❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Men Jizzax politexnika instituti sirtqi Menejment ( tarmoqlar va sohalar bõyicha ) 2-bosqichni tamomladim. Savolim shundan iboratki transfer.edu.uz orqali õqishimni ba'zi bir sabablarga kõra boshqa OTM ga kõchirmoqchiman. Transfer.edu.uz orqali rõyxatdan õtayotib ketma ketlikda ma'lumotlarni tõldirmoqchi bõlganimda Jizzax Politehnika Instituti Sirtqi Menejment (tarmoqlar va sohalar bõyicha ) yõnalishi transfer.edu.uz da chiqmayapdi. Kõchirish muddatiga oz vaqt qoldi , men va menga õxshab õqishini kõchirmoqchi bõlgan talabalar bunday vaziyatda nima qilish kerak , qanday yõl tutish kerak yoki qayerga murojaat etishimiz lozim. Sizlardan Iltimos qilib qolamizki muammoga yechim topib berasizlar degan umiddamiz.Oldindan Rahmat.
Assalomu alaykum . Avvalambor shu chatni tashkillashtirilganiz uchun rahmat.
Meni savolim chet davlatlardan perevot qilishga hujjat topshirganda toʻlov kvitansiyasi chiqmayapti va hujjat topshirganimiz hujjatimiz qabul qilinganligini bilib boʻlmayapti . Shuning uchun juda koʻpchilik hujjat topshirgani yoʻq .hamma qoʻrqyapti hujjatim oʻttimi oʻtmadimi vaqt ham oz qoldi. Iltimos shu savolga ham javob bersangiz .
Ассалому алайкум. К,арДУ да 2-курсни битирдим мактабгача талимдан бошлангич талимга ички перевод килсак канча контракт туланади тартиби кандай булади 135,6 балл билан кирганман. Аризани качонгача топширишим мумкин. Олдиндан рахмат.
Assalomu Aleykum. Men Urganch Davlat Universiteti da òqiyman. Mehmonxona xòjaligini tashkil qilish va boshqarish yònalishda òqiyman. Òqishimni Toshkentga Moliya institutiga kòchirmoqchiman. UrDU da moliya yòq. Bu uzrli sabab bòla oldimi? Kòchirish uchun taxminan qancha super tòlayman.
Assalomu alaykum. Savolim bor edi. Ichki perevodda boquvchisini yoʻqotgan talabalarga grandda oʻqiyotgan boʻlsa, grandda qolish imkoniyati bormi
Assalomu alaykum. Yashash manzilim Farg'ona viloyati.Samarqand tibbiyot institutida pediatriyada oqiyman. Hozir 3-kurs boldim O'tgan yili oqishni kochira olmagan edim. Bu yil kochirsam boladimi va Fargonada men oqiyotgan yonalish bolmagani uchun ADMI ga kochirsam boladimi
Assalomu alekum xorijdan o'qishni ko'chiriruvchi talabalarga imtihon bo'lishini ma'lum qilishdi lekin to'planishi kerak bo'lgan ball haqida ma'lumot yo'q. O'tgan yili pandemiya sabab hamma xorijdan kochiruvchilarni imtixonsiz qabul qilishdi. Xozirgi qaltis vaziyatda ham hamma chetdagi talabalarni o'zimizga jalb qilib o'z yurtlariga qaytarsak bo'lmaydimi?. Yana bitta savolim men o'zim ToshDO'TAU da tahsila olaman lk Jahon tillari ga o'tmoqchiman bunga sabab ingiliz tiliga qiziqishim avalgiga nisbatan oshib ketdi. Bu ikkala oliygoh turdosh hisoblanadi perevod masalasida muammo yo'q lk sabab faqat qiziq va ingiliz tili yo'nalishida tahsil olish. Ushbu sabab bilan men Jahon tillariga o'ta olamanmi ?
Kabulov...
Assalomu alekum Xushnudbek aka. 2-kursni tugatganlar perevod qilsa kursdan kursga tushish yoki tushmasligi sabablari. Tushsa buni tartibi qanday bòlishi, maxsimal darajada tushmaslik uchun nima qilish kerak ekanligi haqida tòliq tushuntirib aytib òtishingizni sòriman. Òzimni viloyatimga turdosh yònalishga olmoqchiman, 2-kursni tugatdim. Javob uchun raxmat
Assalomu alaykum.Men TDPU Shahrisabz filialida 3-bosqich talabasi man.Oʻzim Buxoro viloyatidanman.Oʻtgan yili transfer.edu.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagandim.Shu yil ariza tashladim,men ham toʻlov qilamanmi?(Xuddi oʻzim oʻqiyotgan yoʻnalishimga perevod qilmoqchiman)
Nima uchun Tatu yo'q perevod qilishga
Assalomu aleykum men Samarqand iqtisodiyot va Servis institutida buxgalteriya xisobi va audit(tarmoqlar va soxalar) yo'nalishida o'qiyman men o'qishimni iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar)yonalishiga ko'chirmoqchiman ammo uzurli sababim yo'q yo'nalishlarimiz turdosh bo'lsa ham men tabaqalashtirilgan to'lov kontraktini to'laymanmi?
Беҳзод Ширинов
Bosinglar
G'ulomjon
Assalomu alaykum chatga qanday bog'lansan bo'ladi
G'ulomjon
Iqtisodiyot mehmonhonadan iqtisodiyotni o'ziga perevot qilsa bo'ladimi to'lov mavjud emasmi
Assalom alaykum meni savolim shundan iboratki men bitta fandan qarzmim bor ikkinchinturga qolganman menham pervod qilsam boladmi institutda pervod masalasi buyicha hodmlar buladi deyshdi shu rostmi.Usarov Abdusalom
Yana bir bor assalomu alekum men xotin qizlar uchun ajratilgan 4%li imtiyoz bilan grantga kirganman . Men perevod qilsam garnt bo'lib o'tamanmi yoki kantrak . Kimdandir so'rasam grant chunki bu imtiyoz bilan kirgansiz desa kimdir yo'q kantrak bo'lib o'tasan deyapti shunga aniq javob bersangiz.
Doston
Ассалому алекум мени саволим шундан иборатки биз Яни Кушни давлатдан укишни кучирувчилар 122.500 сум туловни тулаймизми юкми ? Биз онлайн документ топширганимизда тулов килинади деган жойи юк еди шунгга аниклик киритиб берсанггиз илтимос олдиндан Рахмат Самаркандн вилоятидан Достон .
.🌸.
Assalomu aleykum.Men Urganch davlat universitetida oqiyman. Òqishimni mehmonxona xòjaligini tashkil etish va boshqarish yònlalishidan buxgalteriya yònalishi kòcirmoqchiman. Tartibini tushuntirib bersangiz iltimos
Madina🌵☘🍀
Assalomu alekum .xozir 66.1 ball ciqdi lekin Med va bowqa yonalishlar uchun hali aniq ball yoq.
Show next 100 comments