❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
ИБРОХИМЖОН
Ички перевод пулликми
Asadbek
Nmaga transfer.dtm.uz sayti haligacha hech kimga arizalar bo'yicha javob qaytargani yo'q
Iroda
Ассалому алейкум, илтимос овозли чатда менга хам суз берингла илтимос,кеча берадиган саволларим куп эди,лекин биттасига хам жавоб бера олмадим
ШАХНОЗА
Ozim o'qiyotgan OTM da ichki perevod qimoqchiman yani Arxitektura va qirilish fakultetidan Matematika fakultetuga otmoqchiman imtihondan otsam oddiy kantrak tolab oqiymanmi yoki majburiy oshirilgan kantrak tolashim keragmi 1 yilga iltimos savolimni javobsiz qoldirmang
Assalomu alaykum. Men Samarqand davlat universiteti Matematika fakultetining Matematika va informatika yunalishida o'qiyman. Men shu fakultetning Matematima yunalishiga uqishimni kuchirmoqchiman. Shuning uchun ham to'lov qilamanmi?.
🎼 🎵
Хориж отм дан дтм га хужжат топшириш пулликми?
Nasiba
Turdosh yunalishlarga oqishni kôchirmoqchi bôlsada, sababi bolmasa kontrakt narxlari juda yuqori. Shuni qayta kôrib chiqishlarizni surab qolaman. Bu uchta sababdan tashqari boshqa masalalar ham bor ahir. Agar turdosh yunalish oqishni kochirmoqchi bolsa,super kontraktni olib tashlash kerak.
Husniddin Abdulhayev
Qoshni davlatlarda meditsina yonalishida oqiyotgan talabalar uchun otish balli qachon elon qilinadi????
Чет елдан кучирганда кантракт 1-йиьлиги хам туланадими узбга
سيناتور
Assalom aleykum men QARMII da 1 kursni tamomladim Yônalishim buxgalteriya xisobi va Audit men doimiy yashash manzilim Buxoro viloyati bólganligi uchun óqishim Buxoro davlat Universititetining Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bóyicha ) yónalishiga kóchira olaman men ózimni viloyatimga kóchirishim uchun tabaqalashtirilgan tôlov tólaymanmi javobingiz uchun oldindan raxmat
👨‍👩‍👧‍👦Kumushxon👭Mo'minaxon
Ichki perevodda turdosh yo'nalishda yani maktabgacha talimdan boshlang'ichga ko'chirsa ham 8 baravar to'laydimi
Асалому алейкум ман Москва да укийман Высшая школа экономикада 2 курсни битирдим хози дипломатияга топширопман факультетим ушанга тугри келопти канока имтихона булади нечи балл олиш керей перевод килишим учун шуни билсак буладими
ИБРОХИМЖОН
Бир отмда факултет алмаштириш нахотки пуллик булса
Savol: Bir oliy ta'lim doirasida mos yo'nalishga perevod qilish, yoki kunduzgidan mos yo'nalish sirtqisiga o'tkazishga ham super kontrakt to'lanadimi?
Jismoniy tarbiya yònalishiga kòchirmoqchi bòlganlar test topshiradimi Yoki amaliy topshiradimi
Assalomu aleykum men Guliston davlat universitetida òqiyman yashash joyim Qashqadaryo viloyati hozzir Qarshi davlat universitetiga òz yònalishim bòyicha pervod qilmoqchiman lekin universitet turli bahonalar bilan reyting daftarchamni tashab bermayapti bunga ularni haqqi bormi? Ular bir necha talabaga ham òtgan yili ariza topshirish muddati tugagandan so'ng tashlab berishgan edi bu yil ham ariza topshirolmaymizmi bunday ishiga masulyatsizlarga qanday chora kòrish mumkin
Assalomu alaykum Men Fargʻona politexnika institutda kunduzgi talimda oʻqiyman oʻqishimni sirtqi taʼlimga oʻtkazmochiman buning uchun tabaqalashtirilgan kontrakt toʻlanadimi agar toʻlansa qancha
Javob uchun rahmat
Assalomu alaykum Ismim Muxlisa Guliston davlat universitetida iqtisod yo‘nalishida o‘qiyman ,misol uchun men universitet ichida iqtisod kundizgidan ,iqtisod sirtqiga ko‘chirsam to‘lov qilamanmi perevod uchun .
𝓜𝓾𝓱𝓪𝓶𝓶𝓪𝓭𝓪𝓵𝓲
Assalomu alaykum! Savolim qauyidagicha: Men Qirg'izistonda Ingliz tili filologiyasi yo'nalishida sirtqi ta'lim shaklida o'qiyman. Ammo O'zbekistonda Ingliz tili yo'nalishuda sirtqi ta'lim shakli yo'q. Shu holatda men O'zbekistonga kunduzgi ta'lim shakliga topshirsam bo'ladimi. Arizam rad etilmaydimi?
GRANTDAN GRANTGA QILSA BO'LADIMI?
Ganiyeva Masumabonu 209
Assalomu alaykum
Men Qirg'iziston davlatida musiqa fakultetida o'qiyman.O'zbekistonga o'qishimni ko'chirmoqchiman.Ijodiy imtixonlarda xam 3 ta fandan test bo'ladimi?yoki faqat ijodiy imtixon bo'ladi xolosmi?Ijodiy imtixonlar uchun xam o'tish balli 66,1 ball etib tayinlandimi?oldindan javob uchun rahmat
Show next 100 comments