⚡️Олий таълимда янги ўқув йили масофавий тарзда бошланади

Сентябрь ойидан бошлаб юқори босқич (иккинчи босқичдан бошлаб) талабалари учун ўқиш онлайн тарзда бошланади. Бу ҳақда Республика Олий таълим кенгаши раиси Ўктам Умурзоқов маълум қилди, дея хабар бермоқда ЎзА (@uzauz) мухбири.

— Янги ўқув йилига тайёргарлик масаласи ҳам жуда мураккаб бўлиб турибди. Март ойидан буён биз онлайн тизимида дарсларни ўтказяпмиз, лекин хоҳлаймизми, хоҳламаймизми, онлайн тизими одатий, юзма-юз дарс ўтиш тизимининг ўрнини боса олмайди. Ҳозирча сентябрь ойидан бошлаб 2, 3 ва 4-курс талабаларига ўқишни онлайн тарзда бошлаймиз, октябрь ойида 1-курсларни ҳам қабул қилиб олганимиздан кейин пандемия сал юмшаса, унда балки анъанавий тизимга яна қайтармиз, - деди Ўктам Умурзоқов.


👉 @xushnudbek 👈

483 comments

Show 100 more comments
Agar onlayn dars boladigon bosa avvalo internetni yaxshilash kerak biz tamonda vapshe pas internet
X.S.SH
Шохрух Азимович
Енди хамма ози учун боб колди
Shunday òz ustida ishlaydiganlar ishlayapti. Ishlamaganlar ishlamayapti. Nima bòlganda ham yaxshi yaxshi òzgarishlarni kutib qolamiz.
Яхши бубти шу бохона онлайн булиш керак бундан кейин хам
Neki bõlsa yaxshilikkayuuu lekin risoladagiday talim olmayotganmz ucun kantrakt masalasinyam kôrib ciqb saaal yengillik qip berishsa bõlardi
Медитсинада ўқимиз биз эртадан кейин касаллиям онлине даволимизми?))))
Baxtiyor
Masofaviy ta'lim bu ko'z bo'yamachilik. Talabalarning ko'pchiligi kantrakt (10-15 mln so'm) to'lab o'qiydi. Shuncha pulni to'lab qo'yib yana o'zi mustaqil o'rganadigan ahmoq talabalar bizda bo'lsa kerak menimcha. Axir bu pulni talaba o'qituvchi unga bilim berishi, u bn shug'ullanishi uchun to'laydi.
Xushnudbek Xudoyberganovga murojat qilmoqchiman: Klinik ordinatura degan ham bakalavrdan keyingi ta'lim bor tibbiyot yo'nalishida! Ammo biz klinik ordinatrlar klinika sharoitida ish o'rganishimiz kerak magistraturadan farqli bizda dars soatlari boshqacha,asosan ish bo'ladi,1 stavka ish ham yoziladi,ammo karantin boshlangandan beri biz uydamiz,tabiiyki ish o'rganaolmadik sohamiz bo'yicha..... Ammo kontrakt to'lovini bir yillik qilib to'laganmiz(aslida 6 oy o'qigan bo'lsak ham) bizning muommoga ham kimdir e'tibor berarmikin!!!! Iltimos qilaman Klinik ordinaturada ham yangilik bo'lsa aytishsin.
🌸Gulira'no🌸
onlayn talim umuman bulmaydi
Online taʼlimdan umuman foyda yoʻq shuncha payt vaqtimiz bekor ketdi endi universitetlarda doimiy oʻqish boshlangani yaxshi karantin qoidalariga amal qilgan holatda chunki hali beri kasallik butunlay yoʻqolmaydi hamda koʻpchilik yengil shaklda oʻtkazib yuboryapti an'anaviy ta'lim yaxshi har tomonlama internetni yaxshilashga harakat qilinsa ham koʻp chekka joylarda online oʻqishni iloji yoʻq oʻzim guvohi boʻldim bir marta ham moodlega kirolmagan talabalar qancha
Масофавий таьлимда билим савияси тушиб кетябти бу туришда қанақа мутахасисла чиқади блмадим
X.S.SH
Ha
Ha bizam shu endi amaliyotga chiqayotgandik endi nima buladi. Bu turishda uqituvchi bulib qolamizku
Тезрок кайтели укишга 🙏😪
Show next 100 comments