❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum. Men Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va Turizm fakultetida o'qiyman. O'zim Qoraqalpog'istonda yashayman. Perevod qilmoqchi edim lekin haligacha zatchotkalarga baxo qoyilmagan kimga murojaat qilsam boladi zamdekanimizga telefon qilsam kotarmayapti telegramdan yozsam javob yozmaydi?
Normatova Muxlisa_105
Assalom alaykum Xushnudbek aka uqishni kuchirish bo'yicha uzrli sabablarga uz viloyatiga ko'chirishni ham kiritishlarini taklif bildirib kuring chunki boshqa boshqa viloyatlarda yoki poytaxtda uqish uqishga hammaning ham oilaviy sharoiti yetmaydi mos va turdosh yunalishga kuchiradiganlarga uz viloyatiga kuchiradiganlarga tulov bulmasin
Assalomu alaykum mening savolim quyidagicha: oʻqishni koʻchirishda ayni oʻzi yashaydigan viloyatga emas unga qoʻshni viloyatga koʻchirsa ham boʻladimi , misol uchun Termiz davlat universitetida oʻqiydigan talaba asli Andijonlik boʻlsa lekin oʻqishini NamDUga koʻchirmoqchi boʻlsa boʻladimi bunda toʻlov qilinmaydimi (NamDU yaqinroq uyiga ADU dan koʻra sabab shu)
Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum savolim shundan iboratki Men Buxoro muxandislik texnologiya inisititutining Matbaa va qadoqlash texnalogiyasi fakultetida kunduzgi TA'LIM shaklida o'qiyman 1kursni tugatim. Endi o'zimni turdoshimni sirtqi TA'LIM shaklini Mehnat muxofazasi va Texnika xavfsizlikgiga o'qishimni Toshkent davlat Texnika unversetiga ko'chirsam bo'ladimi. Doimiy yashash manzilim Namangan viloyati lekin bu yerda men tanlagan fakultetini sirtqi TA'LIM shakli yõq shunga Toshkentga ko'chirsam bo'ladimi.Javoblar uchun oldindan raxmat
Assalomu alekum Xushnudbek Xudoyberdiyev xorijdan perevod qiluvchilar ham ariza yozishda davlat tólovini talaydimi iltimos shu savolga javob bersangiz
S T U D E N T_ TDTU
Assalom alekum Xushnudbek aka yaxshimisiz. Man Toshkent Davlat Transport universitetida 2-kurs bo'ldim shu yil yo'nalishim Transport vositalari muhandisligi. Endi shu yo'nalishdan o'zimizni universitetimizni Axborot texnologiyalari yunalishiga o'tkazmoqchi edim qande o'tsam buladi shu haqida ma'lumot berib yuboring iltimos. Javob uchun Rahmat oldindan
Muzaffar
Ассалом алайкум Мен Махамматов Музаффар Углим Россияда ишлаябди мен олмокчи булган келин эса тиббиёт йуналишида студент катта курсда туйдан сунг укишини Россияга кучирсам буладими муаммоси йукми. Бу борада Узбекистон билан Россия орасида таълимда келишув ёки шартномалар борми
Assalomu alaykum! Men Nukus davlat pedegogika institutining òzbek tili va adabiyoti sirtqi
1- kursini tamomladim. Buxoro davlat universiteti filologiya tillarni òqitish òzbek tili fakultetiga perevod qilmoqchiman.Savolim shundan iboratki, BuxDuga òzbek tili va adabiyoti yònalishi yòqligi sababli filologiya yònalishiga perevod qilsam bòladimi,ya'ni turdosh yònalishga kiradimi? Shu haqida batafsil ma'lumot bersangiz.
Muzaffar
Жавобингиз учун олдиндан рахмат
Assalomu alaykum Men Farg'ona tibbiyot jammoaat salomatligi intitutida o'qiyman , hozirda Toshkent tibbiyot institutiga perevod uchun ariza topshirdim. mening 1- savolim perevod uchun ariza topshirgan edim , ammo bizda internet " judayam zo'r" ishlaganligi sababli ko'p marta urinib dokument topshirdim ammo ko'p marta kirib dokument topshirganim sababli passport deyilgan joyiga 2 -3 marta fayllar ketgan , eni uni arizani tahrirlashdan kirib to'g'irlab bo'lmayapti buni qanday to'g'irlasa bo'ladi?
2- savolim. Tashqi perevoddagilar uchun tabaqalashtirilgan to'lov kontragi mavjud qachonki ular belgilangan balni to'play olmasa shu kontrakni to'laydi , supper kontrakt ham shunday , biz nima uchun supper kontrak to'lashimiz kerak axr biz davlat test topshirig'idan o'tib kirganmizku bitta uzrli sababimiz bolmaganligi uchun shuncha supper kontrak to'laymizmi? Berilgan puli o'zlarini o'qitishga sarflaymiz deyapsizlar axr turdosh yo'lashga ko'chiryapmiz . Demak Farg'onada boshqacha , Toshkentda boshqacha o'qitiladimi?
