❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum talaba kechki talimda oʻquydi oʻzi yashaydigan hududga pervot olmoqchi .
U yerda sirtqi taʼlim bor. lekin kechkidan sirtqiga olib boʻmaydi deyilgan iloji bormi?
Assalomu alaykum. Men TerDu Pedagogika institutining Matematika va informatika yo'nalishi kunduzgi shaklida tahsil olaman,yashash joyim Qashqadaryoda.Savolim shundan iboratki: 2-kursdan ya'ni joriy yilning sentabr oyidan o'qishimni TDPU ning Matematika va informatika yo'nalishi sirtqi shaklida davom ettirmoqchiydim,shuning iloji bormi?To'lov qilish shart emasmi?Batafsilroq tushuntirib bering iltimos!
Assalamu Alaikum Hushnudbek aka menda bir savol bor edi. Men Hozirgi kunda Toshkent Davlat Texnika Universitetining Mashinasozlik Fakultetining. Professional talim: Transport vositalari muhandisligi (avtotransport) yo'nalishida o'qiyman. Men Hozir Toshkent Davlat Transport universitetining qaysi yonalishiga o'ta olaman iltimos shunga oydinlik kiritib keting. Turdosh yo'nalishlar ichida Professional talim yoqku. Oldindan Rahmat.
🇦 🇧 🇩 🇺 🇷 🇦 🇽 🇮 🇲 🇺🇿
Assalomu-alaykum
Men 1semestrda barcha fanlardan o‘tdim. Lekin esemestrda 2ta fandan qayta topshirishga qoldirildim. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida o‘qiyman. O‘zim Qashqadaryoda yashayman. Samarqand tibbiyot institutiga Perevet qila olamanmi? Tartibi qanday bo‘ladi?
Assalomu aleykum bir savolim bor edi shu òqishni chetdan kòchirish bòyicha men masalan òqishimni chetdan rus tili yònalishdan Namduning rus tili yònalishiga kochirmoqchiman 1 va 2- fanlar qaysi bòladi imtihonda
Javobingizni kutaman rahmat
Assalomu alaykum.

Savolim quyidagicha:

Men 2019-yil ADTI ga maqsadli grandga kirganman, bu yildan esa TTA ga bizning tuman uchun maqsadli grantlar ajratildi. Endi men oʻqishimni ADTI dan TTA ga koʻchira olmanmi?

Javob uchun rahmat!
👑Bekzod👑
Assalom Alikum MEN ROSSIYA DAVLATIDAN UZBEKISTONGA UQISHIMNI KUCHIRMOQCHIMAN MEN UQIB TURGAN UNIVERSITET TOP 1000TALIK UNIVERSITETLAR RUYXATIGA KIRADI 350-URINDA.MEN UQISHNI KUCHIRSAM MENGA IMTIHON TEST SINOVLARI QUYILADIMI YOKI YUQMI.AGAR TEST SINOVLARI BULADIGON BULSA NECHTA FANDAN BULADI.JAVOB UCHUN RAHMAT
Gózal Norqulova
Assalomu aleykum savolim shundan iboratki, doimiy yashash joyim Qarshi shahrida hamda bólajak turmush órtoģimning ish joylari ham Qashqadaryoda.Men Alisher Navoiy nomidagi Ózbek tili va adabiyot universitetutining noshirlik ishi yónalishida óqiyman.Lekin bu yónalish viloyatlarda ochilmagan .Men óqishimni Qarshi Davlat universitetiga sababli tarzda kóchira olamanmi?Sababli tarzda kóchirilganda kursdan kursga tushurilmaydimi.
Ассалому алайкум
Ман Мехнат иктисодиёти ва социологияси юналишидан турдош булган Иктисодиёт тармоклар ва сохалар буйича га ички перевод килсам грантим сакланиб коладими?
Рахмат
Assalomu alaykum men samarqan viloyatida o'qiyman va shu viloyat tumanlaridan birida yashayman men samarqand vetenariya mededtsinasidanSamarqand davlat institutiga turdosh yo'nalishiga o'qishimni ko'chirsam kunduzgidan sirtqiga 56millon bo'ladimi yoki bu to'lovni minimum miqdori ham mavjudmi 


