❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Salom men Fargonadanman hozirda Toshkent Kimyo texnologiya instituti Oziq Ovqat xavfsizligi fakultetida tahsil olaman va shu ôqishimni Fargona Jamoat Salomatligi instituti Jamoat Prafilaktikkasi yani SES yonalishiga perevod qilsam boladimi. Bloklar bir hil Kimyo Biologiya . Javob uchun raxmat iltimos ôqib eshittirishingizni so'rab qolaman .....,..........,.....,....,............. .
mehribonim1202
Turdosh bo'lmagan yo'nalishiga imtixon orqali qilishingizni so'rayman chunki bu yerda puli ko'pla yaxshi joylada o'qiydi bilimi borlar esa chetda qolib ketyabdi.İltimos shu taklifimni bir ko'rib chiqsela.
Amanov_M
Asalomalaykum Meni yashash joyim jizzah viloyatida Andijon davlat unverstetida 2 bosqichni tamomladim òqishimni ÒzMU ga pervot qila olamanmi tòlovi yòqmi? Jovob uchun oldindan raxmat
Muxlisa Axmedova
Assalomu alaykum. 1-kursdan keyin Nukusdan Urganchga o‘qishni ko‘chirishim mumkinmi, grand edim qay ko‘rinishda bo‘ladi.Doimiy yashash joyim Xorazm ligi sababli grant ni saqlab qola olamanmi yo kontraktga tushamanmi. (men o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida o‘qiyman UrDUda esa filologiya fanlarini o‘qitish :o‘zbek tili bu ikkalasi mos ta‘lim yo‘nalishimi) Javob uchun oldindan rahmat.
Shodmonqulov
Assalomu aleykum xorij universitetdan mahalliy o'quv yurtlariga o'qishni ko'chirish tartibi qanday tartibda bolishi haqida ma'lumot bersangiz toliqroq, 5ta fandan boladimi?
Assalomu Alekum men Qirģizistonda Yuridikada òqidim edi Òzbekistonga Tarix fakultetiga perivod qilsam bòladimi
@@@Мунира@@@
Ассаломуалайкум қизилга битириб бошка юртларда ўкиб юрган ёшларга хам Ўзбекистога кўчириш учун қандайдир имкониятлар бериладими? мактабда аъло бахога ўқиган ёшларимиз хозирда ўзимизда эмас бошқа юртларда ўқиб юрушибди.
Assalomu alaykum!!! Men O'zDJTU da kechki bo'limda o'qiyman!!! Kunduzgiga perevod qilaolamanmi shu O'zDJTU ni o'ziga?! Kechkiga topshirganman biroq sharoitim va ayrim shaxsiy sabablar tufayli o'qishimni kunduzgiga o'tkazishim shart!!! Javob uchun oldindan Rahmat
Assalomu aleykum singlim toshkent davlat iqtsodyot unversteti Samarqand filyalida stastika ( tarmoqlar va soxalar) yo'nalishda o'qiydi biz lekin Toshkendanmiz biz toshkent iqtsodyot unverstetning stastika (tarmoqlar va sohalar) vakultetga emas iqtsodyot ( tarmoqlar va sohalar) vakultetiga ko'chrmoqchmiz bu super kontrakt asosida ko'chadimi yo shundey ko'chrladimi javob uchun oldindan rahmat
☪️
Ассалому алайкум. Ман Самарқанд шахрида ўқийман. Яшаш жойим - Фарғона. Гап шундаки, Фарғонада ўқишимга турдош йўналиш мавжуд эмас. Мен ўқишимни нотурдош йўналишга супер-контракт тўламасдан, ўзим яшаётган ҳудудга кўчира оламанми?!

