❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Onlayn ariza topshirganmiz. Javoblari qachon e'lon qilinadi. (Perevod uzrlik sababga kiradi) Ortiq
Ahrorbek Ahmadaliyev
Assalomu alaykum, Men FarDUda sirtqi ta'lim shaklida (yo'nalish: Filologiya tillarni o'qitish: o'zbek tili) 3-bosqichga o'tdim. Men FarDUning kunduzgi ta'lim shakli(Filologiya tillarni o'qitish: ingliz tili)ga o'qishimni ko'chira olamanmi? Va ko'chira olsam, o'qishni nechanchi kursdan davom ettirman?
🦅Ali Raxmanov
Assalamu alaykum Xushnud aka. Men buxoro davlat universitetida o'qiyman. Fanlardan qarzim bor. Perevod qila olamanmi?
Assalom alekum! Savolim õqishni kóchirishdagi 5ta sabab haqida.
Talaba ôz viloyatida ôqisa, lekin ôzining ishi boshqa viloyatga ózgargan bólsa, aytaylik davlat ishida emas u .sirtqida ôqiydi darsdan bósh vaqtlarida xususiy firmalarda oddiy ishchi bôlib ishlasa, ósha ishlayotgan shahrida rôyxatga ham qoyilgan bôlsa. U ôqishini hozir ishlab turgan shahriga kôchirib ketoladimi?
Bu ham uzurli sabab hisoblanadimi?
Normatova Muxlisa_105
Assalom alaykum men Toshkentda uqiyman Toshkentda uqishga oilaviy sharoitim biroz yetishmayapti shuning uchun uz viloyatimga uqishimni kuchirmoqchi edim turdosh yunalishlar ruyhatidagi bir guruhda turgan boshqa yunalishga pervod qilsam supper kontirak bulib qolmaydimi
Ассалому алайкум Хушнудбек мени кизим КДПИ нинг инг тили йуналишини 2-курсини битирди. УЗИ рус тили ЙУНАЛИШИГА укишга кирган Эди утган йили пандемия даврида инг тилига перевод килганди. Узи кизиккани учун перевод килганди,лекин инг тили йуналишида укишга кийналди, кайтиб узини ЙУНАЛИШИГА перевод КИЛСА буладими, 3-курсдан .
̲̲̲ ̲̲̲﷽̲̲̲ ̲S̲ล̲δ̲r̲.̲.̲❤
Assalomu alaykum men Samarqandda oqiman bu yil ozimni viloyatimga kochirmoqchiman jizzaxga lekin jizzax OTM laridan turdosh yonalish topaolmadm shuning uchun shunga yaqin yonalishga yozdm bunda perevot boladimi hech qanday summasiz
SITORABONU
Assalomu aleykum
Assalamu alaykum Xushnudbek aka. Sizga perevod masalasida murojaat qilmoqchi edim. Oliy ta'lim vaziri A. Toshqulov bilan bo'lgan suhbatizda "Ўқиши кўчирилиши рухсат этилган талабани курсини белгилашда мутахассислик фанлари фарқи солиштирилади ва бунда, талаба қарздор бўлган фан ҳам инобатга олинади. Фанлар фарқи 4 тадан ортиқ бўлган ҳолатда талабанинг ўқиши муайян курсга тавсия этилмайди"

Shu haqida aytib o'tilgandi. Men 2 ta fandan qarzim bor, lekin oliy ta'limdagilar bu haqida qaror chiqmaganligi uchun perevod bermaymiz deyishyapti.  Sizdan iltimos, shuni qarorini tashlab bersangiz. 5- avgustda online ariza yozish muddati tugaydi. Shu masalada yordam berishingizni so'rayman
SITORABONU
Tavsiyanomani qanday olsa buladi
Assalomu alaykum, men chet el universitetida o'qiyman, transfer.dtm.uz ga murojaat qildim, lekin hujjat to'g'ri topshirilganmi yoki mening arizam qabul qilinganmi, bilmayman, to'lov kvitansiyasi arizadan keyin berilishi kerak edi, lekin kvitansiya chiqmadi arizani qabul qilish vaqtigacha ulgura olamizmi.Iltimos perevod hujjatni topshirish bo'yicha yo'riqnoma shaklllantirsangiz
Artiqov
Кандай сабаблар билан стрижки таьлимдан кундузги таьлимга кучириш рад этилади.
Assalomu alaykum men Toshkent davlat pedagogika unverstitetida defiktalogiya kechki yõnalishida õqiyman xudi shu unverstitetga va xuddi shu defiktalogiyaga kunduzgisiga pervot qilishim uchun ham keltirilgan 3 sabab tõg'ri kelmasa kontrak tõlab õtamanmi?
Artiqov
Кечирасиз сиртки таьлимдан
Assalomu aleykum.Xorijiy davlatdagi OTM dan o'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talabaning IELTS sertifikati bòlsa,O'zbekistondagi OTM qabul uchun bo'ladigan test sinovlariga ta'siri bormi?Ya'ni blogida ingliz tili bo'lsa ball qo'shiladimi yoki IELTS sertifikatini perevodga aloqasi belgilanmaganmi?
☘︎Нигора Бахриддиновна☘︎
Assalomu alaykum ,hammaga xayrlı kech,men chetdan öqishni kôchirish uchun arıza topshirdim.Unda hech qanday tölov söralmadi.Lekin chetdan öqishni köchirayotganlar 122,500 miqdorida tölov qilishlari kerak degan xabarni eshitgandim.Shu haqida ma'lumot bersangiz.Javob uchun oldindan minnatdorman
Shoxrux Sharipov
2-kursni bitirib yani 3-kursdanxam perevot qilsa buladimi oldindan raxmat
⁉️⁉️⁉️⁉️Assalomu alaykum Xushnudbek aka pervod qilish un faqat 1000 talikga kirgan institut studentlar peervod qilolishadimi.
2.Transfer.dtm.uz saytidan roʻyxatdan oʻtib boʻlmayopdi roʻyxatdan oʻtib arizalarimga kirsak bizlarga servisda ichki xatolik yuz berdi deb chiqayopdi xatolik shu masalalar boʻyicha DTM maʼlumot berilmayopdi Oliy taʼlim bn bogʻlanib boʻlmaydi
Biz studentlar kimga murojat qilishimiz kerak 1 haftadan keyin qabul tugaydi keyin foydasi yoq rahmat javoblaringiz un.🙏
2 smestrda 2 fandan qarzdorligim bor perevod qilsam boladimi, amaliy matematika yonalishidan axborot tizimlari va texnologiyalari yonalishiga perevod qilmoqchidim lekin universitetdagila turdosh talim yonalishi emas deyishdi bu qanchalik togri lekin xozirgi turdosh talim yonalishlar royxatida bir gruhda turibdi ikkalasi ham keyin talim tilim rus shuni ozbekka kochira olamanmi
Abdusamad Abduqaimov
Assalomu aleykum Xushnudbek aka.Men ADUda Pedagogika va psixologiyada sirtqida oqiyman.oqishimni oz‘ yo‘nalishimni kunduzgisiga otkizsam boladi.Yani mosiga. Xech qanday tolov bolmaydimi.Javob uchun oldindan raxmat
Show next 100 comments