Тушунмаган жойларим:

➖ талаба ижара пулининг бир қисмни олиш учун ҳар ой қайтадан ариза бериши керакми?

➖ шу ариза бериш тизимини электронлаштириш имкони йўқми? Шунча қоғозбозлик нимага керак? Ёки келгусида электрон бўладими?

➖бу тартиб нега фақат кундузгилар учун? Бу сиртқи ва кечки таълимдагиларнинг айрим ҳуқуқлардан мосуво қилиниши бўйича биринчи ҳолати эмас. Масалан:

1️⃣ вакцина олса контрактга 10% чегирма бериш тартиби ҳам фақат кундузги таълимдагилар учун. Ушбу чегирмадан сиртқи ва кечки таълим фойдалана олмайди;

2️⃣ таълим кредити ҳам фақат кундузги таълимга берилади, сиртқи ва кечкига берилмайди;

3️⃣ контракт тўловини оширмаслик ҳам фақат кундузги таълим учун амал қилди, сиртқи ва кечкининг контрактлари анча қимматлади.

Сиртқи ва кечки таълимдагиларда биргина савол туғилаётган бўлса керак: “нима биз етиммизми?”

Ўзи шу ижара тўлови масаласида бир овозли чат қилсак бўларкан.


👉 @xushnudbek 👈

595 comments

Show 100 more comments
Albatta suhbat oʻtkazishiz kerak . Tayinli bir javob yoʻq. Har doimgidek oldi qochti gaplar.
Shaxriyor Maxmudov
Necha ball olgansiz
Kunduzgiga topshirganman va davlat granti asosida oʻqiyman. Agar 100 yoki undan oz ball oladigan boʻlganimda men ham kechki taʼlim yoʻnalishiga topshirar efim ...
Aziza Xalilova
Ular amaliyotsiz o'qimasdan biz bn bir xil diploma olishadi
Olimjon
👍👍👍
Hilola
Manam kechki ta'limda uqiyman qiyin bizga yetimmozmi kechki bulsaham institutdamaizku har kuni sirtqilaga uxshab har zamonda kelmimizku bzayam shula qatori kirganmizku bunaqa nomunatosiblik to'gyish emas
Umida Allamurodova
Chunki kechkilarni va sirtqi talimning ballari past balkim wuning uchun
Sirtqilarda o'qish muddatini oshirsin 1yilda 100 kun qilsin hech bolmasa o'qiyik, o'qiyik, yana bir bor o'qiyik, sifatli ta'lim olaylik OTM da ayting shuni ham iltimoss?!!iltimos
Aziza Xalilova
Yana shuncha sirtqi qilib imtiyoz berganiga shukrona qilsalaringiz bomaydimi a
Gulnoz💫☆🌙
Xec bulmaganda sirtqilarni 5 yillik emas 4 yillik qiliwsin
Noila
Meni singlim ham ozidan ozi otmadi 2 kursdan kechki qilib qoyishibdi
Йуге етимлага набарот имтиёзла кучлику. Биз етимладанам анча пасрок поґонадамиз менимча
Kechgilarga ham hamma imtiyozlarni joriy qilish mavzusini kotarib chiqish kerak. Kechgilar odammasmi
Bizni dekanat universitet ishlarida o’zini ko’rsatgan bo’lishi kerak deyapti. Lekin o’zini ko’rsatsa, bu o’zini ko’rsatish emas deb aytishi mumkin. Bu degani ular o’zi xohlaganicha bu tizimni belgilashi mumkin. Ammo buni qarorga ko’ra qonuniy asosi yo’q ekan.
Beksultan& Saiya
So'ngi yillarga etibor bering kechki ta'lim kirish ballari hatto kunduzgi kirish ballaridan yuqori. Ball past degan bahona o‘tmaydi. Kechki ta'lim va sirtqi ta'limda ham bilim darajasi bir xil. Imtiyozlarning kechki va sirtqi ta'limda yo'qligi nohaqlik.
Show next 100 comments