❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Salom. Men TDPU Shahrisabz filiyalida 1-bosqichni tugatdim. Meni yo‘nalishim o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili. Bu yo‘nalish men yashaydiga hudud yani samarqandda yo‘q. Lekin men samarqandda o‘qishni istayman. Bu u.n uzurli sababim ham yo‘q. Shu sababli meni perevotim qanday bo‘ladi. Men o‘z hududimdagi qaysi oliy ta‘limlarga o‘qishimni ko‘chirishim mumkin? Agar turdoshga ko‘chirsam men qo‘shimcha kantrakt to‘laymanmi yo‘qmi?
Javobingiz u.n oldindan rahmat
abdullayeva
ASSALOMU ALEYKUM XORIJIY OLIY TALIM MUASSASI BOSHLANGICH TALIM YONILISHIDAN XORIJIY TILGA PEREVOD QILSAM BOLADIMI TOLOV QANCHA
I.L.NORMURODOVICH
Savol: transkripni qaysi tilda saytga joylashimizni axamiyati yoʻqmi yoki natariyusdan perevod qoldirishimiz shartmi
Музаффар Тошпулатов
Ассалому алайкум углим фаргонадаги Корея хамкорлигида очилган нодавлат институт ни 2чи курсин и тугатдим я ни ахборотлар компьютер инаватцион факультетини шуни Тату ни шу факультет ига кучирсам буладими шунга имкон кадар тулик рок маьлум от беринг сиздан илтимос олдиндан катта рахмат
SIDDIQOVA MUKARRAMXON HABIBULLAYEVNA
Chet elga imtihonsiz o'qishga kirib, O'ZBEKISTONGA past ball bilan ko'chirib kelaversa, kelajak kimning qo'lida bo'ladi.Yoshlarda esa bu tushuncha shakllanib , chet OTM. larga kirib o'qishni ko'chirish an'anaga aylanib boryapti. Ko'chirichlarni to'xtatib , OTM. larda o'qish sifatini oshirish kerak.Bo'lmasa kelgusida bilimsiz rahbarlar, kadrlar ko'payib, rivojlanish bo'lmaydi
XORIJDAN PEREVOD qilishda TIBBIYOT yo'nalishi uchun O'TISH BALLI QACHON E'LON QILINADI?
Men ozi Andijonda yashayman.Lekin Termizda oqiman kecha ariza yozdim biz aniq perivot bolamiizmi.Shu savol oylantiryapti
Umida
khusanch1k
Assalomu Aleykum!!! Savolim quyidagicha: Tasdiqlangan 66.1 o'tish balli SamDU, NamDU, TerDU dagi Huquqshunoslik fakultetiga ham amal qiladimi? Ya'ni xorijdagi OTM Huquqshunoslik fakultetidan o'qishni ko'chiruvchi talabalarga ham bu ball yetarli bo'ladimi yoki viloyatlardagi yurfak ballini ham Adliya vazirligi belgilaydimi? Sababi o'tkan yili 100ball etib belgilangan ekan (TDYU).
Assalomu alaykum
Siz shu qadar kasbizni yetuk kadri bòling iloxim. I boshqalar bn ishiz bòlmasin birovni xayoti ishi. Buncha ôzizni dóstlarizni kòrolmeysiz. Òqishga kirvolgan bòlsa ham òqib keteydiganlar bor ketolmeydiganlar bor hammani omadini bersin. Òqishga kirmadim bóldi hayot tugadi degani emasku boshqa yòllarini kòrgan abuturentlar .
XORIJDAN PEREVOD qilishda TIBBIYOT yo'nalishi uchun O'TISH BALLI QACHON E'LON QILINADI?
