❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
МЕХРОЖХОН АКБАРОВ
Ассалому алейкум ..углим Тош дав.кимё технология институт ЯНГИЕР филиалини НО ОРГАНИК МОДДАЛАРНИ КАЙТА ИШЛАШ ТЕХНОЛОГИЯСИ факултетини Сиртки 1- курсини тугатди .ШУНДА углим укишини ТОШ .ДАВ КИМЁ ТЕХНОЛОГИЯ ИНСТИТУТИГА ...ОРГАНИК МОДДАЛАРНИ КАЙТА ИШЛАШ ТЕХНОЛОГИЯСИ ФАКУЛТЕТИГА тугридан тугри .харажатсиз кучира оладими ( Сирткисига )...
Farangiz Abdullayeva
Nega chet eldan perevod oladiganlar super kantrakt tòlab òtadi bali yetmagan taqdirda. Òzb super kantrakt qila olmaganim ucn chet elga ketganmn . Yana endi super kantrakt . Shuncha pulni qayerdan olamz. Chet elda sarson bb begano joyda òqib yurganlar nechta . Nechta odam perevod olamn db umidvor bb yuribdi
Kursant _____
Assalomu alaykum
Men Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika astronomiya yonalishida oqiyman
Yashash manzilim Farg'ona viloyatida bolgani un Qoqon davlat pedagogika universiteti matematika informatika yonalishiga kochirsam tolov tolanadimi?
Saytga malumot kiritishda yashash joyidan hujjat joylash kkmi?
Fizika-astronomiya yonalishi bn matematika-informatika yonalishi turdosh yonalishmi
Здравствуйте, Я окончил 1 курс магистратуры направление Qiyosiy tilshunoslik(ingliz tili) в СамГИИЯ. Хочу перевестись на второй курс направления Лингвистика(инглиз тили) в моем же вузе, так как решил стать педагогом, а в моем регионе нехватка русскоязычных кадров. Диплом переводчика( коим является мое нынешнее направление обучения) в школах и техникумах не принимают. Возможно ли это без потери курса? Спсасибо за ответ
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga taklif;
Axborot-kommunikatsiya sohasiga noturdosh perevodni IELTS sertifikatini 1yil ichida olish sharti bilan uzrli sabablar asosida to'lovsiz ko'chirishga ruxsat berishingizni so'rayman
D.M.Abduraimova👩‍🎓
Assalomu aleykum man ichki perevod xaqida so‘ramoqchi edim Man Buxoro Davlat universitetida o‘qiyman yashash joyim Jizzax viloyati 1 kursni tugatdim Jizzaxda mani yo‘nalishim yo‘q ekan shuning uchun Gulistonga ko‘chirmoqchi edim bunda manda qanday imkoniyat yoki muammo bor ortiqcha to‘lov qilish kerakmi xudud boshqaligi uchun yoki propiskani Sirdaryoga ko‘chirishim kerakmi shuni so‘ramoqchi edim
😊😊
Assalomu alaykum.Men o‘qishimni Toshkentga ko‘chirmoqchiman sirtqidan kunduzgi bo‘limga.Yashash joyim o‘zgaryapti.Bundan buyog‘iga Toshkentda xolamnikida yashayman.Ammo Toshkent hali beri propiska bermaydi.Biz ko‘chirishda ro‘yxatdan o‘tganda Vazirlik yashash joyimiz o‘zgarganlik haqidagi xujjatni so‘ra nima taqdim qilamiz?
