❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат
#кўпчиликсўраганэди
Эртага,
28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи
Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;
— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;
— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;
— ички «перевод»лар;
— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);
— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;
— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.
Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
FarDU ga musiqa ta'limi ga kòchirsam pullikmi?
Doimiy yashash joyim avval boshidanoq Farģona vil.da
Meni savollarim quyidagilar:
1.Agar talaba yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa yangi yashash joyidan ariza yoza oladimi ariza yozishdan oldin qancha muddat yashagan bo‘lishi kerak yangi yashash joyida (Tushuntirish uchun aytaman: Misol uchun Farg‘onalik talaba Termizda o‘qiydi. Ariza yozishga oz fursat qolganda ma'lum sabablarga ko‘ra Xorazmga doimiy yashash manzilini ko‘chirishga majbur bo‘ldi. Shu holatda Termizdan o‘qishini Xorazmga ko‘chira oladimi?)
2. Tibbiyot oliygohlari hamma viloyatlarda ham bor emas misol uchun Sirdaryoda yo‘q Sirdaryolik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida o‘qiydi o‘qishini Sirdaryoga yaqin hudud Toshkentga ya'ni Toshkent tibbiyot akademiyasini o‘ziga ko‘chira oladimi?
3.Arizalarni ko‘rib chiqish tartibi qanday bo‘ladi va ariza qabul qilingan yoki qilinmaganligi ariza topshiruvchiga qanday yetkaziladi va qancha muddatda?
4. Ariza yozishda to‘ldiriladigan bandlar orasida ''Asos bo‘luvchi qo‘shimcha hujjatlar'' bandi bor ekan shu joyga nimani yuklashimiz kerak iltimos batafsil ma'lumot bersangiz.
Oldindan katta raxmat
Savolim juda muhim iltimos javob bersangiz !
Men Termiz davlat universitetida buxgalteriya sohasini kunduzgi ta'limni 2-kursini tamomladim,o'qishimni iqtisodiyotni sirtqi ta'limiga ko'chirmoqchiman bazi muammolar sababli, aslida universitetimizda iqtisodiyot sirtqi yo'nalishi bor lekin transfer.edu.uz saytida yo'q ekan, sababi bu soha prezident qaroriga asosan kelganlarni jamlab ochilgan, shu sabab o'qishimni boshqa viloyatga iqtisodiyot sirtqi ta'limga ko'chirsam uzurli sabab hisoblanadimi,bizda yoqligi sabab, hech qanaqa to'lovlarsiz bo'ladimi, nima qilsam bo'ladi bu vaziyatda sirtqi talimga o'tkazmasam bo'lmaydi, javob uchun rahmat .
Savolim quyidagicha:
Misol uchun men Samarqand viloyatidanman
Chirchiq davlat universitetida sirtqi ta'lim yo'nalishida o'qiyman
"Nizomiy "ga perevod qilmoqchiman
Arizada qanday sabab keltirishni bilmayabman