⚡️Олий таълимда янги ўқув йили масофавий тарзда бошланади

Сентябрь ойидан бошлаб юқори босқич (иккинчи босқичдан бошлаб) талабалари учун ўқиш онлайн тарзда бошланади. Бу ҳақда Республика Олий таълим кенгаши раиси Ўктам Умурзоқов маълум қилди, дея хабар бермоқда ЎзА (@uzauz) мухбири.

— Янги ўқув йилига тайёргарлик масаласи ҳам жуда мураккаб бўлиб турибди. Март ойидан буён биз онлайн тизимида дарсларни ўтказяпмиз, лекин хоҳлаймизми, хоҳламаймизми, онлайн тизими одатий, юзма-юз дарс ўтиш тизимининг ўрнини боса олмайди. Ҳозирча сентябрь ойидан бошлаб 2, 3 ва 4-курс талабаларига ўқишни онлайн тарзда бошлаймиз, октябрь ойида 1-курсларни ҳам қабул қилиб олганимиздан кейин пандемия сал юмшаса, унда балки анъанавий тизимга яна қайтармиз, - деди Ўктам Умурзоқов.


👉 @xushnudbek 👈

483 comments

Show 77 more comments
Tòxtagul Xoji Ona
Online umuman bólmaydi sifati 0% hatto ayrim repititor ustozlar ham dars ótmayapti hozirgi karantinda
Mahmudova🕊️
Darslar online tarzda o'tilgan taqdirda ham iltimos qilib shuni sorardikki darsni yana osha axmoqona moodle tizimida olib borishmasin
Ш.С.Р.
Aytvorila qachon imtixon
_𝐵_𝒮_
Hurmatli guruh a’zolari!
6-11 sinfgacha bolgan adabiyot darsliklaridagi istalgan adibning hayoti va ijodining audiosi tashlab beriladi.📚🎧👩‍💻a
Buning uchun faqat guruhga murojaat qilsangiz boldi.
https://t.me/joinchat/Nwk-6RRzfZwlATnc_msqhw
... ...
Assalomu aleykum va rohmatullohi va barakatuhu. Online ta‘limga biz tayyor emasmiz moddiy texnik baza va Internet sifai juda yomon online ta‘lim faqat PPT tarzida bo‘lmoqda.
Зилолахон Irkinovna
Nimaga kontrakt puli haqida jim-jit
Oʻzgarmaydi deyildi lekin baribir oshgan. Aslida online ta'lim boʻlsa narx pasayishi kerak fikrimcha
Pixel
@xushnudbek Магистратурага янги кабул килинган 1 курслари хам онлайн окийдиларми ???
〔U〕﹝z﹞〔M〕﹝i﹞〔R〕
Mr.Jackson
1- kurslar oktabrdan oqishni boshledimi endi shuna qilib
Yooo 1-kurslari joylashtirib oktyabrdan onlayin qilamiz deyishyabdi
Assalomu aleykum. Magistraturaga online o‘qish qilmaslik kerak.
Umuman olganda oʻzlawtira olmadim koʻp fanlani
Eng tó g'ri qaror bólibdi malades.
Óqishga borish kelish, xarajatlari qisqaradi.
Mazza qilib "Xaqiqiy ózbek talabasi" Kabi mardikorlik qilib kantraktni tólab oilamizga yordam beramiz.
Ishqilib 4-kursni onlayn yakunlash nasib qilsin
23-avgustda imtixonni qachon bôlishino aniq javobni aytishadi deyaptiku
Onlayn dars bu dars emas tezroq unversitetda o'qishni davom ettiraylik ilohim
Xolidaxon Qaynarova
Tibbiyot institutlarida online òqish bemanilik. Kasallarga masofadan turib diagnoz qilib masofadan davolaymizmi
Yana osha sifatsiz talim ertaga qanaqa mutaxasis bolamiz
Show next 100 comments