❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Assallomu allaykum
Men yengil sanoat konstruksiyasida grang asosida o'qiyman matematikaga o'zgartirsam to'lovi qancha va kontrakt asosida bo'ladimi? Jàvob uchun oldindan rahmat
Sirojiddin Ibragimov
Assalomu alaykum. Savolim quyidagicha edi: Doimiy propiskam Surxondaryoda. Men Toshkentda xususiy korxonada 6 yildan beri ishlayman. Toshkentda vaqtinchalik propiskadaman. Ayolim va singlim Termez davlat universitetida o‘qiydi. Doimo men bilan yashashadi. O'qish boshlanganda Termezda kvartirada turishadi. O'tgan o'quv yili qishki perevodida Toshkent o'quv yurtlariga o'tkaza olmadik. Bu yilgi perevodga xam xujjat topshirish niyatidamiz. Asosan perevod davlat ishida ishlaydiganlarga yoki doimiy propiskasi borlarga deb eshitib qolaman. Bunaqa xolatlarda perevod masalasini ijobiy hal qilishda qanaqa ishlar amalga oshirilayapti va biz undan qanchalik inson omilining egri ta'sirisiz foydalana olamiz?
𝓢𝓪𝓫𝓲𝓷𝓪
Nasiba
Univer bn gaplashdizmi?
Ha bugun borsam shunay dedi
Oldindan turdosh bo'lib kelgan yo'nalishlar noturdosh bo'lib qo'lishi g'alati emasmi?
Farrux Iskandarov
Assalomu aleykum Xushnudbek aka man ToshDO'TAUda O'zbek tili va adabiyoti fakultetida oʻqiman man NamDUga inyazga koʻchirmiqchiman xozir koʻchirsam 2- kursdan davom ettiramanmi yo yana brinchi kursda oʻqishim keremi
Gu'lnaz
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Savolim : Nimaga bitta shahar ichida ikkita oliygoh bo'lsa, perevod qiladigan yo'nalish ham turdosh bo'lsa, nimaga besabab va beto'lov perevod qila olmaymiz. Javob uchun oldindan rahmat!
Adolatxon Ermatova
O'zi Chet elda oqigan yaxshi bolib qolibdi. Chunki Chet Elga o'qishga kirish imtixonsiz. Yana perevod 66 ball Bizda esa o'tgan yili bunday past ball bilan umuman o'qishga kirib bolmasdi Shining uchun yoshlar o'qishga uncha tayyorlanmay qoyishadi. Kirolmasak Chet Elga kiramiz Deb.
Сиз кайси ешлар номидан езяпсиз, чет елда укиш анча кийн, киришга кира олар лекин бир йил укишни узи булмайди ушбу укув йилини епиш шарт, епмасдан кучира олмайсиз, талабгор карсиз булиши керак.
Salom Savol: man tashkent tibbiyot akademiyada tibbiy profilatikada o'qiyman lekin yashash manzilim Samarqanda Samarqanga ko'chirmoqchiman shunda tibbiyotdagi boshqa yo'nalishga ko'chirmoqchiman masalan pediatr yoki davolash shunda bu turdosh bo'ladimi hech qanday to'lov bo'lmaydimi agar man milliyda biologiya da o'qib tibbiyotga ko'chirganimda bu turdosh bo'lmasdi shunga to'lov belgilangan lekin bir medic insdan ikkinchisiga turdosh bo'ladimi shuni aytsayz iltimoss
Assalomu alaykum Xushnudbek aka Prezident qarorida o'qishini uzrli sabablar bilan o'qishini ko'chirayotgan hududida mos va turdosh ta'lim yo'nalishlar mavjud bo'lmagan holatda noturdosh ta'lim yo'nalishiga ko'chirish to'lovsiz amalga oshiriladi deb yozilgan. Buning tartibi qanaqa shu o'rinda bir taklif hozir talab yuqori bo'lgan axborot-kommunikatsiya sohasiga noturdosh ko'chirishni IELTS sertifikati sharti bilan uzrli sabablar asosida to'lovsiz amalga oshirish imkoni berilsin
Ассалому алайкум.Мен ТДТУ Олмалик филиали Металлургия факултетининг 1-курсини тамомладим(сиртки) Педагогикага утказишда тулов килинадими агар килинса канча микдорда?
$ ULUGʻBEK $
Xorijdan koʻchirish toʻlov boʻlayaptimi
ОдинаНуъмонжонова
Ассалому алайкум! Андижон Давлат Университети 1 курс Мактабгача таълим факультетида ўқийман (заочный) Бошланғич таълимга (заочныйга)ўткизсам яни ички перевод бўладими ии қанде қилинади супперконтракт тўланади дийиляпти узурли сабабга ота онами фамилиясигс ўтсам хам узурли сабаб бўладими рахмат олдиндан
Ички перевод хам супперконтракт бўладими
Assalomu alaykum Xushnudbek aka man Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Institutining Iqtisodiyot fakulteti Menejment yo'nalishi 1- kursini tamomladim. O'qishimni TDIU ning Iqtsodiy xavfsizlik yo'nalishiga ko'chirmoqchiman. Toshkentdan propiskam yo'q. Shunga turdosh bo'lganligi sababli TDIU da kvota bo'lsa propiskam bo'lmasa ham qabul qilishadimi? Javob uchun oldindan rahmat
Ехеее канча саволлар коп
Assalomu alaykum.

Maqsadli grandga qabul qilinganlar bir OTM dan boshqa OTM ga oʻtkazishlati mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa uning yoʻllari qanday?
Nasiba
𝓢𝓪𝓫𝓲𝓷𝓪
Ha bugun borsam shunay dedi
Mangayam shunaqa dedi. Ozroq uylab gapirsa bolarmidi. Faqat uzlarini manfaatini uylamasdan.
Assalomu alaykum men turmushga chiqishdan avval SamDU magistraturasiga o'qishga kirgandim, lekin homiladorligim sababli akademik ta'til olib 1-semestrni ham yakunlay olmadim, ilmiy ish mavzusi belgilangan bo'lsada u bilan bog'liq faoliyatni boshlamaganman o'qish davrida. Shu holatni inobatga olgan holda, o'qishimni doimiy yashash joyim hududidagi ADUga ko'chirishim mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat
Assalomu Aleykum. Meni savolim ancha uzun ovozli chatda navbat bersangiz yaxshiroq tushuntirardim. Yozgandan kora. Savolim juda muhim edi online ariza topshirish haqida tizimda menda chalkashlik yuz berayotganligi sababli edi. Iltimos, chatda navbat bering Xushnudbek aka
Assalomu alaykum yuridik universitetda sirtqi ta'lim ochilyapti shunda ta'lim shaklini o‘zgartirib bo‘ladimi?Ichki pervodni iloji bormi
Ichki perevod bir yo'nalishdan bowqa yonaliw kóciriw uchun tólov narxi kontraktning10 baravar owirilgani den belgilandi,ichki perevod uchun qimmatku bu
Show next 100 comments