Тушунмаган жойларим:

➖ талаба ижара пулининг бир қисмни олиш учун ҳар ой қайтадан ариза бериши керакми?

➖ шу ариза бериш тизимини электронлаштириш имкони йўқми? Шунча қоғозбозлик нимага керак? Ёки келгусида электрон бўладими?

➖бу тартиб нега фақат кундузгилар учун? Бу сиртқи ва кечки таълимдагиларнинг айрим ҳуқуқлардан мосуво қилиниши бўйича биринчи ҳолати эмас. Масалан:

1️⃣ вакцина олса контрактга 10% чегирма бериш тартиби ҳам фақат кундузги таълимдагилар учун. Ушбу чегирмадан сиртқи ва кечки таълим фойдалана олмайди;

2️⃣ таълим кредити ҳам фақат кундузги таълимга берилади, сиртқи ва кечкига берилмайди;

3️⃣ контракт тўловини оширмаслик ҳам фақат кундузги таълим учун амал қилди, сиртқи ва кечкининг контрактлари анча қимматлади.

Сиртқи ва кечки таълимдагиларда биргина савол туғилаётган бўлса керак: “нима биз етиммизми?”

Ўзи шу ижара тўлови масаласида бир овозли чат қилсак бўларкан.


👉 @xushnudbek 👈

595 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum avval am bor bizdi oilada 3 kishi oʻqiymiz sirtqi va kechki da na ta'lim krediti na 10%chegirma nai ish bor nima qilish kerak bir oilada 3 kishi oʻqish biroz qiyinroq bo'lyapti majbur qurilishda ishlayapmiz biroz bo'lsada yengillik boʻlsa yaxshi boʻlardi
Iqboliddin Madaminov
Assalomu alaykum Xushnudbek aka
Men Andijon Davlat Universiteti Tarix fakultetida oʻqiman.Biz ijaraada turuvchi talabalarga davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan bu qulayliklardan xursandmiz.Lekin biz ijarachi aka bn gaplashib vaziyatni tushuntirishga harakat qilsak ijara beruvchi aka qolgan soliqlarni mandan qoʻshimchasi bn oladi deb aytdi.
Shu narsaga aniqlik kiritib berishingizni soʻrayman iltimos agar biz kkli hujjatlarni yigʻib topshirganmiizdan keyin ijarachidan soliqlarni misol uchun daromad soligʻlini qoʻshimchasi bilan davlatga tolamaydimi oldindan rahmat
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men sirtqida oʻqiyman sirtida oʻqiydiganlar 4kurs boʻlsada ishlashga haqqimiz yoʻqmi nega endi kontiraktlarimizniham oshirildi shu qonundi koʻrib chiqishda yaxshi boladi
Assalomu aleykum men ham sirtqida o'qiyman. Bizga hech bo'lmasa ta'lim kriditini olish imkoniyatini berishganda yaxshi bo'lardi
Oltinoy
Menimcha ular kechkilarni booooy 4 mln oylili ishda ishlashadi deb oylashsa kere🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️ kechkiyam odammi
Ovozli chat qilsangiz yaxshi ish bo‘lardi👍
Kechki va sirtqilarga oʻqish ikkinchi darajali ular ishlashadi.
Qonun chiqaruvchilar hayolida shunday keyin ulardan qanday kadrlar kutishadi hayronman.
Bu yilni yoshlarni qoʻllab quvvatlash yili deb nom bergan prezidentimiz ahir
Mamarasulova Zarina 306-Informatika
Нигора Эркиновна
Жудаям нохаклик Ким уйлаб топган бусаям талим овотику кечкими сирткми кундузми роса хапа булдим 2 кизим контрактда укишади иккаласиям вакцина олишган энди Нима гап булди буниси э узбекистондан кетиш кере чет элга ушетта хакикат бор
Hech qaysi yurtda davlatimizdek shart sharoit yaratib berisha olishmaydi.vaksina ni õzimiz sogligimiz uchun birinchi navbatda olishimiz kerak edi.prezidentimiz ham shu vaksinalar uchn qancha pul sarflaganlar, vaksina olganga 10 foiz chegrma demasa ham hechnima qlmasdik,kunduzgilar uchn ham sogligi ham kantrakidan chegrma böldiku
3 yildan beri deyarli kantrakimiz sezilarli darajada õzgarmayapti ,stependuani olib tashlab kata qulaylik yaratdilar
Xushnud aka bn qanday boglansa boladi
AXTAMOV OYBEK
Super kantrakga ham talim kredeti beriladimi
Талаба-магистрантман. Давлат ётоқхонасида турибман. Ётоқхона нархи 500 минг сўм ойига. Ётоқхона билан шартнома тузсам, менга ҳам тўлаб бериладими?
Va nihoyat kechkilarni oylaydiganlar ham bor ekan
Yusupova
Овозли чат килинса яхши боларди
Artur😏😉😏
Hammasi uchun Ollohga shukur qilish kerak. Hamma yurtda ham bunaqa shart sharoitlar yaratilgan emas
Assalom aleykum hammaga
Bugun Telegram kanallarda Yana "fake link" tarqala boshlandi Ehtiyot bo'linglar. "Makrodan aksiya" deb "So'rovnoma toldiring va linkni guruhlarga tarqating va Galaxy S21 yutib oldinggiz" deyapti
Ha yetim emas puli ko‘p deb o‘ylashadi
Haqiqatdan ham kechki va sirtqilardagilar ham talaba,ular ham (teng huquqli)o‘zbekiston fuqarolari?!
Shunchaki kechki va sirtqida o‘qiydiganlar odam emas.
Har qanaqa chegirmalar bo‘lsa ham kechki va sirtqi talim shakllarida qo‘llanilmaydi lekin kontrakt oshishi qo‘shimcha to‘lovlar bo‘lsa hammaga barobar OT Vazirligi tizimiga gap yo‘q 👏👏👏
T.S.X
Assalom alekum Xushnudbek aka. Sirtqi talimni online dep elon qilishdi. Axir online da o'qib bo'lmasligini barchamiz juda yaxshi bilamiz. Chekka viloyatlarda internet yaxshi emas. Bilim olish darajasi esa juda pasayib ketadi, talabalarning aybi sirtqi talimga kirganidami. Shu masalada kimga murojat qilish kerak. Sizdan shu masalada yordam berishingizni so'rayman. Men Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga sirtqi talimga kirganman. Nega bizga online bo'ladi darslar dep so'rasak perevod qilib kelgan talabalar juda ko'p ekan. Axir ular perevod qiliahgan bo'lsa ayb sirtqilarda emasku. Sirtqi talimda o'qidiganlar ham sifatli bilim olishlari kerak emasmi. Sizdan iltimos shu masalada yordam bersangiz
Bizda odam ajratish qonimizda. Qon bilan kirgan, jon bilan chiqadi deyishadi
Show next 67 comments