❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
ᴍᴜɴɪʀα
Assalom aleykum. Men URDUning maktabgacha ta`lim yo`nalishida 2-bosqich talabasiman. Yashash joyimda men o`qiyotgan soha bo`yicha ish vakantsiyalari kam bo`lgani uchun shu universitetning boshlang`ich ta`lim yo`nalishiga o`qishni ko`chirmoqchiman. Bunda menga ham bir martalik super kontrakt belgilanadimi?
Assalomu alaykum. Men O'zbekiston Respublikasi jahon tillari jurnalistika fakultitida grant asosida o'qiyman, 1-bosqichni tugatdim. Doimiy yashash manzilim Samarqand viloyati. Menda 4% lik xotin qizlar tavsiya nomasi imtiyozi bor. O'qishimni doimiy yashash manzilimga, ya'ni Samarqand shahar chet tillari institutiga turdosh bo'lgan fakultitga ya'ni (Filologiya va tillarni o'qitish. ingliz tili ) ga ko'chirmoqchiman O'qishimni grant asosida davom ettirolamanmi javob uchun rahmat
Assalomu alaykum Hushnut aka yaxshimisiz ishlaringiz yaxshimi meni savolim shundan iboratki perevodlarga qo‘shimcha kvota ajratildimi va agar 66.1 dan kam olgan talaba o‘qishni o‘zbekistonga ko‘chiraolmaydimi.Javob uchun oldindan rahmat
Kirdi chiqti suraladimi yoki yoq?
Kirdi chiqti masalasi nma boldi
Ассалому алейкум.Фарзандимизни укишини Самарканд мед.институтдан Андижон мед.инс-тга кучирмокчи эдик.Онлайн ариза топширдик.Факат йуналишини тиб.профилактикадан фармацияга узгартириб езган эдик.Лекин бугун чиккан жадвалда бу икки йуналиш турдош эмас экан.Энди нима булади.Еки натижа чикканидан сунг хам узгартириш мумкинми
Kirdi chiqti nma boldi
Xushnud aka noturdosh yònalishga 1 kurslarga imkon berilsin axir chetdegilarga past ball qòyib berildiku òzimizdegilarga katta summa. Kòchirmoqchi bòlgan yònalish bn talabaning kirish ballidagi farqlar hisoblanib bazaviy super kontrak yòlga qòyilsa ichki perevodda ham adolatli bòlardi. Taklifim etiborsiz qolmaydi degan umiddaman
Kirdi chiqti pechat suraladimi yoki You??
HUSANBOY
. .
Xushnudbek aka Oliy ta'lim ham juda achinarli ahvolga kelib qoldi.Shu Xorijdan perevodlarni deb.Nima keregi bunaqa o'yin qilishni 67 ballni tahmin qilsa ham to'play oladiku, shu yerda tayyorlanib kirgan talabalarga nisbatan adolatsizlik bu...Xorijda 20 mln bersa o'qimasa ham dakumentlarini tayyorlab beryabdikuu, keyin osson perevod qilib olayabdi.Pul bilan bilimni sotib olsa bo'ladigan bob qolaybdida.Ishga kirishga kelganda ham pul bilan kiradida, bechora bilimi borlar chetda qolib ketadi.Bunaqada O'zbekistonda rivojlanish o'sish bo'lamaydi
Bu insoning fikriga to'liq qo'shilaman chunki men bu joyda aytilgan holatlarni o'zim guvohi bo'lganman misol qilib qo'shni qirg'iziston davlatida o'qiyotganlarni olishim mumkin mening qanchadan qancha sinfdoshlarim tanishlarim do'stlarim shu davlatga o'qishga hujjat tayorlab bormasdan perovod qilib olishganini ko'rdim ular judda oson bo'ldi bu joyda tayorgalik ko'rib o'qib yurgan abuturentlar esa bu holatni ko'rib qirg'izda o'qishga o'zini urdi lekin ularning birontasini o'qishga borganini ko'rganim yo'q
Наргиза
Салом кайси кучириш пуллик кайси бепул тушунмаяпман илтимос айтингла мен МТМ 1курсни тугатдим кайсига перевод килсам булади
Musallam Bekmirova
Assalomu alaykum. Men Termiz Davlat Universitetining sirtqi boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi fakulteti ning 2-bosqichini tamomladim. O'rta maxsus pedagogik ma'lumotga egaman. Mutaxassisligim boshlang'ich sinf o'qituvchisi.13-yildan buyon maktabda ishlayman. Lekin mutaxassis yetishmasligi sababli ona tili va adabiyot fanidan dars berib kelyapman. Doimiy yashash joyim Qashqadaryo viloyatida bo'lganligi sababli hamda ona tili va adabiyot fanidan dars berib kelayotganligim sababli o'qishimni Qarshi Davlat Universitetining sirtqi o'zbek filologiyasi fakultetiga ko'chira olamanmi. Agar to'lov bilan ruxsat etilsa, to'lovni to'lay olmasam nima bo'ladi.?.Iltimos savolimga javob berishsin.
Ассалому алайкум. Қизим Фарғонадаги Корея университетининг мактабгача таълим йўналишини 2-курсини тамомлади. Ўқишини қўқон пед институтининг дефектология йўналишига кўчирмоқчи.
Қандай йўл йўриқ ва қоидалари бор?
Ассалому алайкум!Мен Нукус педагогика институтида укияпман.1курсни тамомладим.Бошлангич таълим(евро)(сиртки булими).Узим Самарканд вилоятиданман.Энди СамДУ га кучирмокчиман.Кандай кучириш мумкин?Бу хакида маълумот беринг?
Tanzila Mamatqulova
Assalomu alaykum. İchki perevodda imtixon boladimi? Agar bolsa qanday tartibda shuni tushuntirsangiz iltimos.
Assolomalekum men 1 semstr uqidim 2 chi semestrim noyabrda buladi Shu holatda uqishimi qanday kuchirishim mumkin?
Assalomu alikum Ahli saytimiz azolari va Xushnudbek aka hozirda aksaryat talabalarimiz qo'rqoq bo'lishgan yani o'ziga o'qishiga shart sharoitni tuzatib olish uchun harakat ham qilmay qoygan. Men Buxoro Davlat Unversiteti Jismoniy Madaniyat Fakultetida kechki ta'lim shaklida o'qiyman kursdoshlarim kechki talimni qisqarishini so'rab yoki qisqarishi haqidagi yangi qarorni kutishyapti shu masalani ustidan Oliy Ta'lim Vazirimiz Abduvali Xoliqovga taklif bilan chiqsangiz deb so'ragandim . Shu masala ustidan Hal bo'lmayotgani uchun Patog'imiz talabalari 80% kunduzgi shakilga perevot qilish uchun ariza yozgan.
Assalomu alaykum men Andijon davlat tibbiyot institutida o'qiyman pediatriya fakultetida bu yil birinchi kursni tamomladim.O'zim Farg'ona viloyatidanman .Men ma'lum sabablarga ko'ra ichki perevodni amalga oshirmoqchi edim.Pediatriyadan davolash ishiga ,Lekin buni pullik deyishdi , 100 mlndan ortiq narx aytishdi noturdosh Deb .Buni pulsiz ham qilsa bo'ladimi.Nega pul deyishdi.Tushunmadim.Aytishlaricha turdosh emasmish.Farg'onaga tibbiyotga ko'chirilsa bepul bo'ladi deyishdi.Lekin meni maqsadim faqat Andijon Tibbiyot institutda ichki perevod edi.
Show next 100 comments