Тушунмаган жойларим:

➖ талаба ижара пулининг бир қисмни олиш учун ҳар ой қайтадан ариза бериши керакми?

➖ шу ариза бериш тизимини электронлаштириш имкони йўқми? Шунча қоғозбозлик нимага керак? Ёки келгусида электрон бўладими?

➖бу тартиб нега фақат кундузгилар учун? Бу сиртқи ва кечки таълимдагиларнинг айрим ҳуқуқлардан мосуво қилиниши бўйича биринчи ҳолати эмас. Масалан:

1️⃣ вакцина олса контрактга 10% чегирма бериш тартиби ҳам фақат кундузги таълимдагилар учун. Ушбу чегирмадан сиртқи ва кечки таълим фойдалана олмайди;

2️⃣ таълим кредити ҳам фақат кундузги таълимга берилади, сиртқи ва кечкига берилмайди;

3️⃣ контракт тўловини оширмаслик ҳам фақат кундузги таълим учун амал қилди, сиртқи ва кечкининг контрактлари анча қимматлади.

Сиртқи ва кечки таълимдагиларда биргина савол туғилаётган бўлса керак: “нима биз етиммизми?”

Ўзи шу ижара тўлови масаласида бир овозли чат қилсак бўларкан.


👉 @xushnudbek 👈

595 comments

Show 100 more comments
Maftuna Kurbonova
Assalomu aleykum nimaga Chegirmalar faqat kunduzgilarga kechkilar ham har kun borib òqiyapdi yana kantragi qimmat kunduzgilarnikidan ham shu ham insofdanmi bolsa hammaga baravar bolsin har kunn òqish stipendiya yoq ishnikuu umuman topib bölmaydi
Asror Kuvvatov
https://t.me/Dtmuzb_uz_Davlat_Test
https://t.me/dtmuzb_uz_Abituriyent7

Qaysi kanal rasmiy bilmadimu, buyerga bir qarasela zor bolardi Test Markazidagilar
77777
Xushnudbek aka bizlarga aytishyapdi superga kim birinchi Ariza topshirsa usha uqiydi deb shu rostmi
Maftuna Kurbonova
Tushuntirsin tepada otirganlar nimaga sirqi bn kechkiga IMTIYOZ yòq yana kechki 4 yarim yil yoki 4 qilsin yoki 5 òzbekiston Adolatli bòlsinnnn
100 foiz qo‘shilaman shu fikrga
Keyin super kontraktlardaham huddi shunday bo‘lyapyi ko‘p tomondan ulargaham turli chegirmalar berilmayapti
Asror Kuvvatov
Shu haqida videokonfrensiya qilishsa zor bolardi, @xushnudbek ovozli chat qilib, birorta talim sohasi mutahasisini chaqirib, muammolarni eshitishsa maqsadga muvofiq bolar edi. Agar Comment larni oqisangiz @xushnudbek shu masalani olib chiqib, nimadir qilsangiz xursand bolar edik...
мен ҳам шунисига хайронман, тўғри гапни айтибсиз, бизнинг кўнглимиздаги гапни.
G‘ayratjon Qodirov
Ha toʻgʻri biz sirtqidagilar nima oʻqib chetelga ketarmidik shu vatanga ishlemiz bizam
Tugri nima aybi bor sirtqi talabalarni
Sirtqi va kechkida òqiyitgan bosak nima qibdi. Kerak bòlsa shu yil sirtqi va kechkiga topshirgan abituriyentlar kunduzgiga topshirganlardan kòproq ball tòplashdi. Biz ham shu yurtni farzandlarimizku yoki nima bizni "asrab olishganmi?"
Inshaalloh
Men super qilmoqchi bo‘lib navoiy inustutiga ariza topshirdim onlayin lekin javobi kelmadi shunga yana topshirishim kkmi
Oz vaqt qoldi nima qilay javob bering iltimos
Mukarram Salimbayevna
Menam tòģri gapni aytdingiz demoqchiman,chunki menda uchta talaba ,1tasi sirtqida,2tasi kundungida oqiydi,hammasi kontrakt,sirtqidagisi kontrakti har yili owadi
Inshaalloh
Men sirtqi kunduzgi ta‘lim boyicha o‘qimoqchiman
Shakhrux
MIRJALOL
Tugri nima aybi bor sirtqi talabalarni
Aybi olti oyda boradi mazza qilib ishledi xar kuni xarajat qmedi mana aybi ulani
10 foyizlik chegirmani ham berishmadi sirtqi kechkiga, endi bu ham yoq. Nima bu? Ustimizdan kulishmi? Qachongacha odam ajratishadi?
Shakhrux
Радость
Lekin kechkiyam har kuni kunduzgi qatori boradiku
Xar kunimas besh kun kegin bir para Kam oqidi
Show next 100 comments