БИЗГА ЧОЙХОНА МУҲИМРОҚМИ?

«Сариқ» ҳудудларда ҳам ўқув марказлар фаолиятига рухсат бериш керак!

Журналист Зафарбек Солижонов каналида эълон қилинган абитуриентнинг хатини сизга ҳам улашмоқчимиз:

"Ассалому алейкум Зафарбек ака. Безовта қилган бўлсам узр. Мен сизнинг каналингиз обуначисиман. Ўзбекистондаги минглаб абитуриентлардан бириман. Сизга мурожаат килишимга сабаб - нега юртимизда сариқ худудларда ўқув марказлари фаолиятига руҳсат берилмаганига бирорта мантикий изоҳ бўлса, айтишларини сўрайман. Мен очиғи кўп ўйлаб кўрдим. Ҳар томонлама маъно изладим, лекин тополмадим.

Чойхона, ресторан ва кафелар фаолиятига руҳсат берилган. Ўқув марказларига эса ҳозирча йўқ. Ахир чойхоналарга нисбатан ўқув марказларида карантин қоидаларига амал килиш осон-ку. Бемалол ниқоб, қўлқопларда дарс ўтса бўлади. Чойхона, ресторанларда одамлар кўп йиғилади. Ниқоб ва қўлқопдан фойдаланилмайди одатда. Яна бир-бирининг идишларидан фойдаланишади. Мен ушбу қарордан кейин келажаги буюк мамлакатимизнинг маишат,кайф-сафо билан куни ўтадиган инсонларга эҳтиёжи кўпроқмикан, деган ҳаёлга бориб қолдим. Ахир бунақада қандай қилиб жаимятда ривожланиш бўлади.

Инсон ўқимишли, дунёкараши кенг бу́лса, жамият ривож топади. Ёки ҳукумат вакиллари келажакда уларнинг адолатсиз қарорларини тушуниб, уларга қарши мухолифат сифатида шаклланиши мумкин бўлган илмли, дунёқараши кенг ёш кадрлардан кўра, куни маишатда ўтган, бошқариш осон бўлган "пода"ни афзал деб биладими? Бу гапим билан чойхона, кафе ва ресторанларга борган юртдошларимизни пода демоқчи ҳам эмасман. Илтимос, гапларимнинг асл маъносини тушунинглар. Ахир, айни вазиятда, 1-навбатда абитуриентларга, илм излаган инсонларга шароит яратиш, менинг фикримча, энг тўғри йўл бўлган бўларди".

Фикрларингиз бўлса изоҳларда қолдиринг!