3- savolim tibbiyot uchun ichki perevodda qancha etib tayinlandi.
!!!✓ taklif turdosh yo'lashga Perevod qilayotganlar uchun belgilangan to'lov kontraktini 2 barobari boyicha belgilansa , nohaqlik bo'lmas edi .
Assalomu alaykum. Men Jizzax politexnika instituti sirtqi Menejment ( tarmoqlar va sohalar bõyicha ) 2-bosqichni tamomladim. Savolim shundan iboratki transfer.edu.uz orqali õqishimni ba'zi bir sabablarga kõra boshqa OTM ga kõchirmoqchiman. Transfer.edu.uz orqali rõyxatdan õtayotib ketma ketlikda ma'lumotlarni tõldirmoqchi bõlganimda Jizzax Politehnika Instituti Sirtqi Menejment (tarmoqlar va sohalar bõyicha ) yõnalishi transfer.edu.uz da chiqmayapdi. Kõchirish muddatiga oz vaqt qoldi , men va menga õxshab õqishini kõchirmoqchi bõlgan talabalar bunday vaziyatda nima qilish kerak , qanday yõl tutish kerak yoki qayerga murojaat etishimiz lozim. Sizlardan Iltimos qilib qolamizki muammoga yechim topib berasizlar degan umiddamiz.Oldindan Rahmat.
Assalomu alaykum . Avvalambor shu chatni tashkillashtirilganiz uchun rahmat.
Meni savolim chet davlatlardan perevot qilishga hujjat topshirganda toʻlov kvitansiyasi chiqmayapti va hujjat topshirganimiz hujjatimiz qabul qilinganligini bilib boʻlmayapti . Shuning uchun juda koʻpchilik hujjat topshirgani yoʻq .hamma qoʻrqyapti hujjatim oʻttimi oʻtmadimi vaqt ham oz qoldi. Iltimos shu savolga ham javob bersangiz .
Ассалому алайкум. К,арДУ да 2-курсни битирдим мактабгача талимдан бошлангич талимга ички перевод килсак канча контракт туланади тартиби кандай булади 135,6 балл билан кирганман. Аризани качонгача топширишим мумкин. Олдиндан рахмат.
Assalomu Aleykum. Men Urganch Davlat Universiteti da òqiyman. Mehmonxona xòjaligini tashkil qilish va boshqarish yònalishda òqiyman. Òqishimni Toshkentga Moliya institutiga kòchirmoqchiman. UrDU da moliya yòq. Bu uzrli sabab bòla oldimi? Kòchirish uchun taxminan qancha super tòlayman.
Assalomu alaykum. Savolim bor edi. Ichki perevodda boquvchisini yoʻqotgan talabalarga grandda oʻqiyotgan boʻlsa, grandda qolish imkoniyati bormi
Assalomu alaykum. Yashash manzilim Farg'ona viloyati.Samarqand tibbiyot institutida pediatriyada oqiyman. Hozir 3-kurs boldim O'tgan yili oqishni kochira olmagan edim. Bu yil kochirsam boladimi va Fargonada men oqiyotgan yonalish bolmagani uchun ADMI ga kochirsam boladimi
Assalomu alekum xorijdan o'qishni ko'chiriruvchi talabalarga imtihon bo'lishini ma'lum qilishdi lekin to'planishi kerak bo'lgan ball haqida ma'lumot yo'q. O'tgan yili pandemiya sabab hamma xorijdan kochiruvchilarni imtixonsiz qabul qilishdi. Xozirgi qaltis vaziyatda ham hamma chetdagi talabalarni o'zimizga jalb qilib o'z yurtlariga qaytarsak bo'lmaydimi?. Yana bitta savolim men o'zim ToshDO'TAU da tahsila olaman lk Jahon tillari ga o'tmoqchiman bunga sabab ingiliz tiliga qiziqishim avalgiga nisbatan oshib ketdi. Bu ikkala oliygoh turdosh hisoblanadi perevod masalasida muammo yo'q lk sabab faqat qiziq va ingiliz tili yo'nalishida tahsil olish. Ushbu sabab bilan men Jahon tillariga o'ta olamanmi ?
Kabulov...
Assalomu alekum Xushnudbek aka. 2-kursni tugatganlar perevod qilsa kursdan kursga tushish yoki tushmasligi sabablari. Tushsa buni tartibi qanday bòlishi, maxsimal darajada tushmaslik uchun nima qilish kerak ekanligi haqida tòliq tushuntirib aytib òtishingizni sòriman. Òzimni viloyatimga turdosh yònalishga olmoqchiman, 2-kursni tugatdim. Javob uchun raxmat
Assalomu alaykum.Men TDPU Shahrisabz filialida 3-bosqich talabasi man.Oʻzim Buxoro viloyatidanman.Oʻtgan yili transfer.edu.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagandim.Shu yil ariza tashladim,men ham toʻlov qilamanmi?(Xuddi oʻzim oʻqiyotgan yoʻnalishimga perevod qilmoqchiman)
Nima uchun Tatu yo'q perevod qilishga
Show next 100 comments