❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Elmurod Abduqayumov
Assalomu alaykum.O'g'lim O'zb MU 1 kurs fizika ta'lim yo'nalishiga tamomladi.Termiz DU informatika bo'limga perevod qilsa bo'ladimi. Turdoshga to'g'ri keladimi.To'lovi qancha bo'ladi.Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum men OSH Mamlakat Universiteti òqiyman 1 - kursni tugatdim.hozirda perevodga onlayn hujjat topshirganman.Imtihon qachon boshlanadi va qayerda bòladi.Andijon tibbiyot institutiga kòchiraman.Andijonga borib egzamen topshiramanmi?
Jalilova
Assalomu alaykum! Xushnudbek aka doim savol yozaman ammo etiborsiz qoladi doim ovozli bizgaham navbat bering iltimos! Savolim: Men Qoraqalpoq davlat unversitetida Jurnalistika fakultetida o'qiyman xozirda 1- kursni tugatdim.O'zim Qashqadaryo viloyatida yashayman men o'qiyotgan yo'nalish Qashqadaryodagi oliy ta'lim muassalarida mavjud emas. Va men siz kanalingizga tashagan turdosh yo'nalishlar ruyhati bo'yicha o'zim o'qiyotga yo'nalish bn turdosh bo'lgan Filologiya va tillarni o'qitish= ingliz tili yo'nalishiga Qashqadaryoga ko'chirish uchun ariza topshirdim! Shunda mening arizam qanoatlantiriladimi? Oliy ta'lim vaziri turdosh yo"nalish bo'lsa xech qanday to'lov va imtihonlarsiz o'z hududiga avtomatiski o'tadi deb ta'kidlagandi ovozli chatda Qashqadaryoda jurnalistika yo'q bo'lgani uchun turdosh bo'lgan yo'nishga o'ta olamanmi? Javob kutaman!
Qaysi fanlardan test bo'ladi? Shuni ro'yxatimi taqdim etishsin
⭐⭐🎓@#Alochi$Student 🎓⭐⭐
Assalomu alaykum Xushnudbek aka iltimos menga ovozli chatda so‘z bering savolim odi
Rahmat Xushnudbek aka aynan shu narsani hozirgi kunda kerak edi chunki men ham ariza topshirganman lekin qachon javob berishlarini kutib turibman
🖤🖇
Assalomu alaykum men Guliston davlat universitetida Maktabgacha ta'lim yo'nalishida o'qiyman.O'qishimni o'zim yashayotgan hududga Namangan davlat Universitetiga turdosh bo'lgan yo'nalish Boshlanģich ta'limga ko'chirmoqchiman.Shunda ham bir martalik super kantrakt to'laymanmi yoki hech qanday muammo bo'lmaydimi
Savol:Men CHDPI da "Milliy g'oya manaviyat asoslari huquq talimida" o'qiyman.Yashash joyim Samarqand viloyati Qo'shrabod tumani lekin Samarqanga perevod qilay desam bu yo'nlish yoq.Oilaviy sharoitimiz og'irligi sabbli va qizbola bo'lganim uchun oila a'zolarimni talabi bilan Milliy universitegga o'zimni yo'nalishimni sirtqi shakliga ariza yozsam super kontrakni minimal miqdorini to'laymami?
Гулрухсор Худойорова 1989-06-21
Ассалому алейкум биз тожикистон унверситетига укийман укишимни кучириш кай тарзда булиб утади жисмоний тарбия факултети .перевод бугандан кейин кантиракт суммаси канча булади .суперми йоки шу талабалар канча топширса шуми.жавоб учун олдиндан рахмат устозлар.
13 12 18
Assalom alekum. Men Toshkent Davlat Pedagogika Universitituti Shahrisabz filiali Maktabgacha ta'lim yunalishida uqiyman. O'qishimni Qarshi Davlat universititutiga ko'chirmoqchiman. Agarda perevod masalasi hal bo'lmay qolsa, hozirda uqiyotgan Universititutda o'qishimni davom ettirsam buladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
Qlicheva Gulnoza Pardayevna🔰
Sogliqni saqlash vazirligi ham tezroq xorijdan o’qishni ko’chirish ballarini e’lon qilsin Xushnudbek iltimos
Bekhan lawyer
Men birinchi kursni tugatib 2kursni oilaviy sharoitim qiyinligi uchun akademik ta'til oldim 1yil buldi talabalar safidan chetlatilganman endi òzimni yashash joyimga utkazmoqchiman kuchirib tiklamoqchiman sirtqidan kunduzgiga uzirli sabab buladimi doimiy yashash joyimga .
𝓙𝓪𝓶𝓼𝓱𝓲𝓭 𝓢𝓪𝓽𝓽𝓸𝓻𝓸𝓿️
yo'nalishizga qarab beligilanadi
Tojikistondan jurnalistikaga o'tmoqchiman. Ijodiy imtihon bo'ladimi? Yoki yo'q?
Assalomu aleykum, maqsadli asosida grantga o'qishga kirganlar boshqa viloyatga perevod qilsa Grant bo'lib o'tadimi? Oldindan rahmat!
ОТМларда укиш качон бошланади яна онлайн булиб кетмасмикан?
Assalomu alaykam. Men Grant asosida TDAU Termiz filialida ùqiyman. Shu universitetning turdosh talim yunalishiga perevotga ariza yozdim. Grantim saqlanib qolinadimi? Yoki tulov kontrakti bormi? Bor bòlsa qancha?
Assalomu alaykum. Menda bir savol bor:
Pedagogika va psixologiya va Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishlari turdosh yoʻnalish hisoblanar ekan. Shunday boʻlsa Qoʻqon davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya yonalishidan Andijon davlat universitetining pedagogika institutining Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishiga oʻqishni koʻchirsa hech qanday qoʻshimcha kanrakt toʻlanmaydimi?
Baʼzi ishtimoiy tarmoqlarda super kantrakt asosida oʻqishni koʻchiradi degan maʼlumotlar tarqalmoqda. Javob uchun oldindan rahmat.
Show next 100 comments