Каналга уланиш👇
https://t.me/joinchat/AAAAAECOxo-RSqV0py3QIQ

98 comments

Show 23 more comments
Iloym koronavirus dap bosn👊
Birinchi yil topwrvotgan abituriyent laga qyinde ozi taʼlimda qancha ozgarw boldi
Нилуфар
Матем физика киме фанларидан устоз тушунтирмаса болалар мустакил укиб тушуниши кийин
Online dars qlwam qyn internet tezligiyam pas jivoy obicni dars yaxwi
Barno
Пари
Birinchi yil topwrvotgan abituriyent laga qyinde ozi taʼlimda qancha ozgarw boldi
Da bu gap toʻri oʻzi wuncha yengilila boʻb ketti online darsda chunib boʻmidi barbr endi sariq hududlani uchemnilarigayam yengillik boʻsin bizagayam qiyin bovoti chuniwilani soʻrimiza.
MEHRIBON
Men ham fikrlarizga qöshilaman internet tezligi past bölgan hududlarda onlayn dars ötish mushkul
Öquv markazlari faoliyati tezroq tiklansa yaxshi bolardi imtihonga ham hech qancha qolmadi mana qabul boshlanishigayam 1 hafta qoldi bu bir oy ham hash pash deguncha ötib ketadi yaxshilab tayyorgalik körolmasligimiz mumkin
Agarda öquv markazlari faoliyatiga ruxsat berilsa albatta karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan bolar edik
Ü Ľ K Ë Ñ Ď Ü Ň Ý Ë
Rostdan restoranda og'izni ochib turadi
Davlatimiz xozir inqiroz davrini boshidan o'tqazvoti davlat budjetida pul qolmagan.virus yetmaganiga tabiy ofatlayam ortiqchalik qildi bunda tadbirkorlar kotta yordam korsatvoti sariq yashil xududlarda birinchi navbatda ularga imkonyat berilgani menimcha yaxshi bilimni esa agar istak bolsa masafadan olsa xam boladi menimcha.prizidentimiz tomonidan otm kirish imtixonlari ancha yengilashtirildi 3 da ozingni sinab kor divoti abituriyentlar uchun yana nma qilsin 5 yil orqadigi yilarni bir eslab korin aka ooalarimiz oliy dargoxga kirishda qanaqa qiynalishgan
Нилуфар
Тугри кушиламан гапизга хаммага бир хил имтиез булса абутуриентлар бир хил билим билан куч синашарди
Нилуфар
Масофадан укиш яхши кишлокларда нет тезлигини уйлаяпсизми кн хамма домлолархам онлайн дарс утмаяпти
Sulaymon
Siz hech kuyunmang xat yozgan tengdoshim.
PODAga "kunlik yemish va suv bo'lsa bas". Mol ilm nimaligini qayerdan bilsin. Siyosatimiz tepasidagilarning fikrini anglash uchun ".."oldidagi so'zga munosib bo'lishingiz kerak va aksini fikrlasangiz yetarli. ...
Davlatni boshqarvotkanlar xam axmoqamas nma qivotkanini yaxshi biladi birinchi navbatda nma kereyligini yaxshi bilishadi
Нилуфар
Таклифимизни билдирсак майлими
Assalomu alaykum hammaga meni fikrim sariq hududlarda markazlarga ruxsat bermagani sababi choyxona restoranlarga qaraganda aynan o'quv markazlarga abiturentlar turli joylardan kelib o'qishadi yani sariq yashil xatto qizil hududlardan ham kelishadi bunda verus yuqish havfi yanada ortadi choyxonalarga esa markazga qaraganda sariq qizil hududlardan odam kelish extimoli pastroq menimcha shu tomonlarini ham inobatga olgan bulsalar kerak
Man bildirilvotkan takliflaga qarshimasman qaysidur manoda togriyamdur lekin azgina oylab korishimiz kere xoz muxumroq narsa iqtisodni tiklab olish mana kechadan toshkent shaxrida avtobuslar xam xarakatini boshladu agar kuzatib borvotkan bosela axoli orasidan xalixam rekord darajada kasalanganlar chiqvoti shundayam tadbirkorlarga imkonyat berilvoti bu nmadan dalolat iqtisodimizni tiklash abituriyentlarga kese 2 ta asosiy fandan imtixon boladi shuni uyda otirib ozlashtiromidimi 3 ta otmda ozini sinab koriwgayam imkoniyat berildiku bizlar payitda dakument tooshirish imtixondek gapidi nega bugungi yoshlar yengilik berilgan sari dangasalik qilib norozi boluradi xamasi sekinlik bilan bovotiku.dkursdagi domlalar faqat yonalish beradi qolgan xamasi oquvchini oziga bogliq aqqili inson ozi kitoblardan qidirib izlanadi kimdur yetaklab yurmidiku bu gapilar bilan bizni yetaklab yuriwlis domlalarsiz oqi olmimiz degandek bolib qolmayaptimikan
Bir xaftadan azgincha koproq vaqt qoldi ozib ketolmidi agar dtm tomonidan x varyantlar sotilmasa bir xaftada xichnarsaga ulgurmidi agar 1 xafta oqib oqiwga kiwib ketish imkpni boganda yillab kursga qatnalmasdi manda muomo yoq muomo sizlarni miyelardaga oxwidi ozilarga ishonmaganilar uchun qorqvosila bizdan otib ketadi dib
Siz bu gapiz bilan qizil xududniyam ochsin yoki yashil xududni kurslarini yopsin dimoxchi bovos baxilikmasmi bu kimlardue farzandlarini oqitishga owa kursga berishgayam mablagi yetmidi indami yuriptiku nega sal oldin ishha tuwirilsa yonib ketasila niyatni toza qilish kere
Vayenilarni bollari grand asosida kiradi buyil sardobadagi yoshlar xam grant asosida tayorlanmasdan kiradi bunga munosabat bildirin bunda xaqonilikni sorash kere
Show next 54 comments