Тушунмаган жойларим:

➖ талаба ижара пулининг бир қисмни олиш учун ҳар ой қайтадан ариза бериши керакми?

➖ шу ариза бериш тизимини электронлаштириш имкони йўқми? Шунча қоғозбозлик нимага керак? Ёки келгусида электрон бўладими?

➖бу тартиб нега фақат кундузгилар учун? Бу сиртқи ва кечки таълимдагиларнинг айрим ҳуқуқлардан мосуво қилиниши бўйича биринчи ҳолати эмас. Масалан:

1️⃣ вакцина олса контрактга 10% чегирма бериш тартиби ҳам фақат кундузги таълимдагилар учун. Ушбу чегирмадан сиртқи ва кечки таълим фойдалана олмайди;

2️⃣ таълим кредити ҳам фақат кундузги таълимга берилади, сиртқи ва кечкига берилмайди;

3️⃣ контракт тўловини оширмаслик ҳам фақат кундузги таълим учун амал қилди, сиртқи ва кечкининг контрактлари анча қимматлади.

Сиртқи ва кечки таълимдагиларда биргина савол туғилаётган бўлса керак: “нима биз етиммизми?”

Ўзи шу ижара тўлови масаласида бир овозли чат қилсак бўларкан.


👉 @xushnudbek 👈

595 comments

Show 100 more comments
Sardor Isoqulov
Tuppi tugri nima boshqa ta'limda uqiydiganlar yetimmi.
🚁✈🚐🎁🙏💖
Chat bugani bn ózgarish qimidde .olishga órganib qolgan qól yana chózaveradi
Бундай имтиезлардан барча талабалар, яъни хох у кундузги бўлсин, хох у сиртқи бўлсин барчаси тенгдай фойдаланиш хуқуқига эга бўлса мақсадга мувофиқ бўларди.
Shakhrux
Радость
Xa shude bilim darajasi tengku
Qande teng ettimu kunduzgi kiromaganla kechgi kirardi javobbb
Козимжон
Assalomu alaykum. Iltimos mayli ijara haqidagi qarorga qarshilik qilmayman faqat shu kontrak masalasi va chegirmalarni sirtqi va kechkiga ham qollasin. Siz aytganday sirtqida uqiydigan yetimmi yoki ular odammasmi? Nima emish sirtqilar ishlaydi qayerda ishlaydi ular ishga olmaydiku sirtqisan deb hech qayer? Men hozirgi chiqargan qarorlarini umuman qollab quvvatlayman. Men noroziman. Xalq norozi!!!!!!!!! Sirtqi talim shaklini yopib tashlasin unda umuman. Yoki hammaga maqul keladigan hammani teng bilib qaror chiqarsin.
Tegishli idoralarga arz qilish kerak, qani bu yerda teng huquqlilik, qani demokratiya?
Shakhrux
Qande teng ettimu kunduzgi kiromaganla kechgi kirardi javobbb
Xchamde 139 praxadnoy boldi bizada lekin bazi joylarda 120 olibam kirganla bor
Assalomu aleykum. Ijaraga qo'ygan shaxslardan soliq olinadimi yoki bekor qilinganmi. Ko'p joylarga boryapmiz shartnoma qilishni rad etishyapti. Soliq pulini berselar keyin shartnoma qilamiz diyishepti. Shunga bir izoh qoldirsangiz
Shakhrux
Qande teng ettimu kunduzgi kiromaganla kechgi kirardi javobbb
Hali ham tushuntirish olib boryapsizmi, nimaga sirtqi, kunduzgi, kechki deyilishining sababi ham shunda ekan, deb o‘ylab qoldim... Huddi texnikum, institut degandek.
Assalom aleykum masalan men Ipak yuli xalqaro turizm universiteti talabasi man ammo hech qanaqa talim yuq umuman faqat kontrakt tulaymiz chegirma ham yuq bizdan kantrakt talab qilishadi ammo kunduzgi shaklda uqiydiganlar bilan sirtqini ajratib quyishgan
Козимжон
Xalq deb faqat 35 mln aholiga nisbatan xalq deyilmaydi. Ayrimlari desam ham usha xalq bòladi. Xalq faqat bir davlatning tuliq a'zoliga nisbatan aytilmaydi. Siz òqiyapman kunduzgida demasdan uqishni ham biling. Sirtqi va kechkida qanday imtiyoz bor ekan biz bilmagan qani aytingchi? Niyatni chiroyli qilaylikmi siz aytganday? Siz ham norozilar qatorida bulishingiz mumkin edi shu tomonini ham òylab kòring shunda siz ham shunaqa fikrlarni yozardiz. Zato osmonimiz musaffo aa!
Muborakxon Nuriddinova
Bula nima bopti a bizani ped institutda daje offline ta'lim qilishmadiki zoomda otirimmza judayam noroziman. Dekanat ham korb bermadi. Hushnudbekka ham yozuvdik online talimni olib tashlashsin siz ham qollab yuboring deb
Show next 100 comments