Тушунмаган жойларим:

➖ талаба ижара пулининг бир қисмни олиш учун ҳар ой қайтадан ариза бериши керакми?

➖ шу ариза бериш тизимини электронлаштириш имкони йўқми? Шунча қоғозбозлик нимага керак? Ёки келгусида электрон бўладими?

➖бу тартиб нега фақат кундузгилар учун? Бу сиртқи ва кечки таълимдагиларнинг айрим ҳуқуқлардан мосуво қилиниши бўйича биринчи ҳолати эмас. Масалан:

1️⃣ вакцина олса контрактга 10% чегирма бериш тартиби ҳам фақат кундузги таълимдагилар учун. Ушбу чегирмадан сиртқи ва кечки таълим фойдалана олмайди;

2️⃣ таълим кредити ҳам фақат кундузги таълимга берилади, сиртқи ва кечкига берилмайди;

3️⃣ контракт тўловини оширмаслик ҳам фақат кундузги таълим учун амал қилди, сиртқи ва кечкининг контрактлари анча қимматлади.

Сиртқи ва кечки таълимдагиларда биргина савол туғилаётган бўлса керак: “нима биз етиммизми?”

Ўзи шу ижара тўлови масаласида бир овозли чат қилсак бўларкан.


👉 @xushnudbek 👈

595 comments

Show 100 more comments
Xamma narsa uchun qoģozbozlik. Uyoqqa bor buyoqqa bor. Shu narsalarni nima keragi bor
Hasanov Baxodir
qonun gamma uchun teng ishlashi kerakda, sirtiqi o'qiyotganlaram, kechgi o'qiyotganlaram nimadir umid bilan kirishgan o'qishga, ularam kantrakt to'lab o'qishadi,

men qo'shilaman fikrizga, yaxshi mavzu Olib chiqibsiz raxmat,

mana shunday mavzularga ko'proq e'ribor beraylik, toki biz kabi talabalar yoshlar bunday nohaqliklar tufayli o'qishdan sovub ketishmasin
Масалан ман узим сирткида укийман,4 нафар фарзандим бор,оллохга шукур, ижарада яшаймиз,вакцина олдим,шунга хам йук дейишди,сирткилар учун хамма нарса такикланганми,ишлайман десам уша сохам буйича 4 курсдан деб карор бор дейишди
endi aytib otirgan edim nima bizni eshik qisganmi deb
Biz yetim emas yerdan chiqqan qoʻziqoringa oʻxshayapti shekilli
Iltimos siz ham xudbin boʻlmang !
Soliq idoralari orqali shartnoma 6 oy yoki 1 yilga rasmiylashtirilsa, nega har oy ariza yozish kerak bo'ladi?
Hammani birdek kòraylik azizlar
Ha ovozli chat qilish kerak
Lazizbek
сиртки ва кечки талабар учун ишлаш имконияти булади. кундузгиларда бундай имконият йук. асосий пул топадигон жойлар иш кундузи булади. соат 8:30 дан 14:30 дарс кейин роса борса Аффитсиант булиши мумкин. кечки коравул шу томонларини хам уйланглар. Мен сиртки ё кечки деб ажратмаябман. диплом кучи канака бу яна битта савол. эртага иш масаласи бу битта савол.
Lazizbek
Assalomu alaykum.@xushnudbek aka
kunduzgi ta'limda o‘qiydigan talabalarga berilishi haqida
yozibsiz.To'gri kunduzgi ta'limda o‘qiydigan talabalarni shoxi yo‘qdir
lekin ular yilda 1- 2 keladigan sirtqi ta'limda o'qiydiganlardan
anchagina ko‘proq harajat qiladi.Kantrakt narxini etibsiz
sirtqidagilarni ular rahmat etishsin uncha xarajat ham qilmaydi yilda
1-2 oy keladimi yo‘qmi o'qishga bundan ham qimmat qilishmaganiga
kantraktini.Uyda o‘tirib o'qishvotti
Kechkilar ham kunduzgilar kabi o'qiyapdiku ,uni ustiga kontragi ham kunduzginikiga qaraganda qimmat ,nima uchun qonun teng korilmayapdi,kechkidagilar ishlashadi deyishi mumkun lekn ish ham bor emas studentlarga ,kvartira pulini bermasa ham ta'lim kiridetini bersin kechkilar ham kantirakt to'lab o'qishyapdi ,mani fikrimcha koplar vaksina olganlaga 10% chegirma bor degandan keyin olishdi ,kechki ,sirtqilarga chegirma yoq deyishgandan keyin koplar 2-3-vaksinalarni olmay qoyishdi,hammaga teng koringizlar iltimos
Eng avvalo inson qadri qonun barchaga bir bo'lishi kerak. Super kantrakgaham sal etibor berish kerak arzonlashtirib.
Assalomu alaykum Xushnud aka vaksinaga 10% chegirma kunduzgi nodavlat talim muassalariga ham tegishlimi?
Assalomu aleykum ijarachi bn shartnoma qilsak ular davlatga pul tolaydimi qancha tolaydi agar shunga tushunmayapman
Mohinur Fayzullayeva
Menimcha aksariyat sirtqi kechkilar o‘sha ishlash imkoni bo‘lgani u.n ham shu yo‘nalishni tanlashadi
Yoo bu prosta avzalliklaridan bittasi. Men kechgida oʻqiyman menda kunduzi oʻqish uchun hamma imkoniyatim yetarli Qoʻshimcha darslarga bemalol vaqt topaman men taniganlarim ham deyarli hammasi qoʻchmcha darsga boradi
Assalomu alaykum. Avvalo @Xushnudbek aka sizga kattakon rahmat 👍
Sizning qo'ygan bitta postingiz bilan mening hayotimda keskin burilish bo'ldi. O'tgan yili TerDUning biologiya ta'lim yo'nalishida sirtqida o'qirdim. Bu yili talabalar ham abituriyentlar singari hujjar topshirishi mumkinligini kanalizda ko'rib, Toshkent farmatsevtika institutiga hujjat topshirdim va yana bir bor talaba bo'ldim!!! Endi ham sirtqida, ham kunduzgida o'qib ko'rgan talaba sifatida gapirsam, albatta gapizda jon bor. Men fikrlarizga 💯 % qo'shilaman!
🚁✈🚐🎁🙏💖
7400000bolaversin hamma kontrakt .oylik ón foiz qoshilsayu kontrakt ón foizdanam kop qoshishyabdi insofini yeb qoygan masullar .sufe masulmish
Нигора Эркиновна
Жудаям нохаклик Ким уйлаб топган бусаям талим овотику кечкими сирткми кундузми роса хапа булдим 2 кизим контрактда укишади иккаласиям вакцина олишган энди Нима гап булди буниси э узбекистондан кетиш кере чет элга ушетта хакикат бор
Show next 88 comments