Тушунмаган жойларим:

➖ талаба ижара пулининг бир қисмни олиш учун ҳар ой қайтадан ариза бериши керакми?

➖ шу ариза бериш тизимини электронлаштириш имкони йўқми? Шунча қоғозбозлик нимага керак? Ёки келгусида электрон бўладими?

➖бу тартиб нега фақат кундузгилар учун? Бу сиртқи ва кечки таълимдагиларнинг айрим ҳуқуқлардан мосуво қилиниши бўйича биринчи ҳолати эмас. Масалан:

1️⃣ вакцина олса контрактга 10% чегирма бериш тартиби ҳам фақат кундузги таълимдагилар учун. Ушбу чегирмадан сиртқи ва кечки таълим фойдалана олмайди;

2️⃣ таълим кредити ҳам фақат кундузги таълимга берилади, сиртқи ва кечкига берилмайди;

3️⃣ контракт тўловини оширмаслик ҳам фақат кундузги таълим учун амал қилди, сиртқи ва кечкининг контрактлари анча қимматлади.

Сиртқи ва кечки таълимдагиларда биргина савол туғилаётган бўлса керак: “нима биз етиммизми?”

Ўзи шу ижара тўлови масаласида бир овозли чат қилсак бўларкан.


👉 @xushnudbek 👈

595 comments

Show 100 more comments
Анваров Саидакбар
Oka bitta klass 👌
Rostde hamma ózidan ótganini ózi biladi. Yordam bersa nima bópti sirtqilagayam
Анваров Саидакбар
Menham shuni kutayapmanda szga nima deyiahdi
Biz 2-3 marotaba Universitetiga bordik,hali keyinroq kelila deyishdi,keyin esa onlayn ariza yuborish boshlandi arizani onlayn yuborib o‘tiribman edi javobini kutib
Нигора
Бизда хамма нарса тушунарсиз
Карорлар вип лекин манисиз ва бандлари куп етим темир дафтар....
Ундан Кура чикаришмасин
Давлат органларида ишлаб Уртача ойлик олган инсонларчи нима килиш кк
Shakhrux
𝓡𝓤𝓢𝓣𝓐𝓜 𝓑𝓞𝓨
Nega óqimimiz institut bergan.vazifalarini hammasini bajaramiz
Kunduzgi bilim boshqa xafa bomingu olti oyda bir borib oqish i olti oyda xar kun borishni taqqoslaming
Rahmat aka, ichimdagilarni aytdingiz
Asror Kuvvatov
Eh odamlar davlatni qurbi yetmaydku. Nima foydasi bor, hamma oqishni ham o'ziga yarasha qiyinchiligi bor. Kunduzgi u kechki bu e undan kora shukr qilila. Bunaqa qonun bolmaganida ham oqib yurudilaku. Birdan nega bizga unaqa, bizga bunaqa. Maslahatim umuman qarorni bekor qilish kerak. Adolatsizlik. 3 bolani bittasiga osh, ikkinchisiga non, uchinchisiga suv berishlik. Chiqarsa maqul qaror chiqarish kk. Albatta bu qaror turli tushunmovchilik va etitozlarni keltirib chiqaradi. Prizidentlik saylovi yaqin, undan kora Mirziyoyevga etish kk. Shu bahona hal bolib ketara😅
Жуда зўр пост чиқарибсиз Хушнудака, етимлигимизни тан олиб, индамай қўйдик охири.
Бу магистурада укийдиганларга хам тегишлими
Shakhrux
Kutasiz ozlari chaqiradi xecham xavotir omeng
Borib domlala bn gaplashganda ham ma'lum gap aytishmadida,arizani onlayn yuborib javob kelarmikan deb o‘tiribman daa,birov bir narsa demasa
Nima bósayam hammaga Alloh insof bersin
Алишер Рахматуллаев
Значит их считают баранами. Хоть бы подумали про них. Они тоже студенты. Хоть немного подумайте про них.!!!!!!!!!!!!!!
▀▄▀▄▀▄ Shaymanov 23 ▄▀▄▀▄▀
Assalomu alaykum hamma yaxshimi Xushnud aka perevod buyicha savolim bor edi Men Bux DU dan QarDU ga perevod qildim endi kontrakt tulashim kk talim krediti uchun bankga murojaat qildim 2 kursliging uchun uqiyapti degan malumotnoma kk deyishdi malumotnomani kontrakt tulaganimdan keyin buyruq chiqib rasman perevod qilganimdan sung chiqaradi ayni vaziyatda men talim krediti ola olmaymanmi
Savol tug'iladida nimaga shuncha rasxod bor oqish davomida talim tizimini tubdan isloh qilish k.k axir ta'lim tizimiku davlatni fundamenti isloh qilish u.n vazirlarni almashtiraversa ozgarmasa k.k balki fuqorolardan xam bir qadam oldinga tashash yani izlanishlardan toxtamaslik k.k qiyinchiliksiz roxat yoqday gap bu. Kunduzgi ta'limda grant kontraktda oqiydigan talabalar ortasida qandaydir tafovut farq bormi ularni stependiyasidachi manimcha endi elakni olib talabalarni xam elaydigan payt keldi yetishib chiqy
Shakhrux
Besh kun oqish ikki para kechda xayotda ishlab bomedi
albattada òqiganimas ishlagani kirgan bòlsa òqishga bemalol epledi ishlab darsnu eplab chunib chunme yuroradi. òzbekistonda ayrimlarda shunaqa tushuncha paydo bòp gogan eplash kere hammasiga ulgurish kere. ishlagan odam charchedi toliqadi darsga horģin bòlb boradi robot emasku òqishmi òqish kerak. repititrga borsa kechasi 2 para dars bòlsa ham kuni bn darsdan bòshamidi òqimoqchi bògan odamga ishlagani vaqt topilmidi rostan òqimoqchi bòlsa. ishlashiga davlat òzi majbur qiladi kredit yòq yotoqhona yòq kontraktini tòlash kere kvartiraga tòlash kere kvartiralar yotoqhonadan qimmat majbur bòladi ishlashga huddi ular òqimayapti unda yopib qòysinidi kechkini faqat kunduzgi qolsin
Assalomu alaykum superga ariza yozganlardan so‘ramoqchiman onlayn arizatashlagandan keyin arizangiz qabul qilindi deb habar keladimi oldindan rahmat
Show next 100 comments