Assalomu aleykum men o'tgan yili ADU ga 140 ball bilan biologiya yo'nalishiga talabalikka tavsiya etilganman.Chetdan perevod qilayotganlarga buncha o'tish bali ni past qo'ydizlar??? Shu yerda o'qiyotgan talabalarga adolatsizlik bo'layabdi.Qachon chek qo'yiladi bunaqa adolatsizlikka.Hamma talabalar norozi.Men ham 1-yil Qirg'iztonda o'qib kelib Tibbiyot institutiga perevod qilmaganimga afsuslanyaban. To'g'risi o'qishdan ko'nglim sovib ketti.Ular ham tayyorlanib repititor qilib o'qishga kirish kerek edi.Talabalar Oliy ta'lim vazirligidan norozi....
Assalamu alaykum! Men davlat granti asosida TDPU da geografiya yo'nalishida o'qiyman Tarixga perevod qilmoqchi edim lekn o'qituvchilarim agar perevod qilsang kontrakt bolib o'qiysan deyishyapti shu to'g'rimi? To'g'ri bo'lsa nimaga bunday?
XORIJDAN PEREVOD qilishda TIBBIYOT yo'nalishi uchun O'TISH BALLI QACHON E'LON QILINADI?
Assalomu aleykum. Men Toshkent milliy unversitetda oqiyman shu yil 1-kursni tamomladim hozirda men Talaba bolgan holda Oqishga hujjat topshirdim. Men oqishimni FarDUga ko'chirmoqchiman hozir Transfer.edu.uz ga ariza yosam boldimi agat bu yil Talbalikka tavsiya etilib qolsam Oqishimni FarDUdan vos kechamani yoki Milliydanmi va bunda hech qanday muamo tug'ilmaydimi ?
Assalom bu chat tashkil qilgan Xushnid aka sizga raxmat. Savolim shunday ediki Men milliy unversitetga òqiyman Tarix fakultetiga sirtqisiga 2-kursdi tugatim hozir men shu unversitetdi kunduzgisiga olmqchiman kòchirsam 3-kurdan òqiymanmi 2-kursdan shuni bilmoqchidim.Javob uchun oldindan raxmat.
Хориждан перевод килишда IELTS сертификати хисобга олинадими
Assalomu alaykum men QMII da bino va inshootlar qurilishi yoʻnalishida oʻqiyman oʻqishimni QDU ga koʻchirmoqchi edim Amaliy matematika yoʻnalishiga oʻqishni koʻchirish qanday boʻladi va toʻlovi bormi
Хориждан перевод килишда IELTS сертификатга максимал бал бериладими
Xushnudbek aka Oliy ta'lim ham juda achinarli ahvolga kelib qoldi.Shu Xorijdan perevodlarni deb.Nima keregi bunaqa o'yin qilishni 67 ballni tahmin qilsa ham to'play oladiku, shu yerda tayyorlanib kirgan talabalarga nisbatan adolatsizlik bu...Xorijda 20 mln bersa o'qimasa ham dakumentlarini tayyorlab beryabdikuu, keyin osson perevod qilib olayabdi.Pul bilan bilimni sotib olsa bo'ladigan bob qolaybdida.Ishga kirishga kelganda ham pul bilan kiradida, bechora bilimi borlar chetda qolib ketadi.Bunaqada O'zbekistonda rivojlanish o'sish bo'lamaydi..
Ibadullayev .
Ichki perevotga areza yoziw un kerak boladigan zachotka transkreb órniga akademik malumotnoma ham boladimi
Ассалому алайкум. Самарканд тиббиёт институтда ординантура боскичини тугатдим. 2 чи курсни Тошкентга кучиб келганлигим сабабли Тошкент давлат тиббиёт академиясида укимокчиман. Перевод тартибини тулик тушунтирсангиз. Розилик хати керак экан, шу тугрими?
Perivot masalasi birinchi yoki ikkinchi semistirda qarzi bor bo'lsa nega perivot qilolmaydi shuni taklif beraman perivot olib bo'lgandan keyin yopilmagan fanimi perivot qilib o'tgan joyida yopsa bo'lmaydimi masalan Nizomiydan Milliyga o'tmoqchi lekin bir ikkita fani yopilmagan u perivot ololmaydi nega.
Show next 100 comments