men Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida istiqomat qilaman xozirda 11-DMTTda ishlab kelaman bizning boqchamiz 1963-yili qurilgan xozirda Juda tamirtalab xolga kelgan mudiramiz anca joyga xat bn chiqtilar lekin anniq javob ololmaibdilar boqchamizga Juda ko'p Ota-onalar bizning tashkilotda farzandlarini ta'lim-tarbiya olishini xoxlashadi lekin boqchamiz xududi kattayu xonalar yetishmaydi musiqazali sportzali mavjud emas bolalar un ovqatlanadigan xona bn o'yin oynaydigan xonalari bitta tadbirlarni xam guruh xonasida otkazamiz bizga bu yil remontga tushdilar lekin qachon bo'liwi anniq emas deb aytildi Ota-onalar xam nega muttassadilarga chiqmsila diyshyabdi iltimos siz bizga maslaxat bersangiz 🙏🙏🙏🙏
Алибек Джаппаров
Алибек Джаппаров
Бизни махалада ичимлик сувимиз яхши эмас
Тошкент вилоят куийчирчик раион кушек мфи елибай махаласи
Norboyeva Marvarid Ingliz tili o'qituvchi
Yo'l harakati bo'yicha ham biron choralar ko'rilarmikan,chala shafyorlar ko'payib ketdi,xususiy avto maktablar,haydovchilik guvohnomasi berish tartibini ham kimdir tartibga soladimi,yo'llarda qanchadan qancha halokatlar bo'lyapti,qancha insonlar umriga zomin bo'lyapti,so'nggi yillarda bunday holatlar keskin oshdi.Shuni ham kimdir o'ylaydimi?
Jamoat transport tizimi katta islohotlarga muhtoj!!! Bir nechta takliflar bor Xushnud aka.

Аввалги лойиха натижаси нега эълон қилинмади? Қайси лойиха ғолиб бўлди? Натижа қани? Нега билмадик?
Xorazm vil , Xiva tumani , Al - Xorazmiy mahallasi , chinobod qishlogʻiga va shu atrofdaki qishloqlarga gaz va ichimlik suvi kelsin 15 yildan buyon gaz yoʻq yoʻllarini aytmasa ham boʻladi.
Termiz shaxridagi 10maktabni hamda boshqa maktablardagi sport zali va faollar zalini isitiw zamon talabiga mos ravishda rekonstruksiya va jihozlash kk. Mahallardagi bolalar uchun uyingohlarni, skameykalarni kopaytirish kk.
Assalom aleykum Hushnudbek aka sizdan mavzudan tashqari narsa haqida soramoqchi edim(sababi menda lichkangiz yoq) Toshkent amaliy fanlar universiteti tashkil qilinipti onlayn imtihon topshirgandim oqishga qabul qilinganim haqida sms keldi. Bunga ishonsam boladimi mashenniklar emasmikin shu universitet haqida aytib bersez iltimos. Soraganim sababi sizdan boshqa manbaga ishonmimiz
XUSHNUDBEK AKA OVOZ BERISH YO'L YO'RIG'INI O'RGATING AKA!!!
QISHLOQDAGILAR BILMAYDI QANDAY OVOZ BERISHNI. ILTIMOS!!!
Show next 100 comments