Yoki agar shu institutdan ichki perevod olsamche kunduzgidan sirtqiga perevod olsamche unda.ham.shuncha to'lovi bormi
Avval tashqi perevodga ariza yozib keyinchalik shu viloyatdansiz degan javob kelsa ichki perevod ololmay qolamanda shundaymi bu degani.u yoqlik ham bu yoqlik ham bo'lmay qoladimi.keyin
Iltimos shu savolimga javob bersangiz
Ikkinchi ta'lim xaqida xam ma'lumot bering iltimos
Hayot gõzal
Assalomu alikum men qizgizistonda osh universtutuda yurist faqultetini 1 qursni tugatim endi Õzbekistonga kõchirmoqchima sesiyalarim qantiraqlarim hammasi yopilgan shunga rõyxatdan qanday qilib olayin õtishim kerak
Buxoro davlat universitetida Grant asosida Tarix ta'lim yo'nalishida o'qiyman o'qishimni Toshkent Davlat Yuridik Universiteti ga ko'chira olamanmi???(o'zim guvoh bo'lganman Chizmachilikdan kontrakt asosida o'qiydigan talab yo'nalishini Iqtisodiyot yo'nalishiga ko'chirganini)
Ilhom Ziyadullayev
Мен Самарқанд ветеринария ва медицина институти 2-босқич “Агрономия” йўналишида
таҳсил оламан. Доимий яшаш жойим Жиззах вилоятида.

Саволим шундан иборатки: ўқишимни Жиззах давлат педагогик институтига
кўчирмоқчиман. Лекин мазкур ОТМ да “Агрономия” йўналиши мавжуд эмас экан.  Шунда бошқа йўналишга масалан “Биология”га
кўчиришим мумкинми? Кўчиришда табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал
миқдорига тенг бўлган бир марталик тўлов қилмайманми?
Жавоб учун олдиндан рахмат!
Окишни кочирвотканда , кочириш ва кабул килиш студент сони чекланган буладими йоки хамма отиш балидан юкори балл топласа кабул килинадими? Перевод имтихонлари 2 фандан буладими?
Assalomu aleykum
Meni savol shundan iboratki: o'qishni ko'chirishda ballar 25 iyulga qadar e'lon qilinishi kerak edi. Kuni kecha 53 ta yo'nalishning o'tish ballari e'lon qilindi. Ammo tibbiyot yo'nalishiga o'tish ballari rasman aytilganicha yo'q. Tibbiyot yo'nalishini SOG'LIQNI SAQLASH vazirligi yohut tizimidagilar e'lon qilishadi deyishdi. Ho'sh qachon....?
E'lon qilish muddatidan 3 kun o'tib ketti, yana ozgina cho'zilsa aytishning ham hojati qolmaydi, biz esa kutib turaveramiz. Qachonki hamma sohada aniq vaqt, rejimga asoslanib ish ko'rilsa ana shunda rivojlanish bo'ladi, ungacha yo'q!
Welcom to Uzbekistan!
Assalamu alaykum sirtqi yonalishdan kunduzgi yonalish ga perevod qlsa boladmi
MUHAMMADYUSUF NEMATJONOV
Men Andijonda joylashagan Ózbekiston SHARDA UNVERSITY ning Management fakultetida óqiyman men Andijon iqtisodiyot va qurilish institutiga kóchirsam bóladimi va qanday yónalishiga kóchirsam bóladi
Qirgizda pulga kirgan oshqovoq kallalar bezimtihon yoki juda ham sodda savollar bilan perevod qiladimi yoki xalq tilib bilan aytganda korrupsiya boladimi nega biz yillab mehnat qilib ozbekistonga kiramizku qolganlar mazza qilib qorgizga topshirib pul yoki tanish bilish bilan perevod qilishadi bunaqa kadrlar bilan qayergacha bora olamiz
Assalomu alaykum. Qo'shni davlatdan mamlakatimizga ko'chib o'tmoqchi edim. Onlayn ariza to'ldirdim. 122 500 rublni o'tkazish uchun komissiya bo'ladimi? Ba'zi kanallarda to'lov bor, telefon raqamingizga SMS yuboriladi va ular to'lashingiz mumkin, ba'zilari esa yo'q deb aytishadi. Haqiqatan ham. Agar siz bu haqda kartani bersangiz. Oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Qo'shni davlatdan mamlakatimizga ko'chib o'tmoqchi edim. Onlayn ariza to'ldirdim. 122 500 rublni o'tkazish uchun komissiya bo'ladimi? Ba'zi kanallarda to'lov bor, telefon raqamingizga SMS yuboriladi va ular to'lashingiz mumkin, ba'zilari esa yo'q deb aytishadi. Haqiqatan ham. Agar siz bu haqda kartani bersangiz. Oldindan rahmat.
Show next 100 comments