❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
.............
yangi tasdiqlangan turdosh yunalishlar psixalogiyadan boshlangich talimga yoki boshlang'ich talimdan geografiya va iqtisodiy bilim asoslariga yunalishlariga kuchirsa 56000000 pul tulanadimi yoqmi
Assalomu aleykum mani savolim shuki perevotdagi imtihon jarayonida korrupsiya qarshi qanday choralar koʻrilmoqda yani hozir toʻgʻri aytish kerak pul bilan koʻchirib beraman deydiganlar koʻp uchramoqda
Assalomu alaykum, savolim shundan iboratki davlat granti asosida institutni tamomlaganman, menga hali diplomimni berishmagan (ko'chirma berishgan), men ikkinchi mutahassislik uchun o'qishga boshqa OTMga o'qishga topshirsam bo'ladimi? Agar mumkin bo'lsa hujjat topshirish uchun menga diplomimni asl nusxasi kerak bo'ladimi? Men o'qigan OTM diplomimni hozircha bermoqchi emas
Hammasi pul bolib yotibdi, nima foydasi bor, 2 marta duch keldim, 3 yildan beri
assalomu alaykum
òqishni chet el oliygohlaridan kòchirishda yurisprudensiya sohasining òtish ballarini
qachon bilsak bòladi
Assalomu aleykum!
Meni savolim quyidagicha:
Xorijiy OTM Yuridik fakultetidan perevod uchun aniq o'tish bali qancha va O'zbekiston OTMdagi qaysi yo'nalishlarga o'qishni ko'chirish mumkin?
Javob uchun oldindan katta raxmat.
Assalomu.aleykum mening o'g'limRossiya davlatida Ijrvskiy DAVLAT Tibbiyot akademiyasida 1kursni tugatmoqda perevod u.n hujjat topshirishda ariza pasport nushasi akadem.spravka bo'lishi kerak deyilmoqda akadem sprsvka o'rniga reyting daftarchasini taqdim etsa bo'ladimi ?
Ismoilov Ulugbek
Ассалому алайкум Хушнудбек укишни кучириш буйича тушунарли булди лекин мени бир саволим бор мен 20 йилдан ортик касб хунар коллежида укитувчи булиб ишлайман яни информатика ва кампьютер йуналиши буйича бугун 5 йил стажи бор укитувчилар хам сухбат ассосида укишга кабул килинади деб телеграм каналида укидим. Лекин масалани яна бир тамони мен кизиктирмокда хозирда казакистон республикасини чемкен давлат унверситетининг информатика йуналишини 1 курс талабасиман ва шу курсни тугатиб иккинчи курсига утдим мен агар тавсиянома олсам кучириш жараёнидан сухбат асосида утсам буладими
Нигора Эркиновна
Ассалому алайкум , мани саволим куйдагича: кизим Чирчик педогокига инситутида хорижий тил ва адабиёт кечки факультетида укийди , яшаш жойимиз Тошкент шахрида . Жохон тиллари хорижий тил ва адабиет кечкисига утказишим учун пул туланиладими? Жудаям йул кийнавоти хозирги пандемия пайтида транспорт йук илтимос жавобини кутаман
Assalamu alaikum men savolim
Tdpu sirtqi MVI birinchi kursni tugatim. pervod qimoqchiman tdpu kunduzgi MVI ga .
Pervoda imtihon bilan to'lov bulami shu savolim?????
Assalomu alaykum . Ped institutdan meditsenaga perevod masalasi haqida malumot bering iltimos .
Assalomu alaykum, men Toshkent davlat transport universitetida Sirtqi boʻlim Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlari boʻyicha) yoʻnalishda 1kursni bitirdim, men Fargʻona davlat universiteti Fizika yoʻnalishiga ko'chiraman desam yoʻnalishlar guruhi farq qilyapdi, demak to'lov toʻlab o'tiladimi? Yashash joyim Fargʻona viloyati Rishton tumani.
Assalomu alaykum. Men Toshkent Kimyo Texnologiya Instituti Shahrisabz filialida Kimyoviy texnologiya ishlab chiqarish turlari bo‘yicha fakultetida o‘qiyman. Men Farg‘ona Davlat Universitetiga kimyo pedagogika yo‘nalishiga ko‘chirmoqchi edim. Bu ikki yo‘nalish turdosh hisoblanadimi. Agar turdosh hisoblanmasa tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovi miqdori qanday bo‘ladi. Iloji bo‘lsa Tabaqalashtirilgan to‘lov miqdorlari haqida haqida ma'lumot bersangiz.
Assalom alekum Xushnudbek aka ertangi ovozli chatda chet mamlakatning tibbiyot oliygohidan uzimizni tibbiyot oliygohiga uqishini kuchirishda test sinovidan qancha ball tõplash kerakligi haqida ham surab bersangiz oldindan rahmat 🙏🙏🙏
Assalomu alekum!!!
Men TDTUda (Neft gazkimyo sanoat texnalogyasi) da tahsil olaman uzim uqiydigon unverstet ichidagi turdosh guruhga pervot qilmoqchi edim ya'niy (Neft gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish) uzim yashab turgan hududa bu yónalish yóq.
Qolaversa biz imtihon topshirgan mahalda bu umumiy bitta yónalish edi ya'niy, Neft gaz ishi (faolyat turlari bóyicha) edi keyin bizni neft sohasi bóyicha har xil yónalishlarga bólvorishti men uzim qiziqan sohaga emasa aksincha boshxasiga tushdim shunga qanday sabab keltirishim mumkun .siz xalqni dardini eshitasiz iltimos Xushnudbek aka murohatimga uz munosabatingizni bildorishingizni sórayman.
Ismoilov Ulugbek
Агар шу саволимга батафсил жавоб берсангиз жуда хурсан булардим олдиндан рахмат Исмоилов Улугбек
Assalomu alaykum
Men òqishimni kunduzgi talim yunalishidan sirtqiga òtkazmoqchi edim hizir òzim òqiyotgan yònalishmga
Buning uchun ham imtihon olinadimi va tòlov qilamanmi?
Javob uchun oldindan raxmat
Дилдора Абдурахмонова
Ички перевод хакида айтинг
Gulboyev Dilshod
Men hozirda Xorazm viloyatidagi TATU Urganch filialida tahsil olaman doimiy yashash manzilim Surxondaryoda. Oilam temir daftarga kiritilganligi sababli menga yotoq joy muammosi va moddiy taraflama qiyinchilik bulayapti, shuning uchun men o'qishimni Toshkent TATUga ko'chirmoqchiman chunki Toshkentda amakimdi o'g'lini uy joyi bor va Toshkentda doimiy ro'yhatdan o'tgan. Agarda Toshkent ga ko'chirsam menda yotoq joy va moddiy taraflama yengilik va muammo bulmas edi. Lekin bir tomoni borki bizdi viloyatga TATU Qarshi filiali yaqinligi uchun arizamdi bekor qilishi mumkun. Qarshiga ko'chiray desam meni u yerda qarindoshim ham tanishim ham yoq Qarshida ham yotoq joy va moddiy taraflama qiynalaman. Yoki arizamda shu aytib o'tgan muammolarimni kiritib o'tsam istisno tariqasida tabaqalashtirilgan kontraktsiz qabul qilinadimi? Shu masala bo'yicha yordam bersangiz. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Gulboyev Dilshod.
Show next 100 comments