Тушунмаган жойларим:

➖ талаба ижара пулининг бир қисмни олиш учун ҳар ой қайтадан ариза бериши керакми?

➖ шу ариза бериш тизимини электронлаштириш имкони йўқми? Шунча қоғозбозлик нимага керак? Ёки келгусида электрон бўладими?

➖бу тартиб нега фақат кундузгилар учун? Бу сиртқи ва кечки таълимдагиларнинг айрим ҳуқуқлардан мосуво қилиниши бўйича биринчи ҳолати эмас. Масалан:

1️⃣ вакцина олса контрактга 10% чегирма бериш тартиби ҳам фақат кундузги таълимдагилар учун. Ушбу чегирмадан сиртқи ва кечки таълим фойдалана олмайди;

2️⃣ таълим кредити ҳам фақат кундузги таълимга берилади, сиртқи ва кечкига берилмайди;

3️⃣ контракт тўловини оширмаслик ҳам фақат кундузги таълим учун амал қилди, сиртқи ва кечкининг контрактлари анча қимматлади.

Сиртқи ва кечки таълимдагиларда биргина савол туғилаётган бўлса керак: “нима биз етиммизми?”

Ўзи шу ижара тўлови масаласида бир овозли чат қилсак бўларкан.


👉 @xushnudbek 👈

595 comments

Show 100 more comments
Ha togri ovozli chat qilish kerak masul shaxs ishtirokida
Bu bir talabaning yarim oylik ijara to‘lovidan ancha kam. Ijara uylar qimmatlashib ketgan.
Tajiboyev Sirojiddin Ulugbekovich
Tiqib qo‘ysin o‘sha pulini
Yusupova M
Assalomu alaykum Xushnud aka maktabda ishlaydigan bu yil Otm ga oʻqishga topshirib kira olmagan oʻrta maxsus oʻqituvchilarni toʻplagan bali hamda boshqa hujjatlarini qabul qilingandi shu haqida maʼlumotga egamisiz
Shakhrux
Shaxriyor Maxmudov
Kunduzgilar ham abedgacha o'qiydi kechgacha ishlasa bo'ladi
Asosiy ishla kunduzi boladi brat qayerga boring ish kunduz
ikkinchitalim.edu.uz HAQIDA HAM YOZING ILTIMOS. IKKINCHI MUTAXXASISLIKKA TOPSHIRGANLAR QIYNALYAPTI JUDA
Shaxriyor Maxmudov
Kechkida o'qiydiganlar ham kunduzgiday har kuni darsga boradi. Bu diskriminatsiya
Lekin kechkiga kirganlar kunduzgidagilardan koʻra ozroq ball toʻplab kirgan. Bu tomonini ham inobatga olingda👆
Aziza Xalilova
Xuddi shunaqa
Шер Али
Бу ва ипотека,субсидияга ўxшаган қарорлар "Ҳожам кўрсин"га қилинган xолос...
Жаҳон Молия ташкилотларига кўрсатиш учун, ўз xaлқига ижтимоий ёрдам кўрсатилмоқда,-деган қабилиида қилинган ишлардан айримлари...Аслида Халқни алдаш билан овора..!!!
Aziza Xalilova
Ballari solishtiring
Hozirgi hayotimizda bizning muammolarimiz faqat qog'ozda yechiladi
MOHINUR
Laziz Alisherovich
Kechki yoki sirtqi ta'limda o'qiydigan talabalar kunduzgi vaqtlarda ishlash imkoniyati bor. Balki shu sabab bo'lsa kerak))
Hamma ham ishlamaydiku masalan maktablarga olmaydi toki 3 kursni bitirgandan keyin ishga qabul qilinadi
Aziza Xalilova
Davr taqozosi bu
U pulni olguncha ketadigan sarf xarajat ,vaqt ,u puldan ancha qimmatlashib ketadi Xushnud aka ,bu tizimni kamchiliklari juda ko'p
Aziza Xalilova
Kechki ta'limga kirish oson uni kunduzgi bn tenglashtirsak xato boladi
Haqiqatdan ham shunday. Hamma sohada kechki va sirtqi taʼlim yoʻnalishi ballari kunduzgidan koʻra past
Aziza Xalilova
O'z yonalishingizda bilmasam boshqa soxada ishlash mumkinku
Assalomu alaykum Xushnudbek aka! Juda yaxshi mavzuni koʻtaribsiz. Lekin yaxshilab surishtirsak sirtqilar ham tabaqalangan. Masalan, mahsus sirtqida oʻqiydiganlarning kontraktlari kunduzgi bilan tenglashtirilgan. Bu test asosida kirganlarni kamsitish emasmi? Mahsus sirtqi hech qanaqa imtixon topshirmay, suhbat asosida oʻqishga qabul qilinadi. Ikkala sirtqi ham bir hil vaqtda oʻqiydi, bir hil fanlarni oʻqiydi. Ikki hil kontrakt toʻlash adolatsizlik emasmi?
Shu savollarga kim javob beradi oʻzi
Show next 100 comments