⚡️Олий таълимда янги ўқув йили масофавий тарзда бошланади

Сентябрь ойидан бошлаб юқори босқич (иккинчи босқичдан бошлаб) талабалари учун ўқиш онлайн тарзда бошланади. Бу ҳақда Республика Олий таълим кенгаши раиси Ўктам Умурзоқов маълум қилди, дея хабар бермоқда ЎзА (@uzauz) мухбири.

— Янги ўқув йилига тайёргарлик масаласи ҳам жуда мураккаб бўлиб турибди. Март ойидан буён биз онлайн тизимида дарсларни ўтказяпмиз, лекин хоҳлаймизми, хоҳламаймизми, онлайн тизими одатий, юзма-юз дарс ўтиш тизимининг ўрнини боса олмайди. Ҳозирча сентябрь ойидан бошлаб 2, 3 ва 4-курс талабаларига ўқишни онлайн тарзда бошлаймиз, октябрь ойида 1-курсларни ҳам қабул қилиб олганимиздан кейин пандемия сал юмшаса, унда балки анъанавий тизимга яна қайтармиз, - деди Ўктам Умурзоқов.


👉 @xushnudbek 👈

483 comments

Show 5 more comments
Med.institutlarda online bo'lmasa yaxshi edi. ☹
Yana sifatsiz talim ekanda
Maktabdagi o'quv yili tartibi qanaqa ?
Adham Mamajonov
Oktyabrdan boshlanzin hej bulmazaa
Ananviy tizimga qaytganimiz maqul online darslar shaxsan man un umuman qoniqarsiz
Onlayn ta'lim 0,00000000000........000000.......00000000....000001% ga teng
An'anaviy ta'lim tarafdoriman 🦾🦾🦾🦾
Juda yaxshi qaror qabul qilinibdi kiyinroq odatiy xolga tushub ketadi inshaalloh
Online o'zini oqlamaydi
Assalomu alaykum hammaga Xushnudbek aka kantrakt tushishi kerak emasmi hamma moliyaviy charchab qoldi.
Juda yomon bo‘lli l n o‘qishni juda sogindim
Jabborova Dildora🦋
online talim sifatsiz
2 kurslarni iloji boricha online qimasalar yaxshi bòlardi o'zi 6 oy òqidik
Online darsda 30%dan koproq fani 4 bolmagan grand talabalariga stipendiya berilarmikan
〔U〕﹝z﹞〔M〕﹝i﹞〔R〕
1-kurslar oktyabrgacha borishadimi institutilaga
Adham Mamajonov
Yana sofatsiz talim talim haviga kontarakt berish sifatsiz talim qoyile
Bintu Azamat
It is a great idea
30% fanini qoniqarli o‘zlashtirgan byudjet asosida o‘qiydigan talabalarga tegishli yangilik bormi?
Assalomu alaykum. Hammaga ilohim tezroq karantinlar tugab o‘qishni instda o‘qiylik online o‘qish. Bizga hech nima bernadi va bundan keyin ham bermasa kerak. Online o‘qish bu o‘zimizni o‘zimiz aldash degani. O‘zi aslida ko‘pchilikni savodi gullaganskiy bo‘lib turgan vaqtda biz yana online o‘qib nimaga erishamiz.
Show next 100 comments