Тушунмаган жойларим:

➖ талаба ижара пулининг бир қисмни олиш учун ҳар ой қайтадан ариза бериши керакми?

➖ шу ариза бериш тизимини электронлаштириш имкони йўқми? Шунча қоғозбозлик нимага керак? Ёки келгусида электрон бўладими?

➖бу тартиб нега фақат кундузгилар учун? Бу сиртқи ва кечки таълимдагиларнинг айрим ҳуқуқлардан мосуво қилиниши бўйича биринчи ҳолати эмас. Масалан:

1️⃣ вакцина олса контрактга 10% чегирма бериш тартиби ҳам фақат кундузги таълимдагилар учун. Ушбу чегирмадан сиртқи ва кечки таълим фойдалана олмайди;

2️⃣ таълим кредити ҳам фақат кундузги таълимга берилади, сиртқи ва кечкига берилмайди;

3️⃣ контракт тўловини оширмаслик ҳам фақат кундузги таълим учун амал қилди, сиртқи ва кечкининг контрактлари анча қимматлади.

Сиртқи ва кечки таълимдагиларда биргина савол туғилаётган бўлса керак: “нима биз етиммизми?”

Ўзи шу ижара тўлови масаласида бир овозли чат қилсак бўларкан.


👉 @xushnudbek 👈

595 comments

Show 100 more comments
Dilfuza Ikramova
Assalom aleykum Xushnudbek aka, sizga bir savolim bor edi, siz kanalingizda Toshkentda ochilgan TMC universiteti haqida elon qilgandiz man shu univerga hujjat topshirdim o'qishga qabul qilindim. grandga 4 ball yetishmaganligi sababli man kantraktga kirdim, bu universitet davlatimiz bilan hamkorlikda ochilganligi uchun kantraktim uchun talim krediti olishim mumkin ekan, lekin bankka borsam bu TMC universiteti kredit berish ro'yxatida yoq, qanaqa universitet bu o'zi deb aytishyapti, yani shu yilgi yangi ochilgan univerlarni ro'yxati akriditatsiyadan o'tganligi bor no TMC universiteti yo'q deyishyapti. 10 ta bankka bordim shunday deyishyapti, shu holda nima qilsam boladi. Javobingiz judayam muhim men uchun, oldindan raxmat
Assalomu alaykum Xushnudbek aka sizga savolim bor edi. Sirtqida o‘qiydigan talaba ishlashi mumkinmasmi
конун бирдек хамма учун ишлаши керак шу бизда доим сарсон конунлар уйлаб топишади бу кетишта ривожланишга эмас эски тош асрига караб кетиш буляпти
Sitora Umurzoqova
assalomu alaykum juda to'g'ri gap bo'ldi, oy chiqsa ham kun chiqsa ham kunduzgilar uchun bo'lib qoldi sirtqida o'qiydiganlar va kechda o'qiydiganlar haqiqatdan ham nima yetimmi shu davlatni fuqarosiku kelajakda ulardan ham foydalanishadiku davlatga nafi tegadiku sirtqilarni va kechda o'qiydiganlarni mavzusini olib chiqsayiz yaxshi bo'lardi
Bundan maqsad yordam berish emas buncha xujjat tayorlaguncha talaba ozi yonidan tòlab qòyaveradi.
Xalq dardikuuu buu
Aziza Xalilova
Kunduzgi o'qishga kirish uchun ozmuncha terto'kishgan ular kirish ballari ham shunga yarasha baland sirtqidan farq qiladi
Shaxriyor Maxmudov
Kechki ta'lim olayotganlar ham har kuni boradiku o'qishga. Vaqtini hisobga olmasa. Hamma narsa faqat kunduzgi. Kechkilarga stipendiya yo chegirma yo. Grant yo
Fayzulla Qarshiyev
Ассалому алайкум Хушнудбек ака...
Мен давлат гранти асосида талим оламан укам контракт асосида таьлим олади .. оиламизда хеч ким хеч каерда ишламайди ... укамга талаба кредити олмаск умуман иложи йўқ ёки мен ёки укам академ.татил олишга туғри келади..шу кредитни олиш учун кафиллик ўрнига кўчмас мулк қўйилса буладими..қўйилса қанака тартибда булади..темир дафтар кам таминланганлик хақида маьлумотларимиз йўқ...илтимос ёрдам беринг шу борада....
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Ijara shartnomasi bo'yicha ijara pulini bir qismini to'lab berish borasidagi qaror bilan bog'liq menda ham tushunmagan joy va savolim bor edi. Oliy ta'lim TTJlarida eng avvalo aholini ehtiyojga muhtoj qatlamiga deb joy ajratildi (hozirdan ijara puli to'lab beriladigan guruhning aynisi) va undan tashqari 1-kurs talabalariga. Bundan kelib chiqadi 1 odamga ikki marta imtiyoz berilgan bo'lmaydimi? Ularning joylashadigan qismi joylashishdi qolgani o'z arizasi bilan qarindoshi uyidan turib o'qishini bildirishdi. Ijara puli to'lab beriladigan talabalar safini tanlashda buni ham inobatga olishsa yahshi bo'lardi.
270минг сум нима булади 540минг килиш керак хеч булмаганда
шу карорларни ким уйлаб топаркин хайрон коламан.Хамма битта юртда яшайдику.Юкорига узокни уйлайдиган кадрларни куйиш кк
Shu qarorni tayyorlaganlarning farzandlari sirtqi yoki kechkida o'qimaydida shunga ular uchun ahamiyatsiz 😂
Хар ой хужатвозлик сал халк хам яшасин
Aziza Xalilova
Kunduzgi bn sirtqini diplomining bir xilligi ham katta imtiyozku
Shaxriyor Maxmudov
Kechkida o'qiydiganlar ham kunduzgiday har kuni darsga boradi. Bu diskriminatsiya
Kechgi oʻqiydiganlarga taʼlim kreditlari ajratilmas ekan ha yetimmiz
Show next 100 comments