⚡️Олий таълимда янги ўқув йили масофавий тарзда бошланади

Сентябрь ойидан бошлаб юқори босқич (иккинчи босқичдан бошлаб) талабалари учун ўқиш онлайн тарзда бошланади. Бу ҳақда Республика Олий таълим кенгаши раиси Ўктам Умурзоқов маълум қилди, дея хабар бермоқда ЎзА (@uzauz) мухбири.

— Янги ўқув йилига тайёргарлик масаласи ҳам жуда мураккаб бўлиб турибди. Март ойидан буён биз онлайн тизимида дарсларни ўтказяпмиз, лекин хоҳлаймизми, хоҳламаймизми, онлайн тизими одатий, юзма-юз дарс ўтиш тизимининг ўрнини боса олмайди. Ҳозирча сентябрь ойидан бошлаб 2, 3 ва 4-курс талабаларига ўқишни онлайн тарзда бошлаймиз, октябрь ойида 1-курсларни ҳам қабул қилиб олганимиздан кейин пандемия сал юмшаса, унда балки анъанавий тизимга яна қайтармиз, - деди Ўктам Умурзоқов.


👉 @xushnudbek 👈

483 comments

Show 100 more comments
Mana deme 2 3 4 kurslar online dedi 1 lardi qabuldan kn dedi deme sentabrdayam bolmedi imtihon nma dislar wunga
Tibbiyot institutida o'qiydigan talabalar yashash hududidagi kasalxonalarda amaliyot qilsa bo'lmaydimi, karantin tugaguncha ..malakasi oshardi
2023
Assalomu alaykum Xushnudbek! O'qishni boshqa OTM ga ko'chirganda ta'lim 2 kursdan davom etadimi? Iltimos javobingiz men uchun muhim
Hozrda men ham perevodga hujat topshirdim
Sentabrda nechanchi kurs bólsangz shu kursda davom etasz. Men 1 ni tugatdm nasb bôlsa 2 chi kursdan ózm istagan yônalshda davom etaman . 30 avgustgacga arizalar tekshirilar ekan kecha 5 avgust ohirgi sanasi edi perevodga hujjat topshirishni .
Assalomu alaykum,online ta'limni umuman deyarli foydasi yoq. Talabalar hech qanday bilim,kónikma olisholmayapdi. Pandemiya yumshashi bilanoq darslar odatiy tarzda ótilsa yaxshi bólar edi.
Nur Jigit
Online o'zini oqlamaydi
Wu gapizga qõwilaman. Hech kimga sir emas martdan bowlab tawkillawtirilgan online darslarda talabalarni 50-60%qatnawsa qatnawdi ammo fanlar yuzasidan tuwunmay qolgan mavzularimiz juda kõp.
1kurslar oktabrgacha kutadimi uqish boshlanishini
Sh Hamidov
Hudohohlasa 2 semester dan Oflayin oqimiz insholloh
Soliyeva Xusnida @ : -)
О.К
Offlayn oqlaganmidi
😂😂😂😂
Qani endi oktabrdan o‘qishga qaytsak. Zo‘r bo‘lardi. Online darslarda umuman hech narsa o‘rgonolmadik. Bizni ba‘zi kursdoshlarimiz internet yo‘qligidan nima fan o‘tganini ham bilmay 2- semestrni tugatvorishdi. Uyda online dars qilishni imkoni ham, vaqtimiz ham bo‘lmadi. Ertaga o‘zimiz chala dumbul bo‘lib, qanday bollarga dars beramiz? Hozirgi zamon talabida yaxshi bilimli kadr bo‘lmasangiz o‘qiganni foydasi yo‘q. Diplomni quchoqlab o‘tiraverasiz. Baribir online darslar o‘zini oqlamaydida. Nima bo‘lganda ham Ilohim shu kasalliklar tezroq ketsinda biz ham odatiy hayot tarzimizga, odatiy o‘qishimizga qaytaylik.
Show next 100 comments