«Супер контракт» ҳақида айрим маълумотлар

Яқин кунларда табақалаштирилган (супер) контракт нархлари тасдиқланиши кутилмоқда. Шунга кўра, ушбу масалага оид айрим маълумотлар билан ўртоқлашмоқчиман:

❓ Супер-контракда ўқиш учун неча балл олиш керак?

Фарқи йўқ. Тестга кирган бўлса, кифоя. 1 балл олган бўлса ҳам, қўшимча контрактда ўқиши мумкин. Фақат нархи балига қараб фарқ қилади.

❓Супер-контракда ўқишни хоҳлаганлар қачонгача ариза бериши керак?

Ўқишга кира олмаган абитуриентлар супер-контрактда ўқиш учун 1 октябрга қадар ариза бериши керак. Ким биринчи ариза берса, ўша биринчи қабул қилинади, деган қоида йўқ. Талабгорлар тўпланган баллга қараб тартибга солинади, яъни аввал юқори балл тўплаганларга имкон берилади.

❓Ариза қаерга берилади?

Супер-контрактда ўқиш истагида бўлганлар ОТМ ректори номига ариза беради.

❓Бешта йўналишдан қайси бирида ўқиш мумкин?

Ўтган йили бирорта йўналишга ўқишга кира олмаган абитуриентга 5 та йўналишнинг исталган бирида супер-контрактда ўқишга рухсат берилганди. Жорий йилда ҳам шундай бўлса керак.

❓Ўқишга кирганлар бошқа йўналишга супер-контрактни танлай оладими?

Масалан, биринчи ва иккинчи йўналишга бали етмади, лекин учинчи йўналишга ўқишга кирди. Абитуриент учинчи йўналишда ўқишни истамай, биринчи ёки иккинчи йўналишда супер-контрактда ўқий оладими?

Аслида ўқий олмайди. Агар абитуриент бешта йўналишдан қайсидир бирига хоҳ грант, хоҳ контрактга кирган бўлса, унда бошқа йўналишларда супер-контракт қилолмайди. Аммо ўтган йили истисно тарзида 2-5-йўналишлардан исталган бирига кирган бўлса, фақат биринчи йўналишни танлашга рухсат берилди. Жорий йилда ҳам шунақа бўладими ёки йўқ, бу ҳозирча аниқ эмас. Давлат қабул комиссияси қарорини кутиш керак.

Лекин ҳар қанақасига ҳам ўқишга кирган абитуриент 2, 3 ёки 4-йўналишда ўқий олмайди. Масалан, бешинчи йўналишга ўқишга кирган абитуриент иккинчи, учинчи ёки тўртинчи йўналишда супер-контрактда ўқий олмайди. Юқорида айтганимдек, биринчи йўналишда ўқий олиш масаласи энди ҳал қилинади, ҳозирча аниқмас.


👉 @xushnudbek 👈

414 comments

Show 100 more comments
Hind kinosi koraverib bizda ham kech yetib keladiga bo'lib qoldan hamma qarorlar qachon tugarkan a bu noaniqliklar O'zini ham kimligini bilmaydigan rahbatlar ham ko'payib ketgan
Super puli qachon chiqar ekan aytboriyla aniqini bilmasangiz ham taxminan aytinglar
1.05 ball yetmagan necha barobar to'layman shu haqda ma'lumot bering
Нигина
Nodavlat, xorijiy otm lardanam perevod haqidayam post quyingla nechi kunladan beri sudraydi bazi otmlar aloqa xatini bermasdan.uzi 13 -sentyabrdan berilishi kerak ediku
46...T/S. 50 💥Rahmatova Yulduz💥
Assalom 16bal yetmagan mehnat kompyuter tehnalogiya va injeneriya tolshirganman tahminan qancha buladi kim biladi
Gulshoda👩‍🎓
Men Samarqand chet tillari institutiga qildm undey bolmadida. O'zlari platforma tashlashdi. Endi kontrak.uz degan saytdan ham topshirishimni aytishyapti hoz. Ikkovi dan ham.
Man yuridiskiga o'zlarini saytiga topshirdimde,biza topshirganimizada hali umumiy sayt ishga tushmagandi,qogan instlani bilmadim,bizaga shu saytga kirib ariza olila diyishdi,o'zlari ariza yozib berishdi tayyor, faqat paaport raqamizi kirgizseyz bo'ldi
Ruqiya
46...T/S. 50 💥Rahmatova Yulduz💥
Assalom 16bal yetmagan mehnat kompyuter tehnalogiya va injeneriya tolshirganman tahminan qancha buladi kim biladi
Stipendiyaauz Kontragiga qarang qancha masalan maniki 6214610 som shuni 8 ga kopaytrdm 49 mln chiqdi siziki nechi baravar bosa shunga kopaytras
Assalomu aleykum iltimos mengayam maslahat bering Men 170.10 ball bn fargona filologiya tillarni oqitishga kontrak asosida qabul qilindim 2 yonalishim andijonda gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yonalishiga grant asosida qabul qilindim lekin ustivorligini tanlashda xatolikka yol qoygan ekanman albatta meni xatoyim lekin iltimos maslahat bering meni Ota onam qarshi bu yonalishimga keyingi yilga kontrak bolib otsa ham pervot qilib olaman deyapman iloji bormi?kopchilik super kontrak bolib otadi deyishyapti lekin meni super kontrak tolashga sharoyitim yoq.nima qilsam boladi
Assalomu alaykum. Avvalo boshqa mavzuda yozayotganim uchun uzr soʻrayman.
Magistraturaga topshirgandim. Talaba boʻla olmadim. Lekin mutaxassislikdan 56 balldan yuqori olganim uchun qoʻshimcha "kvota" dan umid qilib turibman.
Qoʻshimcha magistrant olishni har bir OTM oʻzi belgilaydi. Lekin shu narsani paysalga solib orqaga surib yurishibdi. 15-sentabrdan keyin kelib ariza yozing dedi. 15 da borsam 20 da keling deyishdi. 20 da ham bordim, shanba kuni keling deb aytishdi bu safar ham. Nahotki shu narsaga shuncha vaqt ketkazishsa? Shu masala boʻyicha aniq bir tizim yoʻqmi?
Maktabda dars oʻtaman. Ataylab kamroq dars olgandim, magistraturaga kiraman deb. Xozir ham yiqilganlarni roʻyxatini boshida turganim uchun dars olmay turibman.
Eshitishim boʻyicha oʻtgan yili qoʻshimcha magistrlarni olish boʻyicha ayrim OTM larda bu masala dekabrda hal boʻlgan ekan. Bu degani qoʻshimcha oʻrin bilan kirgan magistrlar yarim oʻquv yili ortda qolib ketdi degani. Oʻqish sifati nima boʻladi unda?
Xushnudbek aka, shu masalaga ham e'tiboringizni qaratishingizni iltimos qilardim.
5 ta yonalishdan qaysi birida oqish mumkun. Tezroq aniq qilish kerak. Men Samgasiga (2yonalishim) topshirmoqchi edim lekin ular arizamni olishmadi. Endi men nima qilama. Kimga murojat qilama. Tanlov ustuvorligi superda ham bormi?
Show next 100 comments