Жавоб учун олдиндан раҳмат!
mehribonim1202
Mamlakatimizga yaxshi yetuk mutaxassis kerak hoz bilimi yuq talaba super kontrakt to'lab yaxshi yo'nalishiga perevod qilib oladi ln bilimli talaba bilimiga ishonib qolib ketaveradimi.Bilimsiz kelajakdayam puliga ishonib qolsa qanday qilib ishlaydi.O'zi shuncha bilimsiz mutaxassisla yetadi
Sobirjon Beganov
Assalomu aleykum . To‘lovlar haqida batafsilroq ma‘lumot bersangiz .
Assalomu alekum men hozirda Fargona Davlar universiteti biologiya yo'nalishida oqiyman . Men Oqishimni Fargona Jamotchilik Salomatligi institutiga ko'chirmoqchiman lekin yaqinda chiqan super kontrakt miqdorida pul to'lash qarori meni juda o'ylantirdi . Bu pulni oddiy xalq tololmaydiku yaxshi joylrda va qiziqqan sohasida faqat puli borlar oqishi kerakmi . Imtixon bilan o'tkizdirishsa yaxshi bolardi .yoki tolovni kamatirishssa Iltimos shu haqida o'ylab korselar .
Assalomu alaykum. Xoriji OTM lardan perevotga arizalar qabul qilinmoqda ammo haligacha tolov qilish uchun hisob raqam berilmayapti. Buning sababi nima va qachondan tolov qilish mumkin? Shuningdek xorijiy otm lardan perevot boyicha imtihonlar qachon va qay tartibda boladi shu haqida ham ma'lumot bersangiz. Javoblar uchun oldindan rahmat
Undan ko'ra DTM birinchi smena vaqtini 7:00 Dan 8:00 ga ko'chirsin O'zbekistonda rasmiy ish vaqti 8:00 da boshlanadi axir
Bular chekka hududlarda yashaydigan abituriyentlarni o'ylashadimi o'zi buning ustiga karantin bo'lsa 5-10 ta bo'livolib bitta xonada(kvartirada)turish mantiqsizlik
Assalamu alaykum Xushnudbek aka. Sizga perevod masalasida murojaat qilmoqchi edim. Oliy ta'lim vaziri A. Toshqulov bilan bo'lgan suhbatizda "Ўқиши кўчирилиши рухсат этилган талабани курсини белгилашда мутахассислик фанлари фарқи солиштирилади ва бунда, талаба қарздор бўлган фан ҳам инобатга олинади. Фанлар фарқи 4 тадан ортиқ бўлган ҳолатда талабанинг ўқиши муайян курсга тавсия этилмайди"

Shu haqida aytib o'tilgandi. Men 2 ta fandan qarzim bor, lekin oliy ta'limdagilar bu haqida qaror chiqmaganligi uchun perevod bermaymiz deyishyapti.  Sizdan iltimos, shuni qarorini tashlab bersangiz. 5- avgustda online ariza yozish muddati tugaydi. Shu masalada yordam berishingizni so'rayman
🌸 Durdona 🌸
Assalomu alaykum. Magistraturada otmlardagi turdosh yonalishlar royhatida biogiya va dorivor osimliklarni yegishtirub va qayta ishlash texnologiyasi yonalishi turdosh deb yozilgan. Otmlardagi turdosh yonalishlarda noturdosh bolib qolgan. Shuni tushuntirib berishizzi xohlayman.
36-мактаб САЛОМОВА ДИЛФУЗА
Assalomu alaykum.Qizim Nizomiydagi 'Matabgacha ta'lim" yo'nalishida o'qiydi,lekin'Lobopediya va defektologiya"yo'nalishiga o'qishini ko'chirishni xohlayapti.Tartibi qanday bo'ladi.
Assalomu alykum men ADU da chet tillar fakultetida o'qiyman yashash joyim namanganda otam 2-guruh nogironi shu sababli men o'qishimni NamDU ga filologiya fakultetiga yani ona tiliga ko'chirsam bo'ladimi oldindan rahmat Qo'chqorova Guljaxon
Show next 100 comments