❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Н.Э
Assalomu alaykum 4-kursga òtgan talaba oqiwini perevod qilsa 2-kursdan qayta oqiydimi yoki 3-kursdan?
Assalomu alaykum perevot buyicha ariza yuborganmiz sayt orqali lekin hech qanday javob qaytmayapti haligacha tastiqlangani haqida
2 chi savol davlat otm da uqayotgan legotasi bor yaniy 2 guruh nogironi ular uqishni kuchirsa budjet da uqisa budjet GA utadimu
Assalom Alaykum Xushnudbek aka. Viloyatda yashaydigan lekin poytaxtda o'qiydigan talabalar poytaxt unversitetlarini o'zida turdosh yo'nalishga ichki perevod qilsa bo'ladimi yoki bunga ham uzrli sabab kerakmi. Masalan men O'zMUda Arxivshunoslik yo'nalishida o'qiman fakultetni o'zida Tarixga perevod qilsam bo'ladimi
Хожиева Нилуфар Махкамовна
Ассалому алайкум бизни яшаш манзилимиз Андижон вилоятида кизим Фаргона Политехникада Енгил саноат булимида 1 боскичида укийди шу укишини АДУНи математика ва информатика кучирсам буладими кучирсам 1марталик супер контракт нархи канча 56миллион ва йиллик шартнома пули буладими шу 1 марталик супер контракт пулини бир йилда еки 2 йилда туласам буладими пулни тулашимиз учун имтиезли давр кушиб бериладими Жавоб учун рахмат
Xayrli tong
Assalomu alaykum Xushnudbek
Òģlim Qishloq xòjaligi mevachilida 1-kursni tugatdi shu talim ichida iqtisodga kòchirsa qanday bòladi tòlovi qancha
Oldindan rahmat
Assalomu aleykum. Men o‘qishimni turdosh yo‘nalishga ko‘chirmoqchi edim. Lekin 2-kursga o‘qishga to‘g‘ri kelib qolsayu men xohlamasam o‘z o‘qish muassasamda qolishga haqqaim bormi yoki o‘qishimni ko‘chirgan muassasamda 2-kursdan o‘qishga majburmanmi?. Javob uchun oldindan raxmat.
Assalomu aleykum. Men hozirda Qozogʻistonning Almati iqtisodiyot va statistika akademiyasida birinchi kursni tamomladim oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirmoqchiman men oʻqish davomida masofadan oʻqidim yani Qozogʻiston ga borolmadim karantin sabab.
Baʼzi manbalarda oʻqishni koʻchirish uchun kamida 2 yoki 3 marotaba oʻqiyotgan joyiga borishi kerakligi aytilgan shu masalada oydinlik kiritib bersangiz
С.Э
Ассалому алайкум синглим Киргизистондаги И.Арабаев Университетини бошлангич таълимини 1-курсини тамомлади Узбекистонга НамДУга тасвирий санъат йуналишига утказа оладими жавоб учун олдиндан рахмат.
🌼Ganjina🌼
Assalomu aleykum Men SamDU ni Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo'nalishi ni 1kursini tugatdim endi biologiyaga turlar bo'yichaga pervod olsam bo'ladimi javob un oldindan rahmat
Aliboyev Boyto'ra
Ug‘lim Tojikistonda rus tili letiraturasida o‘qiydi o‘shani man O‘zbekistonga uz letga perevod qila olamanmi rahmat
Assalomu alaykum, Xushnudbek aka, yaxshimisiz?Yashash joyim Qashqadaryo viloyatida.Sizga savolim bor edi.Bo'lg'usi turmush o'rtog'im SamDU da kunduzgi ta'lim shakli Ijtimoiy ish yo'nalishida o'qiydi,mana shuni turdosh bo'lmagan yo'nalishga,masalan, Filologiya va tillarni o'qitish(o'zbek tili) yo'nalishiga ko'chirmoqchimiz,to'lov miqdori qancha bo'ladi?O'zim O'zMU da 2-bosqich magistrantman,hali nikohdan o'tmaganmiz, lekin avgustning oxiriga to'yni qilmoqchimiz, shunday holatda bo'lg'usi turmush o'rtog'imning o'qishini Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalariga ko'chira olamanmi?
Assalomalekum Xushnudbek aka Men Qoroqolpaqiston davlat universitetida oqiman ozim Samarqandan man Samduga pervod qilsam boladimi viloyatdanligim sabab bololadimi
Assalomu alaykum pasport nusxasi sõralgan joyiga pasportning rasmga olib joylasa bõladimi
Assalom aleykum. Ikkinchi mutaxassislikka xujjatlar topshirish haqidama'lumot berolasimi va qachondan boshlanadi.
Assalomaleykum magistraturada o'qiyotgan talaba Toshkentdagi otmdan Surxondaryodagi otmga
Assalom alaykum men Samarqand Davlat Tibbiyot institutida o'qiyman. Yashash manzilim Sirdaryo viloyatida Sardoba tumani.Bizning viloyatda tibbiyot oliygohi bolmaganligi sababli O'qishimni Sirdaryo viloyatiga yaqin bolgan Toshkent tibbiyot Akademiyasiga ko'chirmoqchiman. Meni Samarqand shahrida hech qanaqa qarindoshim yoki tanishim yoq.Hozirda oilamizdan 2 kishi to'lov shartnoma asosida ta'lim olamiz.Uydagilarim hattoki kvartira uchun ham mablag'ga qiynalishyapti. Men Toshkentga o'qishimni kochirishimdan maqsad yaqinda Sirdaryo voloyatiga kochib keldim va Toshkentda yaqin qarindoshim -tog'amni uylarida yashayman.Men o'qishimni kochirish bepul boladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum pasport nusxasi sõralgan joyiga pasportning rasmga olib joylasa bõladimi
Assalomu alaykum pasport nusxasi sõralgan joyiga pasportning rasmga olib joylasa bõladimi
Assalomu Assalomu, bir OTM Ichida bir fakultetdan boshqa fakultetga Peravot qilmoqchi edim.bunday holda Qanday sabablar keltirilganda uqishni Kuchirishga Ruxsat etiladi
Show next 100 comments