❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
ㅤAlexa ❄️
Assalomu alaykum men 2-kursni tamomladim bir OTM ichida turdosh yo'nalishga ichki perevod olmoqchiman . Meni arizam qabul qilinadimi, bepul perevod boladimi
Assalomu alaykum Men Xorazmdanman. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida òqiyman. Men UrDU ga òzimni yònalishimga turdosh bòlgan yo'nalishga òqishni kòchirmoqchiman. Tòģridan tòģri òta olamanmi yoki pul tòlashim kerakmi? Lekin bu universitetlar bir shaharda bòlgani uchun sizning kanalingizdagi uzrli sabablar menga tòģri kelmaydi.Iltimos, shu haqida ham ma'lumot bersangiz. Agar pul tòlash kerak bòlsa, uning miqdori qancha?
Men Xorijdan Keldim Va Transfer.dtm.uz saytidan ro'yhatdan otdim lekin pulni tolashga tushunmayapman javob xati ham kelmayapti yoki xali vaxti bormi?
Бойжон
Бошқа давлатдан Ўзбекистонга перевод масаласи хақида маълумот берсангиз
Assalomualekum yahshimisiz. Man Texnika universitetida oqiyman. Kunduzgidan sirtqiga perevod qilishim shart. Turdoshdan turdoshga. Pul toliysiz diyishvoti. Temir daftarda turmiydigan qiynalib yashavotganlayam bor. Bu insofsizlikku ozi oylik kam. Ozi odamlar zorga kun korvoti. Qando toliymiz. Davlat ishida hech kim ishlamiydi uyda. Ish yoq. Nahotki insonlar qiynalvotganini korib kormaganlikka olishsa. Shuncha pulli tolashshi imkoni yoqla nima qisin
Assalomu alaykum o‘qishni ko‘chirishda talim tilini ham o‘zgartirsa bo‘ladimi?
Ассалому алайкум!
Фарзандим ТерДУнинг Тупроқшунослик йўналишида ўқийди. Турмушга чиққанлиги, ҳомиладорлиги сабабли кундузги бўлимда ўқишга имконияти йўқ. Шу йўналишнинг сиртқи бўлими йўқлиги боис ТерДУнинг Биология йўналиши сиртқи бўлимига ўқишини кўчирса, табақалашган контракт тўлайдими. Жавоб учун олдиндан раҳмат.
Бахтиёр Тўлаев.
9975544490
Assalomu alaykum men Buxdu da uqiyman kechkida Terduga kundizgiga utkazishim kerak lekin fanlardan qariz dorligim bor 2- semestirdan bu nima buladi ?
Yusupov Elbek Salim o'g'li 104
Men O'zbekiston Milliy Universitetida geologiya yo'nalishida o'qiyman Milliy Universitetinig geografiya yo'nalishiga ko'chirmoqchi bo'lsam sabab ko'rsatishim kerakmi sabab bo'lmasa super kontrakt to'laymanmi? Yashash hududim Samarqand viloyati Samarqand davlat Universiteti geografiya yo'nalishiga ko'chirsam uzurli sababga kiradimi javob uchun oldindan raxmat iltimos shu ikkita savolga aniq qilib javob bersanggiz
Aminova Setora
Assalomu alaykum. Birinchi kursning ikkinchi semestrdan fandan qarzdorligi bo'lsa o'qishni ko'chirsa bo'ladimi. Uzrli sababi bo'lsa turdosh yo'nalishga o'qishni ko'chirsa fanlar farq qilmaydimi.
Oripova
Assalomu Aleykum . Man Toshkent shahridan o'zim yashayotgan viloyatga o'qishni ko'chirmoqchiman.Bunda turdosh yo'nalishga ko'chirish pullikmi?Masalan Fizikadan Matematikaga
Ingliz tiliga nechi ball ekan kim biladi?
Assalomu aleykum.
Hozirda Transfer.edu saytida
Hujjatlar to'ldirish jarayonida
"YUBORISh" amali bajarishda uzilishlar bo'lmoqda.
Shunga qanday sabablar mavjud.
Yoki sayt to'liq ishga tushirilmadimi?
Javobingiz uchun oldindan Rahmat.
2ta fandan nechtadan savol va 1ta savolga nechi ball beriladi
Men ayni vaqtda O'zbekiston milliy unversitetida 1 bosqichni tamomladim.Davlat granti asosida tahshil olaman.Men oqishimni Toshkent davlat yuridik unversiteti Davlat boshqaruvi yonalishiga ko'chira olamanmi .Bu yonalish yangi tashkil qilindi bu yil .
Bunda tabaqalashtirilgan tolov kantrak yani super kantrak tolash talab etiladimi.Negaki super kantrakni asosiy qismi talabaning birinchi kursda otilgan mavzularni ozlashtirishga qaratilgan ishlar uchun sarflanadi deya takidlangan edi.
Agar kochiradigan bolsam kursim ozgaradi.shu haqida malumot berib yuborsangiz .javob uchun oldindan rahmat
Sarvarbek Qaxxorov
Assalomu Alaykum. Oqishni xorijiy OTMdan Davlat OTMlariga ko'chirishda 56.6bal va undan kam to'plangan bal uchun Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tabaqalashtirilgan tolov kontraktning minimal miqdorining 2barobari deb kiritilibdi. Iltimos aniq bir summalar bilan tasdiqlasangiz. 56.6 balldan kam to'plaganlar qancha kontrakt to'laydi(taxminiy mln sumda)
Mamajonova Marg'ubaxon.
Jismoniy tarbiya faniga qanday imtixon topshiriladi.Fanlari ,amaliy alohidami?Qirğiziston Universitetida 1-kursda õqigan talaba uchun.
Умиджон
Ассалому алайкум мери углим Козокстонда укиб 1 курсни тамомлади Узбекистонга кучириш учун ариза топширдик лекин тулов килмадик тулоа борми шунга аниклик киритсангиз илтимос
Hilolaxon
O‘zbekiston nodavlat oliy ta'lim tugatgandan keyin magistraturani davlat OTM o‘qisa bo‘ladimi
Show next 100 comments