❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 19 more comments
Kunduzgidan sirtqiga kuchirish uchun ham super kontrakt tulash kk mi
Assalomu aleykum Britaniya menejment universitetidan diplomatiyaga perevod qila olamanmi
marjoon
Grantdan grantga yashash manzili ozgargani uchun perevot qilsa boladimi?
Rossiyadagi kuchli 1000talikdagi universitetdan kochirishda faqat bu yil imtiyoz qilinsin kelasi yildan ozlari biladi
Assalomu aleykum Xushnud aka oqishni kochirish davomidagi imtihondan otolmasa nima boladi avvalgi oqishida qoladimi yoki oqishdan xaydaladimi shu xaqda ham gaplashing keyin tabaqalashgan kantrak deganiga tushinmayapmiz shuni sorab bering iltimos.
Iltimos,Xushnudbek aka,savollarimizni hammasini o'qib eshittiring!
Raxmat sizga gap yoʻq
Yusuf Nurmatov
Qat'iyatsiz! PR chi vazirimiz Toshqulovning o'zlarining vaqti yo'qmikan?
%$$$$G.O'roqov@$$$$%
Assalomu alaykum. Men Toshkent davlat pedagogika universitetida maktabgacha ta'lim fakultetida oqiyman. Men universitet ichida boshlangich ta'lim fakultetiga kochirsam boladimi.
O'qishni ichki ko'chirishda,erini ish joyini ahamiyati bormi? Yani davlat tasarrufidagi ishxona bo'lishi kerakmi? Yoki hususiy korxonada ishlasa ham o'tadimi uzurli sababga?
Assalomu alaykum. Men Samarqand Tibbiyot Instituti Pediatriya fakulteti 1- bosqich talabasiman. Savolim shundan iborat ediki men Fargʻona viloyati Furqat tumanida yashayman va Andijon Tibbiyot Instituti Davolash fakultetiga oʻqishni koʻchirmoqchiman. Shuni amalga oshirsa boʻladimi
Алишер Одилов
Savolim ichki peravod haqida fakultetni ichida perovod qilmoqchi bulsam tuģridan togri buladimi masala arxeologiyadan tarixga
Bitta universtet ichida kechgi iqtisodiyot yo'nalishidan kunduzgi Buxgalteriya yo'nalishiga ko'chirish bepul amalga oshiriladimi?
Ichki perevot qanday fakultetning ichida ? Unga ham kantrak tôlanadimi
Ассалому алейкум Коракалпок давлат университетининг юриспруденция йуналишига укишни кучирмокчи эдим, аммо онлайн ариза топширишда сиртки йуналишда юриспруденция учинчи курси мавжуд булсада Transfer базасида юриспруденция йуналиши куринмаяпти.
Biz ulana olmasam Nima keragi bor ovozli chatni
F X Djumabayeva
Òqishimni kòchirmoqchi bòlsam sms kod kelmayaptiku
Ассалому алайкум саволим бор озимизда олий талим ичидаги кошма талимда окийотган талаба бошка олий муасисга перовот килса боладими болса кандай жавоб учун рахмат
Kim deb atash oʻzingizdan!
Assalomu alaykum chetdan uzbga perivod oladiganlar toʻlov qilishadimi va qayirga
Xorijiy OTM dan o'qishni kochirib otkazilganda
Qandaydir imtiyozlar bo'ladimi.
Show next 100 comments