❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Azizbek
Sentyabrgacha chiqadi qaysi oliygohga yozgan bo'lsayiz o'sha yerda ism familiyalar chiqadi
assalomu alaykum! men ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha Buxoroda o‘qiyman, o‘zim Qarshida turaman Qarshiga ikkinchi mutaxassislikka perevod qildirsam bo‘ladimi, turdosh yo‘nalishga bepulmi?
MuRaD
Xushnudbek Aka Yuristprudensiya o'tish ballari necha bal bo'lishiga aniqlik kiritib bering
Azizbek
Uzr xato ketibdi
Assalomu alaykum. Biologiyadan sertifikat javoblari qachon chiqar ekan.
Taajus - sunnax🦁
Yurisprudensiya va tibbiyot yònalishlari uchun òtish ballari nechi bòldi???
Yurisprudensiya: xalqaro huquqdan (tashqi perevod nazarda tutilgan)
Yurisprudensiya: jinoyat -huquqiy faoliyatga kòchiraa bòladimi?!!
assalomu alaykum! men ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha Buxoroda o‘qiyman, o‘zim Qarshida turaman Qarshiga ikkinchi mutaxassislikka perevod qildirsam bo‘ladimi, turdosh yo‘nalishga bepulmi?
Chet el unversitetlariga oʻqishga kirish oson ammo oqish qiyin juda bizlarda abituriyentlarning oʻqishga topshirish va imtihondan oʻtish jarayonlari juda shov shuvli boʻlib ketmoqda eng avvalo yanada shunday holatga guvoh boʻldim bir oila 3 ta bola oʻqishga topshirayapdi aksariyat oilalar faqat dadalari ishlaydi ayni pandimiya paytida ota nima qilishi kerak qaysi bolasiga san topshirma deya oladi bizning yurtimizda bilim olish bepul lekin imtihon kirib chiqish uchun yildan yilga toʻlov miqdori oshirilgan tartiblar belgilanmoqda bir oiladan 3-4 bola topshirayotgan larga yengillik qilinsa yaxshi boʻlar edi.
assalomu alaykum! men ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha Buxoroda o‘qiyman, o‘zim Qarshida turaman Qarshiga ikkinchi mutaxassislikka perevod qildirsam bo‘ladimi, turdosh yo‘nalishga bepulmi?
MANSURBEK.COM.
АССАЛОМУ алекум
Shayixnazarovna
Assalomu alaykum singlim Urgancha davlat universiteti Bioinjeneriya va oziq-ovqat fakulteti sabzavotchilik yo'nalishida o'qiydi bu yil 1-krusni tugatdi oilaviy sharoitimiz to'g'irlashmaganligi Ota-onam hozirda ishsiz dadamning belida grijasi bor ishlolmaydi davolanmoqda shu sababdan o'qishini sirtqi ta'limga ko'chirmoqchi.Ammo Urgancha davlat universiteti Bioinjeneriya fakultetini sirtqi yo'nalishlari yo'q Toshkent agrar institutini sirtqi yo'nalishiga ko'chirgan taqtirda ham 1oy o'qib kelishi uchun kvartira oziq-ovqat bordi keldiga anchagina pul sarflanadi shuning uchun Urganch davlat universitetida biologiya va tuproqshunoslikni sirtqi ta'lim yo'nalishlari bor shulardan biriga o'qishini ko'chirsa bo'ladimi. Yuqorida aytib o'tilgan sabablarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilsak hech qanday super-kontraksiz o'qishini ko'chirsa bo'ladimi
Asalom alaykum yaxshimisiz mening savolim shunday men Sharqshunoslik unvestet siyosatishunoslik yo'nalishda o'qiyman asli Samarqandlikman men SamDUga pervod olsam uzurli sababi bilan qaysi yo'nalishga pervod bo'laman yurispedensiyagami yo tarixga chunki SamDUda mening mos va turdosh yo'nalishim yoq ekan shuni aniqlik kiritib bera olmaysizmi
Assalomu alaykum. Men Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filialida maqsadli grand asosida o'qiyman. Hozir doimiy yashash joyim Sirdaryoda. Men Toshkentga o'qishimni ko'chira olamanmi?
Òqiwni kuciriw bali 61.1 qilib belgilanibdi bu qanaqa axmoqgarcilik utgan yili 5/6 yil tayyorlanib ikki barobar kòp 125 ball tuplagan abuturent kirolmay bu yil ham tayyorlanib yuribdi
Qani adolat qani
Bu qarorni ciqarganlani uzi oliy malumotlimikin wubham bor
assalomu alaykum! men ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha Buxoroda o‘qiyman, o‘zim Qarshida turaman Qarshiga ikkinchi mutaxassislikka perevod qildirsam bo‘ladimi, turdosh yo‘nalishga? bepulmi?
Show next 100 comments