❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum, ukam Navoiy konchilik instituti, Konchilik ishi yo'nalishida o'qiydi, 1-kursni tamomladi. Qoraqalpoq davlat universiteti neft va gaz yo'nalishiga perevod qilsa bo'ladimi? Perevod qilishda super kontrakt to'lashi kerakmi? Kontrakt miqdori qancha bo'ladi?
Men buxoro tibbiyot institutining "Oliy hamshiralik" yunalishida grant asosida 2-kursni tugattim men oqishimni Surxondaryoga ko'chirmoqchiman ozim surxondaryolikman 2-ta farzandim bor, ammo surxondaryoda men oqiydigan yunalish yuq, yunalishimga turdosh bolgan yunalish ham mavjud emas, men oqishimni Tibbiyot oliygohining boshqa masalan davolash yunalishiga kochira olamanmi? Va bunda men maqsadli oqiganim uchun qancha miqdorda tolov amalga oshirishim kerak?
Men hozirda Namdu da o‘qiyman yashash manzilim Andijonda men o‘qishimni mos va turdosh bo‘lgan Adu dagi fakultetga ko‘chirib o‘tkazishim uchun sabab kerakmi.yoki sababsiz deb to‘lov qilishim kerakmi javob uchun oldindan rahmat
Assalomu aleykum va rahmatullohi va barakatuh meni savolim shundan iboratki boshqa fakultiteni fanlari bizi fanga mos keladigan yo‘nalishga perevod qilmoqchi edim lekin 46 mln cha pul ketarkin shu rostmi
Ассалому алеком Хушнудбек ака авалам бор биз учун шунча харакат қвотганиз бизларни қизиқтирган соволарга давлат мутасадиларини жалб етган холда жовоб беришга харакат қвотканиз учун каттакон рахмат Аллох сиздан рози булсин
Assalomu alaykum.Singlim Qirgʻiziston Dan musiqa taʼlimiga perevod qilmoqda.Musiqada oʻqiydi.Ijodiy imtihonlar tartibi ,ballari haqida ham maʼlumot bersangiz.Ijodiy imtihonlar uchun ham 66, 1 balmi oʻtish bali
Bobur
Salom yaxwimisiz Xushnit aka bu yil 105buladigan savolni 70taga qisqartirildi bunda savollarni qiyinlik darajasi haqida malumot uqimadim wu haqda tuliqroq malumot bersangiz 70ta savol buganda testlar soddalawadimi yoki murakablawadimi
Muzaffar Norqulov
Assalomualekum tepadagi gaplarga qushilgan Xolda meningxam bir kichkina savolim bor edi Men Samarqand viloyatida yashayman va SamDu 1kurs talabasiman men uzimning turdosh bulgan yunalishimga Mirzo Ulug'bek nomidagi Milliy Universiteti Jizzax filaliga uqishimni kuchirmoqchiman menda xech qanday sabab yuq shuning uchunxam super kontirak tulashimiz shartmi xay boshqa yunalishlarga bulsa ekan tugri tushunsa buladi lekin uzimizning yunalish bula turib tulov shart emasdir shu masalani yana bir bor kurib chiqishlaringizni surab qolamiz kontirakni uzi zurg'a tulayotgan bulsag qarangsizlar sal munday xammada shu muomma bulyabdi xech bulmasa uzining turdosh yunalishga shunday quyib beringsizlar ertaga ovozli chatda shu masaladaxam suz berasizlarmi shu muommanixam gapirib utizlar....
Ergashev Elshod
Turdosh yo'nalishlar yangi taxriri kimda bo'lsa menga tashlab beringla.
👉🏿👉🏿👉🏿👉🏿👉🏿👉🏿👉🏿👉🏿👉🏿👉🏿👉🏿👉🏿👉🏿Ассалому алейкум Хушнудбек ака саволим куйдагича эркин фикир билдиринг табакалаштирилган контиракни минимал микдори деганда энг биринчи келган фикирни айтинг ва узи ,,минимал’’ деган сузнинг ма’носинима шуни тулик тушунтириб 👈🏽👈🏾👈🏽👈🏽👈🏾👈🏽👈🏽👈🏾👈🏾сураб берсангиз
Ulugbek Khayrullaev
Assalomu alaykum men o'zim o'qiydigan Davlat OTM ichida sirtqidan kunduzgi talimga ko'chirsam bo'ladimi hozir 2-kursni tugatdim ko'chirsam (turdosh yo'nalishga)3- kursdan davometiramanmi yoki yana 2 -kursdan o'qiymanmi ,to'lovi yo'qmi?
Abu Tohir Anorbayev
Bir OTM ichidagi perevodda turdosh yo‘nalish uchun ham to‘lov qilinadimi?
Assalomu alaykum o'qishni ko'chirishdagi imtihonda IELTS bo'lsa 100% ball beriladimi chunki DTM imtihon qiladi DTM abiturientlardan olganida 100% ball berilgandi
Bobur
Xurshidit aka yuridik yunaliwning sirtqisidan kundizgiga perivod bulladimi javob uchun raxmat
......
Ички турдош булмаган переводлар хакида тушунтириб берсангиз имтихонлари хакида хам?
МАНЗУРА
Ассалому алейкум укишни кучиришда табакалаштирилган контракт минимал микдори 10 баравар жуда киммат Самарканд Давлат Архитектура ва курилиш институти иктисод факультетидан Тошкент Иктисодиет Университет га перевод 80 млн килиб белгиланган жуда кимматку яна контракт хам туланади бу 88 млн дегани.
Минимал микдорини хар бир ОТМнинг кириш баллига 1 балл етмаса суперконтракт 1,5 баравар этиб белгиланган шу энди минимал микдори хисобланмайдими?
Сиртки булимга кучириш хам жуда киммат
2)Саволим бор эди укишни кучиришда узрли сабаби булмаса,турдош булмаган ОТМга перевод килса буладими туловни амалга ошириб? Иктисод факультет дан Техника Университети интеллектуал мухандислик факультет га?
Илтимос Хушнудбек укам шу саволларимга хам жавоб топиб беринг олдиндан рахмат
Xorij OTMlaridan Top 1000 talikka kirgan universitetlani diplomi uzbekistonga utadimi
Meni sovalim shunan iboratki men hozir Farg'ona Jomoat solamatligi tibbiyot instutida biotibbiyot muhandisligi 1 kurs talabasi man
Meni yashash joyim Qoraqolpog'iston Resp To'rtko'l tumanida men ozlarimizga perevod qilmoqchi edm bizda biotibbiyot yonalishi yoq oshanga Farmaseftikaga perevod qilsam bo'lami sabab bolib uyimni uzoqligi o'tadimi
Iltimos sovalimga jovab yozing
Show next 100 comments