❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Gulsaraxon
Ассалому алайкум.
Узб.да бир ОТМдан бошқа ОТМнинг турдош йуналишига перивот қилиш имтихон асосида буладими?
Агарда талаба ГРАНТ асосида уқишга қабул қилинган булса унда қандай имкониятлар мавжуд.
Жавоблар учун олдиндан рахмат!
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men Qirgiston davlatida med unisitutda oqiman buni perevodi qanday boladi
Asadbek Abduqahhorov
Assalomu alaykum. Turdosh yo'nalishlarga uzrli sababga kirmaydigan boshqa sabablarga ko'ra perevod qildirishga nisbatan adolatsizlik bo'lmadimikin.Noturdoshdan perevod qilishga super kontrakt to'lab perevod qildirilsa u to'lagan puli o'sha talabani boshqa talabalarga yetib olishi uchun qo'shimcha darslarga sarflanadi deyishdi. Lekin aytaylik men O'zbekiston jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar universitetida siyosatshunoslik yo'nalishida o'qiyman lekin 2-kursni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida davom ettirmoqchiman. Bizni universitetida va diplomatiyada 1-kursda o'tilgan fan deyarli bir xil. Bunday bo'lganda taqdirda super kontrakt to'lash nojoiz deb hisoblayman. Chunki bunday holatda qo'shimcha darslar o'tishga holat yo'q. Shunday holatlarni ham hisobga olish zarur menimcha.
Assalomu aleykum men Fargona jamoat salomatligi tibbiyot institutini 2 boshqichni tamomladim xozir 2 dona fandan qayta tipshirishga qolganman Andijon viloyati Paxtobot tumanida doimiy yashash uchun royxatdan otganman men Andijon tibbiyot institutiga uqishimni kochira olamanmi
Эрматов Шухрат
Assalamu aleykum men doimiy yawaw joyim guliston shaharda lekn Andijon viloyatiga oqiwga kirganman hozirda bitta fandan qarzdorligim ularga qayta topwiruvga qoying men sirdaryoga ketiwim kere uzo joy perivot qiliwk oere db vaziyatimmi tuwuntirgandm lekn hoz ular ingiliz tilidan qarzdorlig deb rasmga olib tawawyapti men yana wu bitta fan un yaana andijonda oqimiymanku oilaviy waroitm ham kotaraa olmaydi uzimizda guliston davlat unverida uzimmi yonaliwimmga qiliwm keree hoz xujjat topwirsam vazirlk qabul qilmaydi deyiwyapti.
Gu'lnaz
Assalomu aleykum. Men Nukus davlat pedagogika instituti milliy g'oya yo'nalishi 3-kurs talabasiman. Men o'qishimni Qoraqalpoq davlat universiteti tarix yo'nalishiga perevod qilmoqchi edim. Savolim shundan iborat bitta shahar ichida ikkita oliygoh bo'lsa, perevod qiladigan yo'nalish ham turdosh bo'lsa nima uchun besabab va beto'lov perevod qila olmaymiz. Javob uchun oldindan rahmat
X H T
Assalam Aleykum Xushnudbek aka savolim shunday iboratki 20ta savol nechtasi oson nechtasi; ,nechtasi o‘rtacha; nechtasi qiyin boladi shu savolni o'qib eshitdiring
Turdiyev Zuxriddin. Nurafshon M.F.Y.ㅤㅤ
Assalomu alaykum.Biz qarshi pedogogika universitetidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga perevod qilmoqchimiz Sizdan sóramoqchi bólganim uzurli sabablarga koʻra perevod qilsak bôladimi. Man Toshkentga ishlayman turmush órtoğimni bujetdan bujetga olib ótsam bóladimi.
Ассалому алайкум ман ўқишимни ички перевод қилмоқчи эдим Жиззах Давлат Педагогика институтида технологик таълим йўналишида ўқийман бошланғичга перевод қилишим керак эди йўналишим бўйича иш йўқ
Assalomu alekum. Men õqishimni xorijdan kõchirmoqchiman va arizada ta'lim tilini rus tili deb yozdm. Men endi imtixonlarni ham rus tilida topshiramanmi?
Laziza
Xa
Aniqmi bu? Chunki meni blogimda biologiya va kimyo fanlari bor. Men biologiya testlarni õzbek tilidagisini ishlomimanda
Assalomu alaykum. Ovozli suhbat yozib olinib kanalga tashlansa yaxshi bo'lar edi
Assalomu alaykum.Men Po’latjonov Otabek Buxoroda ochilgan Turkiyaning Sag’liq bilimlari universitetining 1-kursini tugatdim. O’qishimni BuxMI ga ko’chirsam buladimi
O’zbekistondagi nodavlat OTM hisoblangan SBU dan davlat OTM siga (BuxMI)yoki boshqa tibbiy oliygoxga ko’chirish mumkinmi?Shu haqida malumot bersangiz,iltimos.
Dilafruz
Assalomu alekum mani bitta savolim bor toliq javob bera olaszmi man 2019yil man toshkentdagi nodavlat amity universititiga foundationga kirgaanman yonalishim hali belgilanmagan ikkinchi yili yani ikkinchi kurs belgilanadi maniki ecanomica lekin iikkinchi kursni oqimadim sababi kantraktim juda baland edi sharoitim togri kelmadi akademiski beriwmadi end aceslina diyishdi man oqishimi tiklamoqciman qaysi yonalish togri keladi jahon tillariga topshirsam boladimi chunki man ecanomica yonalishida oqimadim togri keladimi man hozir 1kurs foundation yonalishim boyicha tanlaymanmi yoki 2kursda yonalish boyica topshiramanmi lekin 2kurs ecanomicani oqimadm yana qanaqa dakument kerak oqishni tiklashga iltimos javob yozin juda zarur
Assalomalekum avvalo sizga tashakkur bildiraman shuncha jonkuyarliklariz uchun.Xushnud aka savolim shundan iboratki men Samarqand chettillar institutida fransuz tili yunalishida o'qiyman enni SamDU onatili yunalishiga pervod olmoqchiman bu ikki yunalish bir biriga mos va turdoshmi?bemalol pervot olsam buladimi?
Assalomu aleykum men Horijdan perevod qilyapman arizani toldirdim endilikda menga qandaydir sms kelishi kk bu sms bank schoti raqami. Ammo bugun ikkinchi kun hali ham kelmadi. Men qorqayotganim kutsam keladimj yoki biror yerda hatolik borligi un kelmayaptimi javob un oldindan raxmat
✿Oydin Bekmurodovna✿
Assalomu aleykum Men Najmiddinova Dilafruz Samarqand chet tillari institutida fransuz tili filologiyasida òqiyman . 1-kursni tugatdim .2-kursni Navoiy davlat institutida òqimoqchiman oldin Navoiyda vaqtinchalik prapiskada turardim hozir doimiyga o'tkazdim lekin saytga vaqtinchalik prapiskamni kiritgandim endi nimagadir o'zgartirib bo'lmayapti .5-avgustgacha deyilgandiku ariza yozish.
Yana 1ta savolim Man Navoiyga ingliz tiliga pervod olmoqchi bo'lsam 2 -kursdan o'qiymanmi yoki 1chi iltimos shu savollarimga javob bering
Show next 100 comments