❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
🍃🍂
Ф€руз🌸
Qashqadaryoni òzida
Sabab degan joyiga nima kiritmoqcisz
$$$$$ .
1.Men M.Avezovga 2 kursni tugatdim Uzb.nda perevod olsam nechanchi kursdan qabul qilishadi?. 2.distansionniy òqiyman mabodo,diplomni Avezovdan olsam Òzbekistonda tan olinadimi?.Javob uchun oldindan rahmat.
Ф€руз🌸
🍃🍂
Sabab degan joyiga nima kiritmoqcisz
Turmushga chiqyotganligimni kòrsatmoqchiman
🍃🍂
Ф€руз🌸
Turmushga chiqyotganligimni kòrsatmoqchiman
Ha rostakamigami unda zaks xatidan nusxa kiritiwizga tugri keladi. Bormi szda
Ички переводлар пуллик болганми ОТМларда
Assalomu alaykum
Men sirtqi talimda filologiya tillarni òqitish òzbek tilida 1 kursni bitirdm keyingi yildan talim shaklini kunduzgi hamda yunalishimdi xorijiy til va adabiyoti ga òzgartirmoqchiman bu qanday buladi ielts 6.5 balli ham bor agar imtihon bulsa yoki kantrak tulashim kerakmi iltimos javob beringlar
🍃🍂
Ф€руз🌸
Shunaqada hech qanaqa muammo bòlmaydimi
Yoq mumanno bulmaydi bu uzrli sababga kiradi xecqanaqa muammosiz utkazib beriwadi.
🍃🍂
🍃🍂
Yoq mumanno bulmaydi bu uzrli sababga kiradi xecqanaqa muammosiz utkazib beriwadi.
Agarda zaks xatidan nusxa kiritsayiz yani uwayoqni towkent prapuskasiga utsayiz.
IELTS сертификати переводда инобатга олинадими
Assalomu alaykum. Men O'zbekiston Respublikasi jahon tillari jurnalistika fakultitida grant asosida o'qiyman, 1-bosqichni tugatdim. Doimiy yashash manzilim Samarqand viloyati. Menda 4% lik xotin qizlar tavsiya nomasi imtiyozi bor. O'qishimni doimiy yashash manzilimga, ya'ni Samarqand shahar chet tillari institutiga turdosh bo'lgan fakultitga ya'ni (Filologiya va tillarni o'qitish. ingliz tili ) ga ko'chirmoqchiman O'qishimni grant asosida davom ettirolamanmi javob uchun rahmat
Muminov
Assalom Aleykum Hurmatli Kanal adminlari sizlarni kanallarizni Doimiy Ravishda kuzatib boraman, sizlarga Savolim bor edi.
Savolim shundan iboratki: men Bu yil kimyo ta'lim yo'nalishida ikkinchi kursni bitirib Uchinchi kursga õtdim. Õqishimni ko'chirmoqchi edim
Men Kimyodan o'qishimni Biologiyaga ko'chirsam bõladimi. Ko'chiraolsam uchinchi kursdan o'qiymanmi, hech qanaqa to'lov to'lamaymanmi. Ma'lumot o'rnida Men kimyo va texnologiya fakultetida kunduzgi ta'lim shaklidan Tabiiy fanlar fakultetiga Biologiya sirtqiga ta'lim shakliga ko'chirmoqchiman OTM ichida.



Javoblariz uchun oldindan Rahmat.
Хориждан Переводда IELTS сертификат утадими
Iloji bolsa ko'proq O'zbekistondagi bir OTM dan 2-OTM ga ko'chirish haqida malumot berilsa xursand bo'lardik
ᴍᴜɴɪʀα
Assalom aleykum. Men URDUning maktabgacha ta`lim yo`nalishida 2-bosqich talabasiman. Yashash joyimda men o`qiyotgan soha bo`yicha ish vakantsiyalari kam bo`lgani uchun shu universitetning boshlang`ich ta`lim yo`nalishiga o`qishni ko`chirmoqchiman. Bunda menga ham bir martalik super kontrakt belgilanadimi?
Assalomu alaykum. Men O'zbekiston Respublikasi jahon tillari jurnalistika fakultitida grant asosida o'qiyman, 1-bosqichni tugatdim. Doimiy yashash manzilim Samarqand viloyati. Menda 4% lik xotin qizlar tavsiya nomasi imtiyozi bor. O'qishimni doimiy yashash manzilimga, ya'ni Samarqand shahar chet tillari institutiga turdosh bo'lgan fakultitga ya'ni (Filologiya va tillarni o'qitish. ingliz tili ) ga ko'chirmoqchiman O'qishimni grant asosida davom ettirolamanmi javob uchun rahmat
Show next 100 comments