Meni sovalim shunan iboratki men hozr Farĝona Jomoat solomatligi tibbiyot instutida 1-kurs biotibbiyot muhandisligida yonalishida oqiyman meni yashash joyim Qoraqolpoĝiston Resp to'rtko'l tumanida yashayman meni yonalish bizda yoq yani Qoraqolpog'iston tibbiyot Institutida oshanga Farmasevtikaga perevod yozsam sabab bo'lib uyimni uzoqliki o'tadimi
Scorpion
Assalomu alaykum men buxoro tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti 1 bosqich talabasiman 2 bosqichni davolash fakultetidan davom ettirmoqchiman lekin bu fakultet menga noturdosh ekan 10 baravar kantrakt tòlovi juda qimmat bu notugri emasmi.Bu fakultetga uqishg kirishda bir xil fandan bulgandi imtihon 1 blok biologiya 2 blok kimyo lekin nega noturdosh.1 kursda xam bir xil fanlardan dars buldi bazi bir fanlarni xisoblamasa
Madrahimova Z. 52 DMTT 🤗Kasbim faxrim -yetuklik sari olg'a🤗
Assalomu alekum Xushnudbek,zarur mavzuni yoritganizdan hursandmiz.Savolim:Perevod bali yetmaganida super qilush deyoptilar uni 1,5 barobardan boshlanib bu qancha endi boquvchisi yuq talabalarga imtiyozlar bormi?shunga oydinlik qilib bersalar oldindan raxmat
Assalom aleykum Xushnudbek aka ,bitta OTM ichidagi turdosh yo'nalishni sirtqi talim shakliga perevod qilish uchun universitet masul xodimlari 84 mln tolaysiz deya talab qilishmoqda ,aslida ichki perevodga rostdan ham 84 mln pul to'lanadimi???
Ассалому алайкум Хушнудбек. Ички перевод ҳақида сўрамоқчи эдим. 2-босқични тугатган талабанинг ўқишини Француз тили ва адабиётидан инглиз тили ва адабиёти йўналишига (бир ОТМ доирасида) кўчириш тартиби ҳақида маълумот беринглар, илтимос. Олдиндан раҳмат!
Uqishni kuchirish vaqti pasport malumotimni xato kiritib quyibman qanday uzgartersa buladi
Hojiakbar Safarov
Assalomu alaykum.Nega Toshkent davlat agrar universiteti bn Guliston davlat universiteti Biologiya yo'nalishi turdosh emas,agrokimyo va agrotuproqshunoslik turdoshku.Agrardagi ikki yo'nalishda ham Biologiya kimyo fanidan imtihon topshirib kirganmiz
Meni qiziqtiradigan savol talim shaklini o'zgartirish kunduzgidan sirtqiga mos turdosh yo'nalishga ko'chirish qanday tartibda amalga oshiriladi javop uchun oldindan raxmat
Men NavDPI da o‘qiyman, aslida Qoraqalpoğiston Res. BERUNIY tumanidanman. URGANCH davlat Universitetiga ko‘chirmoqchi edm o‘qishni.Propiska bo‘lmagan lekin yashash hududiga yaqin oliy ta‘lim markaziga o‘qishni ko‘chirishda ham pulli bo‘ladimi? Shunga ikkilanyabman iltimos shu haqda ovozli chatda malumot bersayiz
Maxbuba
Assalomu alaykum savolim men o‘qish pulini to‘lamadim 28 07 gacha to‘lashi to‘g‘rimi
Assalomu alaykum
Õzbekiston Milliy Universiteti Geografiya kechgi rus gruppada 1-kursni tugatdim
Endi õqishimni òz viloyatimga kunduzgi Geografiya yònalishiga kòchirmoqchiman.
Lekin Qarshi Davlat Universitetida kunduzgi Geografiyasida Rus Gruppa yòq ekan .
Õqishimni Qarshi Davlat Universiteti Geografiya Kunduzgi Õzbek guruhiga kõchira olamanmi
Uzrli Sabab Bor Doimiy yashash joyimga kõchirqmoqchiman õqishni

Javob Uchun oldindan raxmat 👍
Madaniyat va San'at insitutida 1-kurs sirtqi talimni tugattim yashash joyim jizzax viloyatida jizzaxga òzbek tili va adabiyoti fakultetiga kunduzgiga perevot qilsam bòladimi?
Кредит модул тизимида турдош ёналишга перевод килганда гранд сакланиб коладими.
Qazogistonda uqiman wu yil perevot olmoqchiman perevot uchun kirdi chiqdi pechat kerakmi perevot uchun ijodiy imtixon topwiradiganladanam 3 ta majburiy fandan test olinadimi
Show next 100 comments