❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
O'qishni kochirish ham pullik bopti . 48 million diyiwvottiku turdosh yonalishlagayam
Abduvaliyev Fayzullox
Assalamu alaykum.Men Buxoro tibbiyot institutida grand asosida óqiyman.Andijon davlat tibbiyot institutiga ózimni yónalishimga perevod qilmoqchiman.Bunda grandan kantrakt bb ótarkan.Chunki,moliyadan davlat institut un mablağ ajratarkan.Agar men granddan grandga perevod qilmoqchi bólsam 1yillik óquv yili un kantraktni institutimizga tólaab qolganini moliyadan Andijon davlat tibbiyot institutiga ótkazvolsam bóladimi?Granddan grandga ótishim un huquqiy maslahat bersangiiz.Javob un rahmat!!!
Assalamu alaykum men bir talay kursdoshlarim nomidan yozmoqdaman savolni ,savolim shundan iborat YODJU da o'qiymiz Xushnudbek bilasiz bu ninstitutda bilim juda yaxshi beriladi va o'qimaganingizga qo'ymaydi ,hammasi haqqoniy bizda hozirda institutda imtixonlar jarayoni ketmoqda ,vaqt juda oz ,to'g'ridan -to'g'ri perevot qilsa bo'lmaydimi.No davlat bo'lgani bilan o'zimizning o'qishdan qolishmaydiku,perevot qilmay o'qiyverar edik, ammo !oila budjeti ko'tarmayopti.Shu masalani ko'rib chiqishsa yaxshi bo'lar edi.Raxmat!
Salom man Jizzaxda 1kursni tamomladim oʻqiwimni Buxoroga koʻchirmoqchiman ota onam yashash joyi buxoroda dadam harbiy boʻlganligi uchun. Maning pirapiskam Qashqadaryoda savolim shuki pervodga toʻlov boʻladimi?
Assalomu aleykum. Men SamDTI da Davolash fakultetida o‘qiyman. O‘qishga imtiyoz asosida qabul qilinganman. Yashash joyim Namangan Samarqanda uzoqlik qilayapti. Shuning uchun o‘qishimni Andijonga ko‘chirsam Grant bb o‘tamanmi.? Iltimos savolimga aniqlik kiritib bersangiz. Oldindan rahmat.
assalomu alekum bir OTM ichida turdosh bo'lmagan yo'nalishga o'qishni ko'chirish tartibi qanday?
Ominaxon Xoshimova
Perevod qilish uchun onlayn ariza topshirishda talabadan qanday hujjatlar kk bo'ladi.
Паспорт и олдинги олийгохиздан рейтинг дафтарини нусхаси и ариза электрон нусхаси болиш керакишу и тулов 122.500
Sanjar Hayitov
Assalomualaykum yaxshimisizla ILTIMOS SHU SAVOLGA JAVOB BERINGLAR men BUXDU jismoniy madanyat fakulteti sport faoliyati kurash gurihida öqiyman öqishimni shu yerda JISMONIY MADANYAT SIRTQI talimga köchirmoqchiman shuni iloji bormi tartibi qanaqa böladi öqish joyimdan sörasam bölmaydi deyishyapti nechtadur fanim tög‘ri kelsa bölar ekan shu haqida ma‘lumot beringlar
Friendly
Assalomu alaykum hujjat topshirish pullik deyilgan edi ammo Hali habar kelmadi shu to'g'risida ham ma' lumot beringlar iltimos
Nega?
Assalomu alaykum. Ichki perevodlar haqida koʻproq maʼlumot berilar
Nargiza
Assalomu alaykum
Oʻqishni SamDCHTI dan Jahon tillari universiteti ga koʻchirgan da grant asosida oʻqiydigan talaba kontrakt boʻlib qoladimi javob uchun raxmat
Assalomu aleykum.

JUDA BAHSLI VAZIYAT BILMADIMU MANDAGI VAZIYATGA O'XSHASH SAVOL KO'RMADIM. ILTIMOS OXIRAGACHA O'QIB FIKRINGGIZNI AYTING. RAXMAT KATTAKON.

