⚡️Олий таълимда янги ўқув йили масофавий тарзда бошланади

Сентябрь ойидан бошлаб юқори босқич (иккинчи босқичдан бошлаб) талабалари учун ўқиш онлайн тарзда бошланади. Бу ҳақда Республика Олий таълим кенгаши раиси Ўктам Умурзоқов маълум қилди, дея хабар бермоқда ЎзА (@uzauz) мухбири.

— Янги ўқув йилига тайёргарлик масаласи ҳам жуда мураккаб бўлиб турибди. Март ойидан буён биз онлайн тизимида дарсларни ўтказяпмиз, лекин хоҳлаймизми, хоҳламаймизми, онлайн тизими одатий, юзма-юз дарс ўтиш тизимининг ўрнини боса олмайди. Ҳозирча сентябрь ойидан бошлаб 2, 3 ва 4-курс талабаларига ўқишни онлайн тарзда бошлаймиз, октябрь ойида 1-курсларни ҳам қабул қилиб олганимиздан кейин пандемия сал юмшаса, унда балки анъанавий тизимга яна қайтармиз, - деди Ўктам Умурзоқов.


👉 @xushnudbek 👈

483 comments

Show 100 more comments
3-kursni ham uyda o'tqazar ekanmizda endii . Jonga tegdi shu virus ham boruuuu
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Mart oyining 2-yarmidan boshlangan uy sharoitidagi o'qishish tizimi menimcha ko'pchilikka bir qator qiyinchiliklar olib keldi, jumladan menga ham. Sababi o'zim yashab turgan joyda internet muammosi bor. Ustozlarimiz tomonidan berilgan topshiriqlarga telegram tarmog'i orqali javob qaytardik, video roliklar so'ralganda biror marta ham jo'nata olmadim. Ba'zi bir kursdoshlarim esa o'z uylaridan bir nech kilometr uzoqlikda ya'ni internet ishlaydigan yerlarga borib bir ilojini topishdi ham. Muhit bizga emas, biz muhitga moslashar ekanmiz, demak: qishloq joylarda (internetga muammo yerlarda) vaziyatni yaxshilash uchun ham chora tadbirlar qilinishini hoxlar edim. Shu mavzuda ham ozgina maqola yoki chiqishlaringizda so'z olib borsangiz juda hursand bo'laman. Oldindan katta rahmat!
Lekin bu narsa xato biz pedagogik bilimni va mahoratni moodul yoki zoomda o‘rgana olmaymiz.
ILIM FAN TANAZULLGA YUZ TUTMOQDA!!!!!!!!!!!!!!!! RIVOJLANISH ANCHAGINA ORQAGA SURILADI ENDI AFSUS!!!!!!
An‘anaviy boshlayverish kerak. Barbir bu virus hammamizda o‘tadi.
👨🏻‍⚕️🤦🏻‍♂️
Assalomu alaykum hammaga fikrim keyingi postga (uza.uz) demak Uzmobile dan biz talabalar uchun yangi qulayliklarga ega tariflarni kutib qolamiz
Elbek Sagdullayev
Ta'lim tizimimiz jar yoqasida.Kelajak yoshlar qolida,Yoshlar uyda yoki kontrakt to'lash uchun mardirkorlikda...
Кайси университет укитувчиси онлайн уткан дарсига виждонан яхши уттим дийолиди? Биттасига бусаям миясига бирнима ургатолдим диб этолидикина
Boboqulov Shohrux
Birinchi kurslarni uqitib qolganlarni oktiyabrda uqishga chaqirishimiz mumkin 4 kurslar dekabr oyida sesiya yopishadiku bu nima degan gap hammaga ochish kk yoki hech bulmasa talabalar faqatgina maruza darslariga qatnashish kk shunda hammani sugdirsa bular seminar amalyot tajribalarni vazifa qilsa ham
Assalomu alaykum Xushnudbek aka yaxshimisiz men abituriyentman shu yil maktabni bitirdim ammo bundan ikki oy oldin hamma repetitorlar ishini to‘xtatdi natijada hamma abituriyentlar tayyorlana olmay qoldi. Oldingi yillari bitirganlar hich bo‘lmaganda bir yil tayyorlanishdi .
Shunga sizdan bir yordam so‘ramoqchi edim superkontrakt miqdorini 4 yilga bo‘lib to‘lash mavzusini ko‘tarsangiz axir davlat baribir shu pulni oladiku mayli agar sal qimmatroq bo‘lsa ham. Sizni yordamingiz bilan o‘tgan yili ancha abituriyentlarga oson bo‘lgan edi
Hich bo‘lmasa shu yil bitirganlarga shu imkoniyatni berishsin
Hich bo‘lmasa sirtqi yo‘nalishdagilarga berishsin
Iltimos Xushnudbek aka ushbu masalani bir ko‘taring aniq bilamanki bu ko‘pchilikni qiynayotgan masala
Oldindan katta rahmat Allohim ishlarizga rivoj bersin martabangiz baland bo‘lsin
Assalomu alaykum hammaga . Darslarni onlain qilib òtaversa ham yaxshi bòladi menimcha hammaga soģliq birinchi òrinda deb òylayman. Qolgan narsalar keyingi òrinda
wuncha karantin qilip ham eplolmawdi qoyil 👏👏. uzi 4-5 oqigan chiqardi instdan endi owayam yo. bosingiz!
Show next 68 comments