❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Ассалому алайкум. Қизим Фарғонадаги Корея университетининг мактабгача таълим йўналишини 2-курсини тамомлади. Ўқишини қўқон пед институтининг дефектология йўналишига кўчирмоқчи.
Қандай йўл йўриқ ва қоидалари бор?
Ассалому алайкум!Мен Нукус педагогика институтида укияпман.1курсни тамомладим.Бошлангич таълим(евро)(сиртки булими).Узим Самарканд вилоятиданман.Энди СамДУ га кучирмокчиман.Кандай кучириш мумкин?Бу хакида маълумот беринг?
Tanzila Mamatqulova
Assalomu alaykum. İchki perevodda imtixon boladimi? Agar bolsa qanday tartibda shuni tushuntirsangiz iltimos.
Assolomalekum men 1 semstr uqidim 2 chi semestrim noyabrda buladi Shu holatda uqishimi qanday kuchirishim mumkin?
Assalomu alikum Ahli saytimiz azolari va Xushnudbek aka hozirda aksaryat talabalarimiz qo'rqoq bo'lishgan yani o'ziga o'qishiga shart sharoitni tuzatib olish uchun harakat ham qilmay qoygan. Men Buxoro Davlat Unversiteti Jismoniy Madaniyat Fakultetida kechki ta'lim shaklida o'qiyman kursdoshlarim kechki talimni qisqarishini so'rab yoki qisqarishi haqidagi yangi qarorni kutishyapti shu masalani ustidan Oliy Ta'lim Vazirimiz Abduvali Xoliqovga taklif bilan chiqsangiz deb so'ragandim . Shu masala ustidan Hal bo'lmayotgani uchun Patog'imiz talabalari 80% kunduzgi shakilga perevot qilish uchun ariza yozgan.
Assalomu alaykum men Andijon davlat tibbiyot institutida o'qiyman pediatriya fakultetida bu yil birinchi kursni tamomladim.O'zim Farg'ona viloyatidanman .Men ma'lum sabablarga ko'ra ichki perevodni amalga oshirmoqchi edim.Pediatriyadan davolash ishiga ,Lekin buni pullik deyishdi , 100 mlndan ortiq narx aytishdi noturdosh Deb .Buni pulsiz ham qilsa bo'ladimi.Nega pul deyishdi.Tushunmadim.Aytishlaricha turdosh emasmish.Farg'onaga tibbiyotga ko'chirilsa bepul bo'ladi deyishdi.Lekin meni maqsadim faqat Andijon Tibbiyot institutda ichki perevod edi.
. .
Ibodat qilsang o'zing uchun qilasan, bu degani hammaga burningni suq deganimas
Менку узим учун киламан сен узингни бил хали боласан
Jaloliddin Normurodov
Assolomu aleykum men Navoiy davlat pedagogika institutida Biologiya o‘qitish metodikasi 2 - kurs ko‘nduzgi talim tugatdim sirtqiga ko‘chirmoqchiydim shunga aniq bir tushuncha bersangizlar javob uchun oldindan raxmat
Xorijdan perevod qilishda ariza toʻldiriladi shunda toʻlov ham qilinadimi kim biladi
Ассалому алейкум .Ман Жиззах Давлат Педагогика Инситутини кечки таълимини биринчи боскичини тугаттим.лекин мани пропискам Тошкенда,ман Озимми худудимдаги ОТМ га бошка факултетга,кундузги таълим ёналишига окишимни кучиришим мумкинми
Жавоб учун рахмат
Ассалом алейкум .
Хушнудбек ака саволим шундан иборатки Хориждан укишни кучириш-перевод килишда мед йуналишига утиш Балли ва утиш балидан йукори олса тугридан тугри Танлаган Олий талим муассасига кучириб утказиши мумкинми.??
SHARAFIDDIN MUHAMMADIYEV
Assalomu aleykum.Men Nukus davlat pedagogika instituti oʻzbek tili adabiyotida sirtqi boʻlim 1 kursni tamomladim .Oʻzim yashayotgan Surxondaryo viloyati Termiz davlat universitetiga filologiya oʻzbek tilini oʻqitish yoʻnalishiga sirtqi boʻlim iga koʻchirsam boʻlarmikin ikkalasi turdosh hisoblanadimi.javob uchun oldindan rahmat.
Meyliqulova Maftuna
Assalomu alaykum. Men irrigatsiya a uqiyman. Uqiwimni ped instutga kuciriwim ucun juda katta summa surayapti. Wunga pervotni pulini kamaytirsa hammaga yaxwi bulardi menimca. Mablag'i yetmaganla nma qiladi.
Assalomi aleykum .Òzbekistondagi ichki pervodlar imtihon bòladigan bòldimi
Assalomu alaykum! Men TIQXMMI da qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash fakultetida 2-kursni tamomladim qiz bola yoʻqligi sabab oilaviy sharoitlar oʻqishimga qarshilik qilyapti institut ichida iqtisod yoʻnalishiga koʻchirmoqchi edim toʻlovi katta ekan shunga ozroq tushuncha bersangiz degan edim javob uchun rahmat.
Ва Яна Хориждан укишни кучириш-перевод да хужжатларни топширирни батафсил тушунтириб берсалариз,инвойс шаклланчмаяптику ва Яна Изох деган жойига Канака тулдирилади жавоб учун олдиндан рахмат.
Oilaviy sharoitimiz ko'tarmasa o'zimizga maqul bo'lmagan soxada o'qishimiz kerak ekanda
Assalomu alaykum . BIOLOGIYADAN SERTIFIKAT CHIQADIMI YOQMI
Nimaga endi chet davlatdan perevod qilib keladiganlarga oddiy kontrakt to'lab perevod qiladida O'zbdagi OTM dan OTM ga perevod qilish uchun super kontrakt to'lanishi kerak bu adolatsizlikku 66 balni axmoq ham ishloladi mayli ichki perevodga ham imtihon qilishsin unda super kontrakt qilishmasdan
Mamajonova Barnoxon
Assalomu alaykum.Qizim ADU ning boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida 1-kursni tamomladi.Qizimni Qoʻqon Davlat pedagogika institutining boshlangʻich taʼlim yoʻnalishiga koʻchirmoqchimiz.Buning uchun ham maʼlum bir toʻlov toʻlanadimi.Qancha toʻlanadi
Show next 100 comments