⚡️Олий таълимда янги ўқув йили масофавий тарзда бошланади

Сентябрь ойидан бошлаб юқори босқич (иккинчи босқичдан бошлаб) талабалари учун ўқиш онлайн тарзда бошланади. Бу ҳақда Республика Олий таълим кенгаши раиси Ўктам Умурзоқов маълум қилди, дея хабар бермоқда ЎзА (@uzauz) мухбири.

— Янги ўқув йилига тайёргарлик масаласи ҳам жуда мураккаб бўлиб турибди. Март ойидан буён биз онлайн тизимида дарсларни ўтказяпмиз, лекин хоҳлаймизми, хоҳламаймизми, онлайн тизими одатий, юзма-юз дарс ўтиш тизимининг ўрнини боса олмайди. Ҳозирча сентябрь ойидан бошлаб 2, 3 ва 4-курс талабаларига ўқишни онлайн тарзда бошлаймиз, октябрь ойида 1-курсларни ҳам қабул қилиб олганимиздан кейин пандемия сал юмшаса, унда балки анъанавий тизимга яна қайтармиз, - деди Ўктам Умурзоқов.


👉 @xushnudbek 👈

483 comments

Show 100 more comments
Boboqulov Shohrux
Birinchi kurslarni uqitib qolganlarni oktiyabrda uqishga chaqirishimiz mumkin 4 kurslar dekabr oyida sesiya yopishadiku bu nima degan gap hammaga ochish kk yoki hech bulmasa talabalar faqatgina maruza darslariga qatnashish kk shunda hammani sugdirsa bular seminar amalyot tajribalarni vazifa qilsa ham
Assalomu alaykum Xushnudbek aka yaxshimisiz men abituriyentman shu yil maktabni bitirdim ammo bundan ikki oy oldin hamma repetitorlar ishini to‘xtatdi natijada hamma abituriyentlar tayyorlana olmay qoldi. Oldingi yillari bitirganlar hich bo‘lmaganda bir yil tayyorlanishdi .
Shunga sizdan bir yordam so‘ramoqchi edim superkontrakt miqdorini 4 yilga bo‘lib to‘lash mavzusini ko‘tarsangiz axir davlat baribir shu pulni oladiku mayli agar sal qimmatroq bo‘lsa ham. Sizni yordamingiz bilan o‘tgan yili ancha abituriyentlarga oson bo‘lgan edi
Hich bo‘lmasa shu yil bitirganlarga shu imkoniyatni berishsin
Hich bo‘lmasa sirtqi yo‘nalishdagilarga berishsin
Iltimos Xushnudbek aka ushbu masalani bir ko‘taring aniq bilamanki bu ko‘pchilikni qiynayotgan masala
Oldindan katta rahmat Allohim ishlarizga rivoj bersin martabangiz baland bo‘lsin
Assalomu alaykum hammaga . Darslarni onlain qilib òtaversa ham yaxshi bòladi menimcha hammaga soģliq birinchi òrinda deb òylayman. Qolgan narsalar keyingi òrinda
wuncha karantin qilip ham eplolmawdi qoyil 👏👏. uzi 4-5 oqigan chiqardi instdan endi owayam yo. bosingiz!
omin 🤲 an’anaviy tizimga o’taylikey o’qishni sog’indi talabalar
Nodirbek Egamberganov
Вазиятга пессимистик (эхтимол, реалистик) ёндашиб прогноз килиб курсак, анъанавий дарслар бошланиши декабрдан ёки биратула февральдан кутиляпти
Unknown Girl
Birinchi semestr online tugatiladi baribir
Suğdiyona
An'anaviy õqish shakli boshlanishi õzimizga boğliq. Deyarli hech kim karantinga amal qilayotgani yõq. Shifokorlarni aytganini qilishmayapti. Onlayn õqish unaqa bunaqa degandan kõra avval ôzimizni ehtiyot qilaylik shunda tezroq karantin tugab ôqishga chiqamiz.
Onlayn o‘qish o‘zini oqlamasligini qachon tushunishadi. Maktab ham insitiutlar ham oqlamaydi. Iloji boricha qaytishimiz kerak. Bolalar ham talabalar ham ko‘chirmachilikdan boshqasini bilishmaydi
Таьлим сифати нол булади
__Asror
Assalomu alaykum hammaga . Darslarni onlain qilib òtaversa ham yaxshi bòladi menimcha hammaga soģliq birinchi òrinda deb òylayman. Qolgan narsalar keyingi òrinda
Уйда 6 ойдан бери утириб хам касал булаяпта одамлар. Сиз аник хабариз борми халк ичидаги ахволдан? Статистикага ишонманг, точнее у ерда ярим процент курсатилмокда. Бу касал пока все не переболеют, пока по 2-3 раза сезонно вакцинация утказмаса тугамайди. Онлайн укиш не выход
Яна кейин айблашсин сифатсиз кадрлар деб. Онлайн укиш это не выход. Хотя-бы медвуз студентларини укишини тиклаш керак эди.
Show next 55 comments