Men BuxDU ning kunduzgi ta'lim shaklida Iqtisodiyot va turizm fakuliteti Agrobiznes va Investitsion faoliyat yo'nalishida 1 kursni bitirib 2 chi kursga TDAU ( Agrar) Sirtqi ta'lim shaklidagi xuddi shu yo'nalishimda Agrobiznes va investitsion faoliyat yo'nalishida davom ettirmoqchiman.

Agrobiznes va investitsion faoliyat yo'nalishi O'zbeksiton bo'yicha 3 ta Universitetda bor.
1. TDAU ( Agrar ) da
2. TDAU Samarqand filialida
3. BuxDu da

O'zimni doimiy yashash manzilim Namangan viloyatida.

Iyee nega unda toshkentga ko'chirmoqchisan? Arzirli sababing bormi? Ko'rsatchi qani? Degan savollarga javob berishga harakat qilaman.

Men o'qishni shu yo'nalishda davom ettirmoqchiman. Shu sababli doimiy yashash manzilimga eng yaqin xududni tanladim.

Bu qarorga kelishimga asosiy sabablar.
1. Bu oilaviy xolatim. Uyda 3 ta farzandmiz eng kattasi o'zimman. Tezroq oilamga yordam berishim muhim shuning uchun ham sirtqi ta'lim shakliga ko'chirmoqchiman. Ham uyimga yaqinligi uchun tez tez borib turishimga ketadigan xarajatlar sezilarli darajada qisqaradi. Tez tez borib turishim ham muhim😔

2. Toshkentda qarindoshlarim bor. Buxoroda esa yo'q edi bu ham juda noqulaylik tug'dirgan.
Allohga shukur 1-yilni yakunladik. Oilamga yaqinroq xududda va shu bilan birga sirtqi ta'limda o'qish bilan birga yo'nalishimga mos bo'lgan Investitsionniy kompaniyalarda ishlab tajriba ortirish oilamga ham moddiy yordam berishim uchun bu ko'chirib o'tish amalga oshirilishini har tomonlama foydali deb umid qilaman.

3.Asosiy sabablarim deb oilamdan Buxorochalik masofada uzoqda bo'lmasligim deb bilaman. Chunki ularga juda kerakman. To'g'risi shu yo'nalishda ham o'z o'rnimni topishimga ishonaman va shuning uchun shunday tanlov qildim.

Shunga qanday javob olishim mumkin. Risk qilsam bo'ladimi. Agar o'xshamasa 2-yilni va qolgan yillarni Buxoroda davom ettirishimga to'g'ri keladi bu esa juda ham noqulaylik tug'diradi. Oshirilgan to'lov kontraktini to'lash qiyinlik qiladi yani undan ko'ra o'qimaganim xam yaxshi bo'ladi

Shu xolat bo'yicha aniq javob olish uchun kimga murojaat qilsam bo'ladi aytib yubora olasizmi.
Oldindan raxmat kattakon
Наргиза💫
Бу чати йозволинган овозини куйин илтимос тугагандан кейин
Abduraxim Karimov
Assalomu alaykum mani qizim oziq ovqat kimyo tehnologiya fakultetida uqiyidi shuni farmasiya fakultetiga kuchirsam qancha supper kontrakt tulaiman.
Shohrux
Perovot kiladigan talaba vaksina olishi kerakmi yo yoq
Allohga shukur
Salom. Koz kasalliklari boyicha nogironli bor bolalikdan umirbotlikacha. Kozida muammosi borligi sabab peddan maktabgachaga kochirsa boladimi. Yoshlar daftarida. Kelajakda ped bolib iwlasa korishi yomonlawib boryotkani sabab shu yonaliwni tanlasa.
Гофуржон
мен киргизистонда йуридискида укиман сиртки булимда озбекистонда йуридискини сиртки булими йуклиги сабаб тарих йуналишига перовот килса булами сиртки булимига рахмат сизга
Assalomu alekum Ichki ko'chirish haqida ham aytib o'tingizlar batafsilroq Javob uchun rahmat
Show next 100 comments