Тушунмаган жойларим:

➖ талаба ижара пулининг бир қисмни олиш учун ҳар ой қайтадан ариза бериши керакми?

➖ шу ариза бериш тизимини электронлаштириш имкони йўқми? Шунча қоғозбозлик нимага керак? Ёки келгусида электрон бўладими?

➖бу тартиб нега фақат кундузгилар учун? Бу сиртқи ва кечки таълимдагиларнинг айрим ҳуқуқлардан мосуво қилиниши бўйича биринчи ҳолати эмас. Масалан:

1️⃣ вакцина олса контрактга 10% чегирма бериш тартиби ҳам фақат кундузги таълимдагилар учун. Ушбу чегирмадан сиртқи ва кечки таълим фойдалана олмайди;

2️⃣ таълим кредити ҳам фақат кундузги таълимга берилади, сиртқи ва кечкига берилмайди;

3️⃣ контракт тўловини оширмаслик ҳам фақат кундузги таълим учун амал қилди, сиртқи ва кечкининг контрактлари анча қимматлади.

Сиртқи ва кечки таълимдагиларда биргина савол туғилаётган бўлса керак: “нима биз етиммизми?”

Ўзи шу ижара тўлови масаласида бир овозли чат қилсак бўларкан.


👉 @xushnudbek 👈

595 comments

Show 50 more comments
Super kantraktga tashlagan arizalarimizini,qachon javobini bilamiz,Unversitet ga borib hal qilganimiz yaxshimi edi
300 $ га ижарада яшаётган талаба 270 минг сўмни ҳам тўлай олади. Бундай имтиёз учун шунча ҳаракат қилиб юрмайди! 🤦‍♂️
Ovozli chat qilaylik
Fotima
Super kontrakt qachon kutuvorb charchadigu😭
Maxa
Ассалом алейкум шу Билан супер контракт масаласи епик колдими дейман
Salom manimcha bu masalaga shoshilmaslik kk baribr doimgidek 10-oktabrdan kn chiqadi chunki hozr hamma talabalikka tavsiya etilganlar bilan ishlayaptida
AZAMAT
Turar joy boʻyicha ovozli chat oʻtkazing
Raxmonqulov Temurbek
Magistraturaga qo'shimcha qachon chiqarkan
Norqobilov
Àssalomu alaykum. Nega texnikumlar kontrakti yoki turar joy masalalari ko'rilmaydi. Ular ham kontrakt to'laydi
Assalomu alaykum Xushnud aka ko'nikib qoldi xamma, ular shimni cho'ntagi kattasidan kiyishadi.
Toppa togri menam keckida oqiuman ijarada turaman iwlawga esa ruhsar yoq nma ekan 4kursda yoki oqiwni bitirgandan kn iwga qabul qlarkanmiw bu nma degani kantraktimiz 8yarim mln bolib ketdi uji bizam ozbekiston fuqarosimiz bizam wu yurtda yawab oqiwga kirdim kecki bolsayam talabamiz nmaga bunnohaqlik bolyapti
Kunduzgi ta'limdagilar asosiy vaqtini sarflamaydimi,o‘qish vaqtiga? Sal o‘ylab fikrlaylar. Sirtqi ta'limni nima uchun tanlashadi? Demak plyusi bor. O‘sha plyus kunduzgida yo‘q.
Gulasal Xayrulloyeva
Magistrlarga ham ijaraga yordam qilarmikin. Oilasi bn ijarada yashasa.
Assalomu Alaykum nima uchun kechki va sirtqi talim yônalishlarda
ayrim imtiyozlar yöq
Бахром Абдусаломов
сиртикида буджет хам йук.а
Ular ancha vaqtlarini bo'sh holatda bo'ladi, ishi, biznesi bor, shunchaki diplom kerak bo'lganlar o'qiydi sirtqida
Shu masalani olib chiqib tug'ri ish qilibsiz, shu savollarga javob olinsa yaxshi ish bulardi
Masharibov Azamat
salom Hech boʻlmaganda ishlashga ruhsat berish kerak
Assalomu alaykum
Manda bitta taklif bor
Shuncha ovoragarchilikdan ko'ra, kvartirada turayotgan talabalarni stipendiyasini ko'paytirsa bo'lmaydimi
Gap yuq juda tug'ri mavzuni kutaribsiz 👍
Show next 100 comments