⚡️Олий таълимда янги ўқув йили масофавий тарзда бошланади

Сентябрь ойидан бошлаб юқори босқич (иккинчи босқичдан бошлаб) талабалари учун ўқиш онлайн тарзда бошланади. Бу ҳақда Республика Олий таълим кенгаши раиси Ўктам Умурзоқов маълум қилди, дея хабар бермоқда ЎзА (@uzauz) мухбири.

— Янги ўқув йилига тайёргарлик масаласи ҳам жуда мураккаб бўлиб турибди. Март ойидан буён биз онлайн тизимида дарсларни ўтказяпмиз, лекин хоҳлаймизми, хоҳламаймизми, онлайн тизими одатий, юзма-юз дарс ўтиш тизимининг ўрнини боса олмайди. Ҳозирча сентябрь ойидан бошлаб 2, 3 ва 4-курс талабаларига ўқишни онлайн тарзда бошлаймиз, октябрь ойида 1-курсларни ҳам қабул қилиб олганимиздан кейин пандемия сал юмшаса, унда балки анъанавий тизимга яна қайтармиз, - деди Ўктам Умурзоқов.


👉 @xushnudbek 👈

483 comments

Show 100 more comments
Бекзоджон Хакимов
Kredit-modul tizimiga o'tishdan oldin pedagoglarni shu narsa bo'yicha o'qitish, o'rgatish kerak. Online dars o'tib ko'rdik ko'pchilik ustozlarimiz bunga tayyor emasligi yaqqol sezilib qoldi. OTM larning ko'pchiligi bunga tayyor emas. Rivojlangan davlatlardan andoza olyapmiz deydi tepadagilar. Andoza olayotgan talim dargohlaringizga 20 yoki 30 yil bo'lmagan. 200-100 yillik tajribaga ega. Narvonni tepasiga darrov sakrab chiqib bo'lmaydi. Online dars o'tarkanmiz internet uchun sarflayotgan pullarimizni hisobga olib kontraktni narxini pasaytirishsa bo'larmidi ?
Alimqulova Dilobar 207
Sharofiddin Ro‘ziyev
Ha albatta o‘qish online bo‘lgandan so‘ng "bemorni ham online davolaymiz, operatsiyalar ham online bo‘ladi".
Wu oʻqiwi biturginilacha onlayn boʻladi dars diyiwvotgani yoʻqku ozgina vaqt kere uning uchun keyin silani oʻqiwi ochsa kimdandir kasal yuqsa wu amaliy dars silani qutqarib qomidi hozir waharda aholi orasida judayam koʻp koʻpayib ketgan wuni bila turib yana amaliyot disz
Zo‘rku bemalol pravaga hujjat topshirsam bo‘larkan
Masofaviy ta‘lim bahona hamma joyda internet zo‘r ishlaydigan qilinsa bolardi
Masofaviy ta‘lim__ yaxshi niyat qilish kerak. O‘zini oqlamaydi deyaveraslar))
Hech bir ish boshida a‘lo bo‘lmaydi, biror nimani o‘rganayotgan bo‘lsangiz misol uchun ovqat qilishni birinchi urinishda yaxshi chiqmasligi mumkin, bu tabiiy, lekin keyin profissonal darajaga yetishish mumkin. Qo‘ldan kelmaydi deb o‘tiraverish...
axir qachondir boshlash kerakku)
Eldor Baykabelov
Salom xammaga bu yil kantrak ni 35 foyizga tushirish kerak chunkim odamalar bu ketishida uqishni tashlab qochishadi
Асаломалекум Хушнудбек ака мени бунга фикрим хозрги вазиятни хсобга оладигон болсак онлайн талим олганимиз макулрок албатта хаммаси из изига тушвогинчор агарда укиш очиладигон болсак касалликка янги замин тогрироги занжир боберамиз вирус бизда енгил утиши мумкун лекин копчилини уйида кариялар колаверса Ота Оналаримиз бор улар бу дардни котаролме колишлари аник тогри Онлайн талим бизга кийинчилик тугдирятган болиши мумкун лекин биир оз сабр килсак хаммаси аввалги холатига кайтишига ишончим комил
Камчилила боган боса узур
Ака ишларизга омад чарчаманг!
Alimqulova Dilobar 207
Шохзод.
Domlalarga internet ishlamayapti deb, pubg òynidi endi talabalar🤣
Iwoniwmasa kere domlar uydasila nma qivosla oʻqila iwlatila netilani yoki antena bor joyga chiqila disa kere😁😁😁
АссаломуалайкумХушнудбек ака.Кўп вақтдан бери сизнинг каналингиз аъзосиман, каналга бериб борилаётган постни ўқиб кузатиб бораман, ман ҳам талабаман онлайн дарсларга жудаям қийналдик, ўқиш бўлса жудаям яхши бўларди, юзма юз дарс барибир ҳам яхши,домлаларни лекцияларини эшитсак бирон нима ололамиз,нетдан олиб бўлмади,.Ўйлайманки,ҳар қандай муаммоларни ечимини топганиздек,биз талабаларни ҳам масаласини биз томонга ҳал қилиб берасиз деган умиддамиз...ТАЛАБАЛАР ОЛҒА!
Ilxom
Odamni öziga boğliq ta'lim olish. Darsda ötirub ham yaxshi öqimaydiganlar bor
3-kursni ham uyda o'tqazar ekanmizda endii . Jonga tegdi shu virus ham boruuuu
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Mart oyining 2-yarmidan boshlangan uy sharoitidagi o'qishish tizimi menimcha ko'pchilikka bir qator qiyinchiliklar olib keldi, jumladan menga ham. Sababi o'zim yashab turgan joyda internet muammosi bor. Ustozlarimiz tomonidan berilgan topshiriqlarga telegram tarmog'i orqali javob qaytardik, video roliklar so'ralganda biror marta ham jo'nata olmadim. Ba'zi bir kursdoshlarim esa o'z uylaridan bir nech kilometr uzoqlikda ya'ni internet ishlaydigan yerlarga borib bir ilojini topishdi ham. Muhit bizga emas, biz muhitga moslashar ekanmiz, demak: qishloq joylarda (internetga muammo yerlarda) vaziyatni yaxshilash uchun ham chora tadbirlar qilinishini hoxlar edim. Shu mavzuda ham ozgina maqola yoki chiqishlaringizda so'z olib borsangiz juda hursand bo'laman. Oldindan katta rahmat!
Lekin bu narsa xato biz pedagogik bilimni va mahoratni moodul yoki zoomda o‘rgana olmaymiz.
Show next 83 comments